Xashorotlar marfologiyasi


TANGACHAQANOTLILAR PARDAQANOTLILAR TURKUMI


Download 202.5 Kb.
bet10/15
Sana28.12.2022
Hajmi202.5 Kb.
#1018083
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
botanika 14 ta mavzu

TANGACHAQANOTLILAR PARDAQANOTLILAR TURKUMI
Kapalaklarning pardasimon qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. Kapalaklar qanotining chiroyli rangda bo'lishi ana shu tangachalardagi pigmentga bog'liq. Og'iz organlari so'ruvchi xartumdan iborat. Xartum spiral shaklda boshining ostida taxlanib turadi. Bosh qismida bir juft murakkab ko'zlari va har xil shakldagi mo'ylovlari bor.
Kalit so'zlar: Lepidoptera, tangachaqanotli, Pieris brassicae, Nymphalidae, Aparia erataegi, Bombyci mori, Helionis obsolete, Tineidae.
Kapalaklar, tangachaqanotlilar (Lepidoptera) - to'liq metamorfoz bilan rivojlangan hasharotlar turkumi. Mezazoy erasining boshlarida kelib chiqqan, asosiy oilalari paleogenning boshlarida shakllangan. Qazilma qoldiqlari, asosan, bo'r davridan ma'lum.
Kapalaklarning pardasimon qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. Kapalaklar qanotining chiroyli rangda bo'lishi ana shu tangachalardagi pigmentga bog'liq. Og'iz organlari so'ruvchi xartumdan iborat. Xartum spiral shaklda boshining ostida taxlanib turadi. Bosh qismida bir juft murakkab ko'zlari va har xil shakldagi mo'ylovlari bor. Qurtlarida uch juft ko'krak oyoqlaridan tashqari 3-5 juft soxta qorin oyoqlari ham bo'ladi. Soxta oyoqlar bo'g'imlarga bo'linmaganligi bilan ko'krakdagi haqiqiy yurish oyoqlaridan farq qiladi. Ko'pchilik kapalaklarning lichinkasi ochiq yashaydi, bir qancha turlari tuproqda va o'simlik to'qimalarida hayot kechiradi. Voyaga yetgan kapalaklar gul shirasini so'rib oziqlanadi. Bir qancha kapalaklarning og'iz organlari reduksiyaga uchragan, voyaga yetgan davrida oziqlanmaydi. Qurtlar o'simlik to'qimalari bilan oziqlanadi. Ular orasida mevali daraxtlar va ekinlarga ziyon keltiradigan turlari ko'p uchraydi.
Kapalaklar sutkaning qaysi davrida faol hayot kechirishiga ko'ra kunduzgi va tungi kapalaklarga bo'linadi. Kunduzgi kapalaklar uchishi, oziqlanishi, ko'payishi sutkaning yorug' davriga to'g'ri keladi. Kech kirishi bilan ular pana joy topib, yashirinib olishi bilan bir-biridan xarakterlanadi[1].
Tangachaqanotlilar turkumi vakillarining biologiyasi. Tangachaqanotlilar tabiatda juda keng tarqalgan. Ular 10000 dan ortiq turni o'z ichiga oladi. 70 ga yaqin oilalarga ajratiladi. Quyida asosiy oilalarning vakillari bilan tanishib chiqamiz.
Oq kapalaklar (Pieridae) oilasiga mansub kapalaklarning qanotlari oqish yoki sarg'ish bo'ladi. Oq kapalaklar (karam kapalagi - Pieris brassicae) ning qurtlari karam, turp, sholg'om va boshqa karamdoshlar oilasiga mansub bo'lgan o'simlillarga zarar yetkazadi. Bu oilaga shaffof qanotli do'lana kapalagi (Aparia erataegi) ham kiradi. Kapalakning qurti do'lana daraxtiga ziyon yetkazadi. Yoz faslida dalalarda nimfalidlar - Nymphalidae oilasiga mansub bo'lgan yirik rangdor sadafdor kapalaklar, Satyridae oilasiga mansub kulrang baxmal kapalaklar ko'p uchraydi.
Haqiqiy ipak o'rovchi (Bombysidae) oilasiga mansub kapalaklarning og'iz organlari rivojlanmagan. Bu kapalaklar tropic iqlimda tarqalgan. Ulardan tut ipak qurti (Bombyci mori) ipak tola olish uchun boqiladi. Tut ipak qurti bundan 3.5-5 ming yil avval xonakilashtirilgan. Hozir tabiatda uchramaydi. O'rta Osiyo, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Janubiy Yevropa va boshqa bir qancha hududlarda boqiladi.
Barg o'rovchilar (Tortrisidae) oilasi kapalaklarining qurtlari barg o'raydi yoki mevalarning ichida yashaydi. Keng tarqalgan olma mevaxo'ri - Laspeyresia pomonella mayda tungi kapalak bo'lib, qurtlari olma, olxo'ri, banan, nok, o'rik mevalarini qurtlatib, bog'dorchilikka katta ziyon keltiradi. Kapalak barglarga 100 ga yaqin tuxum qo'yadi. Olma mevaxo'rining bir mavsumda 2-3 nasli rivojlanadi. Birinchi nasli bahor oylari oxiri yozning boshida, ikkinchi nasli yozda yetishib chiqadi. Kuzga kelib qurtlar daraxt poyasining pastki qismida yoki tuproqda qishlaydi. Ulardan kelgusi yil bahorda kapalaklar yetishib chiqadi.
Tunlamlar - Noctuidae kapalaklar orasida eng yirik oila bo'lib, 30 mingdan ortiq turni o'z ichiga oladi. Kapalaklar ko'rimsiz, kulrang yoki qo'ng'ir rangli bo'ladi. Qurtlari o'simliklarning havfli zararkunandasi hisblanadi. Kuzgi tunlam(ko'k qurt) Agrotis segetum g'o'za, makkajo'xori, kungaboqar va boshqa ekinlarni zararlaydi.

Download 202.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling