Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli, balli va boshqa uslublarini tahlil qilish. Reja
Download 29.94 Kb.
|
Abdurasulov Asadbek mustaqil ishi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli, balli va boshqa uslublarini tahlil qilish. Reja: 1. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. 2. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari. 3. Hayot faoliyati xavfsizligi kursining qisqacha mazmuni. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq barcha fuqarolarni jumladan ishchi xodimlarni ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, ishlash sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga katta e`tibor qaratib kelinmoqda. Inson tug’ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bo`ladi. Inson o`zining yashash, dam olish, sog’ligi haqida qayg’urish, qulay atrof-muhit, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga bo`lgan xuquqlarini hayot faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan. Hayot faoliyat – bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir.. Inson hayoti jarayonida uni o`rab turgan atrof muhit bilan uzluksiz aloqada bo`ladi va shu bilan birga har doim uni o`rab turgan muhitga bog’liq bo`lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o`zini o`rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo`lgan ehtiyojini qanoatlantiradi. Atrof-muhit – bu insonni o`rab turgan muhit bo`lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog’ligi va nasliga to`g’ridan to`g’ri, birdan urinma yoki masofadan ta`sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir. Inson va atrof-muhit uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`lib, doimiy harakatdagi «Inson – atrof muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz o`zgarib bordi. Inson mukammallashdi, yer sharining aholisi va uning oqimi o`sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o`zgardi. Atrof-muhit o`zgardi: inson o`zlashtirgan er yuzi va er osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining o`sib borayotgan ta`sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun`iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo bo`ldi. Tabiiy muhit o`zi mukammal bo`lib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud bo`laoladi va rivojlanaoladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq muhiti mustaqil rivojlanaolmaydi va ular paydo bo`lganidan so`ng eskirishga va emirilishga mahkum narsalardir. Insoniyat o`zining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan o`zaro uyg’un harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, er osti, gallaktika va cheksiz koinotdan tashkil topgan. Zamonaviy industrial jamiyatda inson atrof-muhit komponentlari (biosfera, texnosfera va ijtimoiy muhit) bilan o`zaro ta`sirda bo`ladi. ya`ni, inson tabiiy atrof-muhitga uzluksiz ta`sir etsa, o`z navbatida biosfera va insonning ehtiyojlaridan kelib chiqib uning uzluksiz jismoniy va aqliy faoliyatining mahsuli bo`lgan texnosfera va ijtimoiy muhit ham insonga to`g’ridan to`g’ri yoki sirtdan doimiy ta`sir etadi. YUqorida qayd etilganlar asosida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: 1. zamonaviy inson uni o`rab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari ya`ni, tabiiy, texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`ladi; 2. XIX asr oxiridan boshlab XX asr davomida va hozirgi davrda ham texnosfera va ijtimoiy muhit uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali o`zlashtirilgan ulushlarni oshib borayotganligi isbotdir; 3. Texnosferani rivojlanishi tabiiy muhitni o`zgartirish hisobiga amalga oshmoqda. Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarini yuksalishi bilan birga ularning tinchligiga, sog’ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan omillar soni ham ortib bormoqda. Ma`lum sharoitda ularni insonlarning ruhiy holatiga, sog’ligiga salbiy ta`sirini ko`rsatishi hammaga ma`lum. SHu sababli insonlarni nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki, yashash joyida, yo`lda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini, mehnat qobiliyati va ish unumdorligini taminlash, sog’ligi haqida qayg’urish masalalarini ijobiy hal etish juda dolzarb masalalardan biridir. Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal etishda hayot faoliyati xavfsizligi fanining o`rni, uning nazariy ma`lumotlari bilan bo`lajak mutaxassislarni qurollantirish, muammolarni ijtimoiy hayotda mumkin qadar ijobiy hal etilishiga yordam beradi. Hayot faoliyati xavfsizligi Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi. Hayot faoliyati xavfsizligi fani – ilmiy metodologik fanlar qatoriga kirib, uning asosiy Maqsadi, inson hayot faoliyatida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, Oqibatlarini va ularni yo„qotish uslublarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen va Ekologik favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza qilish, ularni ham nazariy, ham amaliy Jihatdan himoyalanishga tayyorlash hamda jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko„rsatish Qoidalarini o„rgatishdan iborat.«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining markaziy e‟tiborida “insontabiat-jamiyat” rivojlanishining maqsadlari yotadi. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy vazifalari : Xavflarning identifikatsiyasini o„rganish. Bunda inson faoliyati jarayonida yuzaga Keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, uning xususiyatlarini va ko„ngilsiz oqibatlarini O„rganish Ishlab chiqarish jarayonlarida va xizmat ko„rsatish sohalarida xavfsiz mehnat Sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni o„rganish. Ishlab chiqarish jarayonlarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan uslubiyatlarni ishlab Chiqish. Fuqarolarni turli xavflardan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish Usullariga o„rgatish. Mehnat jarayonlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish chora- tadbirlarini o„rganish. Tabiiy, texnogen va ekologik shikastlanish o„choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va Tiklash ishlarini o„tkazish. Jarohatlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko„rsatishni o„rgatish. «Hayot faoliyati xavfsizligi » fani tuzilish jihatdan 4 ta bo„limdan tashkil topgan. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari bo„limida fanning asosiy tushunchalari, ularning Mazmuni, xavfsizlikni ta‟minlash usul va vositlari, inson faoliyatining turlari, ishlab chiqarish Sanitariyasi va gigienasi, ularga qo„yiladigan talablar hamda mehnatni muhofaza qilishning Huquqiy asoslari mavzulari muhokama etilgan. Xavflarning kvantifikatsiyalarining soni, balli va boshqa usullarini taxlil qilish Xavf–hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining markaziy tushunchasidir. Bunda bevosita va bilvosita kishi sog‘lig‘iga salbiy tasir qiladigan yoki ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keladigan voqea, hodisa, jarayon va obektlar tushuniladi. Analiz maqsadiga qarab havfni harakterlovchi belgilar miqdorini oshirish yoki kamaytirish mumkin.Energiyasi mavjud kimyoviy yoki biologik aktiv moddalarda xavf har doim yashiringandir. Xavflar taksonomiyasi. Taksonomiya – bu murakkab xodisalarni, tushunchalarni kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni, turkumlash va sistemalash haqidagi fandir.U faoliyat havfsizligi sohasida nazariy bilimlarni uyushtirishda, xavflarni tartibini yanada chukurroq o‘rganishda katta ahamiyatga ega.Taksonomiya bu yangi fan bo‘lib, xali to‘la ishlab chiqilmagan, shuning uchun hozirgi ishlab chiqilgan qismlarni ko‘rib chiqamiz.a) kelib chiqishi bo‘yicha xavflar tabiiy, texnik, ekologik va aralash bo‘ladi. Rasmiy standartga asoslanib xavflar xili bo‘yicha fizik, kimyoviy, biologik va ruhiy bo‘ladi. Salbiy oqibatlarni ro‘y berishi bo‘yicha xavflar impulsiv (yani beixtiyoriy harakat) va kumulyativ (to‘satdan bo‘luvchi) turlariga bo‘linadi.b) xavfni tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog‘liq bo‘ladi.v) havfni kelib chiqish oqibatlari bo‘yicha charchash, isib ketish, sovub qolish, kasallanish, jarohatlanish, xalokatlar, yong‘inlar va o‘limga olib boradigan sabablar.v) havfni kelib chiqish oqibatlari bo‘yicha charchash, isib ketish, sovub qolish, kasallanish, jarohatlanish, xalokatlar, yong‘inlar va o‘limga olib boradigan sabablar.g) xavflar keltiradigan zarari bo‘yicha ijtimoiy, texnik, ekologik.d) Xavfni namoyon bo‘ladigan muhiti bo‘yicha maishiy, sport bilan bog‘liq, yo‘l-transporti, ishlab-chiqarish va harbiy mashqlar bilan bog‘liq.e) Xavfni tarkibi bo‘yicha oddiy va hosila turlariga bo‘linadi. Xosila turi oddiylarning o‘zaro tasiri natijasida hosil bo‘ladi.j) Odamga tasiri bo‘yicha faol /aktiv/ va passiv, o‘ta tasirchan va sust bo‘ladi. Passiv xolatida odamning o‘zi sababchi bo‘ladi (nasha, sigareta, nosvoy).Xavflar ro‘yxati /nomenklaturasi/Bu xavflarning malum xususiyatlari bo‘yicha tartibga solingan sistemalashtirilgan ro‘yxatidir. Masalan, spirtli ichimlik, havoning nomaqbul namligi, harakat tezligi, bosimi, harorati, ion tarkibi, nomaqbul yoritilganlik, shovqin, titrash, vakuum, portlash, mashinalarning aylanuvchi qismlari, yuqorida ishlash, gazlar, gerbitsidlar, chuqurlik, yaxmalak, qizigan gazlar, o‘yuvchi moddalar, kasalliklar, zo‘riqishlar, idishlardagi ortiqcha bosim, infratovush, ultratovush, infraqizil nurlar, uchqun, kinetik energiya, zanglash, lazer nurlari, xazonrezgilik, magnit maydonlari, dori-darmonlar, mikroorganizmlar, yashin, ishning monotonligi, havoning tarkibiy buzilishi, toshqin, etarli bo‘lmagan mustaxkamlik, notekis yuzalar, ishchining noto‘g‘ri harakati, yong‘in jihatidan xavfli moddalar, alanga, qurol, /miltiq, xanjar va h.k. /o‘tkir narsalar/ kesuvchi, sanchiluvchi/, zaharlanish, sovuq yuzalar, yiqilib tushish, bug‘, mashina va mexanizmlarning zo‘riqib ishlashi, pestitsidlar, yong‘in, psixologik nomutanosiblik, yorug‘lik oqimining pulsatsiyasi, chang ish xolati, radiatsiya, rezonans, sirpanchiq yuzalar, qor yog‘ishi, quyosh aktivligi, oftob urishi, uyquchanlik, statik zo‘riqishlar, statik elektr zaryadlari, tayfunlar, yuqori chastotali tok, tuman, zarbali to‘lqin, aqliy zo‘riqish, tezlanish, charchash, elektr yoyi, elektr toki, elektr maydoni, elektromagnit maydoni, ruxiy zo‘riqish, zaharli moddalar va boshqalar.Har bir tekshiriladigan obektda o‘tkaziladigan aniq tadqiqotlar uchun shu obektda uchraydigan xavflar ro‘yxati tuziladi. /korxona, sex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb va x.k./Har bir tekshiriladigan obektda o‘tkaziladigan aniq tadqiqotlar uchun shu obektda uchraydigan xavflar ro‘yxati tuziladi. /korxona, sex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb va x.k./Xavflar kvantifikatsiyasiBu-murakkab sifat tushunchalarini baholashda asosiy miqdoriy harakteristikalarni kiritishdir.Kvantifikatsiyaning miqdoriy, ball va boshqa baholash usullari ishlatiladi.Xavfni eng keng tarqalgan baholash usullari jurat, tavakkal, qo‘rqinch hisoblanadi.Xavflarni taqqoslash, (tenglashtirish), (identifikatsiya)Xavflar potensial, yani yashirish harakterga egadir.Xavflarni taqqoslash – kishining hayotiy faoliyatini taminlashga qaratilgan profilaktik hamda operativ tadbirlarni ishlab chiqish zarur va etarli bo‘lgan harakteristikalarni qidirib topish va miqdorini belgilash jarayonidir.Xavflarni taqqoslash jarayonida, aniq masalani hal qilish uchun zarur bo‘lgan xavflar ro‘yxati, ularning namoyon bo‘lish extimoli, bo‘lishi mumkin bo‘lgan zarar va boshqa kattaliklar aniqlanadi.Sabablar va oqibatlarYAshirin xavflar amalga oshishiga olib keladigan sharoit sabab deb ataladi.Boshqa so‘zlar bilan aytganda, sabablar noxush oqibatlarga olib keluvchi, zarar keltiruvchi va xavf-xatar hosil qiluvchi vaziyatlar majmuasidir. Zarar yoki noxush oqibatlar formalari xilma-xildir: jarohatlar, kasalliklar, atrof muhitga keltirilgan zarar, va boshqalar.Xavf – sabab va oqibatlar, baxtsiz xodisa, favqulotda holat, yong‘in va shunga o‘xshash voqealarning asosiy harakteristikasi hisoblanadi.“Xavf – sabab – noxush oqibat” uchligi, bu yashirish xavflarni, zararlarni amalga oshiruvchi taraqkiyotning mantiqiy jarayonidir. Bir xil xavf har xil sabablar bilan ro‘yobga chiqishi mumkin.“Xavf – sabab – noxush oqibat” uchligi, bu yashirish xavflarni, zararlarni amalga oshiruvchi taraqkiyotning mantiqiy jarayonidir. Bir xil xavf har xil sabablar bilan ro‘yobga chiqishi mumkin.Baxtsiz xodisalarning profilaktikasi asosida sabablarni qidirish yotadi. Masalan:1. Zahar /xavf/ -dori tayyorlovchining xatosi /sabab/-zaharlanish /noxush oqibat/.Elektr toki /xavf/-qisqa tutashuv /sabab/-kuyish /noxush oqibat/CHanqash /xavf/-saxroda adashish /sabab/-organizmni quruqshab qolishi /noxush oqibat/.Darsga kelmaslik /xavf/-erinchoqlik /sabab/-institutdan xaydalish /noxush oqibat/. Xavfsizlikni sistemali tahlili.Bu xavfsizlikni murakkab masalalarini hal qilish echimini tayyorlashda va asoslashda foydalaniladigan tadbirlar majmuasidir.Sistema deb o‘zaro tasiri bilan aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan aloqador komponentlar yig‘indisiga aytiladi.Komponentlar deganda /elementlar, tashkil qiluvchi qismlar/ faqatgina moddiy ob’ektlar emas balki munosabat va aloqalar ham tushuniladi. Har qanday mashina texnik sistemaga misol bo‘la oladi. Tarkibida odam ishtirok etadigan sistema ergatik sistema deyiladi. Bunday sistemaga misollar “Odam – mashina”, “odam – mashina – atrof muhit” va sh.o‘. Umuman olganda har qanday biror jism biror sistemaga mansub.XULOSABu xavflarning malum xususiyatlari bo‘yicha tartibga solingan sistemalashtirilgan ro‘yxatidir. Masalan, spirtli ichimlik, havoning nomaqbul namligi, harakat tezligi, bosimi, harorati, ion tarkibi, nomaqbul yoritilganlik, shovqin, titrash, vakuum, portlash, mashinalarning aylanuvchi qismlari, yuqorida ishlash, gazlar, gerbitsidlar, chuqurlik, yaxmalak, qizigan gazlar, o‘yuvchi moddalar, kasalliklar, zo‘riqishlar, idishlardagi ortiqcha bosim, infratovush, ultratovush, infraqizil nurlar, uchqun, kinetik energiya, zanglash, lazer nurlari, xazonrezgilik, magnit maydonlari, dori-darmonlar, mikroorganizmlar, yashin, ishning monotonligi, havoning tarkibiy buzilishi, toshqin, etarli bo‘lmagan mustaxkamlik, notekis yuzalar, ishchining noto‘g‘ri harakati, yong‘in jihatidan xavfli moddalar, alanga, qurol, /miltiq, xanjar va h.k. /o‘tkir narsalar/ kesuvchi, sanchiluvchi/, zaharlanish, sovuq yuzalar, yiqilib tushish, bug‘, mashina va mexanizmlarning zo‘riqib ishlashi, pestitsidlar, yong‘in, psixologik nomutanosiblik, yorug‘lik oqimining pulsatsiyasi, chang ish xolati, radiatsiya, rezonans, sirpanchiq yuzalar, qor yog‘ishi, quyosh aktivligi, oftob urishi, uyquchanlik, statik zo‘riqishlar, statik elektr zaryadlari, tayfunlar, yuqori chastotali tok, tuman, zarbali to‘lqin, aqliy zo‘riqish, tezlanish, charchash, elektr yoyi, elektr toki, elektr maydoni, elektromagnit maydoni, ruxiy zo‘riqish, zaharli moddalar va boshqalar. Xulosa
Xavfsizlikni ko`ngilsiz voqea ro`y berishdan oldin (aprior) yoki keyin (aposterior) tahlil etish mumkin. Har ikki holda qo`llaniladigan usul bevosita yoki aksincha bo`ladi. Aprior tahlilda shu tizimga xos bo`lishi mumkin bo`lgan (yashirin) kungilsiz voqealar tanlab olinadi va ularni yaratuvchi bir qancha holatlar to`plami tuziladi. Aposterior tahlil esa ko`ngilsiz voqea yuz bergandan so`ng kelajakda tadbirlar ishlab chiqishdir. Bu ikki uchul birbirini to`ldiradi. To`g’ri usulda taxrir qilishda oqibatni oldindan kurish uchun sabablar o`rganiladi. Teskari usulda esa oqibat tahlil kilinib, sabablari aniqlanadi. Bu usullarning asosiy maqsadi ko`ngilsiz voqealarni oldini olishdir. Voqealarni kelib chiqish ehtimoli va tezligi ma`lum bo`lsa, vokeaning taxminan qanday natija bilan tamom bo`lishini aniqlash mumkin. Xavfsizlikning tahlilida tizimning parametrlarini yoki chegarasini aniqlash asosiy masala hisoblanadi. Agar tizim juda chegaralangan bo`lsa, biror xavfli hollar yoki omillar etibordan tashqarida qolishi, agar tizimga o`ta keng qaralsa, tahlil natijalari noaniq bo`lishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati 1. A. Mark , P. Friend James Fundamentals of Occupational Safety and Health. Bernan Press. Германия, 2007 2. E.I.Ibragimov, S.Gazinazarova, O.R.Yuldashev. Мehnat muhofazasi maxsus kursi. Amaliy mashg’ulotlar. O’quv qo’llanma.-Т.: TIMI – 2014. 3. E.I.Ibragimov, S.Gazinazarova, O.R.Yuldashev. Мehnat muhofazasi maxsus kursi. Darslik.-Т.: TIMI, 2014y. 4. O.R.Yuldashev, Sh.G.Djabborova, O.T.Xasanova. Hayot faoliyati xavfsizligi. Darslik–T.:“Toshkent-Iqtisodiyot”, 2014 y. Download 29.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling