Xashorotlar marfologiyasi
Download 202.5 Kb.
|
botanika 14 ta mavzu
IKKIQANOTLILAR TURKUMI
Ikki qanotlilar, qoʻsh qanotlilar (lotincha: Diptera) — hasharotlar turkumi. taxminan 80000 ga yaqin turi maʼlum. Oʻrta koʻkrakka birikadigan bir juft qanotlari boʻladi. Keyingi juft qanoti reduksiyalanib, tovush chiqaruvchi organga aylangan. Qanotlari asosi juda kambar, koʻpincha kichkina boʻrtma — "qanotcha" hosil qiladi. Boshi harakatchan, koʻzlari yirik, fasetkali; koʻkragi yaxlit. 3 kenja turkumga — uzun moʻylovlilar, kalta moʻylov kalta choklilar va kalta moʻylov doira choklilarga boʻlinadi. Kenja turkumlar imagosi, lichinkasi va gʻumbaklarining bir qancha belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. I.q. hamma joyda tarqalgan; koʻpchilik turlari (gessen chivini, karam chivini, piyoz chivini va b.) q.x. ekinlariga katta zarar yetkazadi. Bir qancha turlari (soʻnalar, chivinlar, qon soʻruvchilar va b.) q. x. hayvonlariga, baʼzi turlari (mas, bezgak pashshasi, chivinlar va b.) esa odamlarga yuqumli kasalliklar tarqatadi. Afrikada yashaydigan se-se chivini uyqu kasalligini qoʻzgʻatuvchi tripanosomani yuqtiradi. I.q. oʻsimliklarning changlanishida ishtirok etadi; baʼzilari (mas, taxin chivinlar) lichinkalik davrida zararkunanda hasharotlarda parazitlik qiladi. Sirfidlarning lichinkalari oʻsimlik bitlari bilan oziqlanib, ular sonini kamaytirishga yordam beradi.[ Hayot tarzining yil fasllariga qarab o'zgarishiga binoan qushlarni o'troq, ko'chib yuruvchi va uchib ketuvchi guruhlarga bo'lish mumkin. O'troq qushlar. Yil davomida bir joyda yashaydigan chittak, musicha, ko'k kaptar, kaklik, so'fito'rg'ay, qirg'ovul, chumchuq, mayna o'troq qushlar deyiladi. Ayrim qushlar yozda biroz oziq g'amlaydi. Chittaklar yoz oxirida urug' va hasharotlarni daraxt po'stlog'i yoriqlariga va shoxlardagi lishayniklar orasiga yashirib qo'yadi. Oziq taqchil bo'ladigan qish yoki erta bahorda ana shu oziqni topib yeydi. Ko'chib yuruvchi qushlar. Yil fasllariga qarab joyini o'zgartirib tuiadigan qushlar ko'chib yurivchi qushlar deyiladi. Go ngqarg'a, olaqarg'a, zog'cha va qorayaloqlar sovuq tusha boshlashi bilan gala bo'lib qor kam, oziq mo'lroq bo'lgan joylarga uchib ketadi. Uchib ketuvchi qushlar. Bunday qushlar kuzda birmuncha sovuq yoki mo'tadil iqlimli joylardan issiq mamlakatlarga uchib ketadi va o'sha joylarda qishlayd. Qushlar har xil paytda uchib ketadi. Qaldirg'och. bulbul, zaig'aldoq va laylaklar ancha barvaqt, ya'ni yoz oxirlarida yoki erta kuzda, hali uya qurgan joyda havo iliq va oziq mo'l bo'lishiga qaramasdan uchib ketadi. O'rdak. g'oz va oqqush kech kuzda, yashash joyidagi suv havzalari muzlab, oziq topolmay qolganidan so'ng uchib keta boshlaydi. Qushlar qishlov joyiga doimo bir xil yo'ldan uchib boradi; o'sha yo'ldan o'z vataniga qaytadi. Qushlaring uchib ketish sabablari. Qushlaming uchib ketishi ularning yashash joyidagi iqlimning mavsumiy o'zgarishiga moslashishdan iborat. Shimoliy va o'rta mintaqalarda yashaydigan qushlar yilning eng qulay issiq davrida uya qurib, jo'ja ochadi va uni boqib, voyaga yetkazadi. Ular yilning noqulay, oziq kam bo'ladigan qish mavsumi boshlanishidan oldinroq qishlov joylariga uchib ketadi. Qushlaming bahorda o'z vatanlariga uchib kelishi ko'payish instinkti bilan bog'liq. Kuzda kunlarning qisqarishi qushlaming qishlo\ joyiga uchib ketishi uchun signal bo'ladi. Qushlaming uchib ketishi va uchib kelishi tug'ma ins inkt hisoblanadi. Qushlaming uchib ketish yo'lini aniqlash. Qishlov joyiga uchib ketayotgan qushlaming yo'l topishida quyoshga qarab mo'ljal olish qisman ahamiyatga ega. Chunki ko'pchilik qushlar kunduzi oziqlanib, kechasi uchadi. Tajribalarda ularning yulduzlarga qarab yo'l topishi aniqlangan. Ayrim qushlar Yer magnit maydonining o'zgarishini qabul qilishi ham mumkin. Qushlarni halqalash. Qishlov joyi, uchib ketish yo'li, tarqalishi va umr ko'rishini aniqlash maqsadida qushlar halqalanadi. Buning uchun qushning oyog'iga halqalash markazining manzili yozilgan yengil halqa kiydiriladi va yana uchirib yuboriladi. Halqalangan qushni tutib olgan kishi halqani yechib olib, uni xat orqali ko'rsatilgan manzdga yuborishi kerak Halqalash tufayli O'rta Osiyo laylaklarining Shimoliy Hindistonda, Yevropa laylaklarining Janubi- Sharqiy tropik Afrikada; bulbullarning tropik Afrikada, qaldirg'ochlarning Afrika va Hindistonda qishlashi aniqlangan Download 202.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling