Xavflarni tahlil qilish usullari
Download 220.54 Kb.
|
hayot faoliyati Buritoshev Shomurod
Ijtimoiy xavflar tahlili
Ijtimoiy xavf-xatarlarning kelib chiqishini hukumat organlari va tashkilotlarining o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmasligi va malakasizliklarini, o‘z ustida ishlamasligi, yangi innovatsion g‘oyalarni yaratmasliklari, siyosiy partiyalarning noqonuniy ishlari, xatolari, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini viloyat va shaharlarda keng ommaga yoritilmasligi bilan bog‘lasak bo‘ladi. Ijtimoiy xavf-xatar vujudga kelganda jamiyatda hukumatga nisbatan noroziliklar oshadi, aholi orasida turli qatlamlarga tabaqalanish, ular o’rtasida qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar vujudga keladi va bu oxir oqibat jamiyatni tannazulga yuz tutishiga sabab boladi. Asosiy ijtimoiy xavf-xatarlarga quyidagilar kiradi: - jamiyatda qatlamlar, tabaqalarining vujudga kelishi va kam taminlagan oilalar sonining ortishi; - jamiyatda turli millatga oid aholi o’rtasida konfliktlar vujudga kelishi va ular sonining ortishi; - ishsizlikning ortishi, iqtisodiyotning xususiy sektorlariga qarashli tashkilotlarda ishchilarni ijtimoiy jihatdan juda past himoyalanishi va ta’minlanishi; - diniy sohada aholi o‘rtasida vaziyatning chigallashuvi va noto‘g‘ri oqimlar va qarashlarning vujudga kelishi; - jamiyatda aholi tug‘ilishi kamayishi va savodsizligi, yoshlarda milliy g‘oyaning rivojlanmaganligi uning insonlar ongi va qalbida singdirilmaganligi; - o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, kommunal, transport va boshqa xizmatlarning pasayishi. Ijtimoiy xavf - jamiyatda insonlar o‘rtasidagi sodir bo‘lib ularning hayoti va sog‘lig‘iga, mol-mulki, huquq va qonuniy manfaatlariga tahdid soluvchi salbiy jarayonlar va hodisalar hisoblanadi. Ularning shakllanishi va rivojlanishi manbai mamlakatda, xalqaro maydonda, shuningdek, inson faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy rivojlanish ichki va tashqi ziddiyatlarining turli shaklda bo‘lishidir. Ijtimoiy xavflar shunisi bilan xarakterliki insoniyat ko‘pgina iqtisodiy, siyosiy, etnik, ma’naviy va boshqa muammolarni hal etish uchun kardinal yechim topa olgani yo‘q. Bundan tashqari, ayrim ijtimoiy muammolar va ziddiyatlar rivojlanishning har bir yangi bosqichida yanada o‘tkir xavf bo‘lib, doimo ularga qarshi va ulardan himoya qilish mexanizmlarini qidirishni talab etmoqda. Ijtimoiy xavf-xatarlar - muayyan sinflar, guruhlar, qatlamlar, shaxslarning boshqalarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan (oldindan rejalashtirib yoki bilmagan holda) harakatlar. Shuningdek, jismoniy va ma’naviy tanazzulga olib keladigan, shaxs, jamiyat va davlatni yo‘q qilishga olib keladigan hayotiy shart-sharoit va narsalardan mahrum qilish.Ijtimoiy xavflarning eng yirigi bu urush harakarlaridir. Ijtimoiy xavflar inson ruhiyatiga, sog’lig’iga va insonlar guruhiga ta’sir ko’rsatadi Ijtimoiy xavf-xatarlarni muntazam va tizimli o‘rganish uchun quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin. Kelib chiqish tabiati, sohasi va xarakteri bo‘yicha: 1) Harbiy - urush, qurolli to‘qnashuvlar, harbiy mashqlar, qurol va o‘q-dorilar omborlarida portlashlar, harbiy ob’ektlarda zaharlanishlar; 2) Ijtimoiy-siyosiy – ish tashlashlar, mitinglar, noroziliklar (piketlar), isyonlar, siyosiy terror; 3) Ijtimoiy-iqtisodiy - ishsizlik, qashshoqlik, inflyatsiya, past hayot darajasi, ochlik; 4) Ijtimoiy-maishiy - qo‘shnilar bilan va oilada kelishmovchiliklar, bolalarning qarovsiz va nazoratzisligi, chekish, alkogolizm, giyohvandlik, epidemiyalar; 5) Ijtimoiy-jinoyatchilik - o‘g‘irlik, tovlamachilik, firibgarlik, zo‘ravonlik, terroristik faoliyat, qotillik; 6) Etnik, millatlararo - millatlararo nizolar, diniy ekstremizm, fashizm, natsizm, mazhabchilik. Insonlarga ta’sirining tabiatiga ko‘ra, ijtimoiy xavflarning uchta sinfi mavjud. I. Odamlarga ta’siri bilan bog‘liq xavflar: 1) shaxsga psixologik ta’sir ko‘rsatuvchi xavflar (axborot tahdidlari, noijtimoiy hayot tarzini targ‘ib qilish, tovlamachilik, shantaj va boshqalar); 2) shaxsga jismoniy ta’sir ko‘rsatuvchi xavflar (garovga olish, tan jarohati (badanga zarar) yetkazish, qotillik, zo‘rlash). II. Inson salomatligiga zarar yetishi bilan bog‘liq xavflar: 1) inson organizmini buzadigan moddalarni istemol qilish bilan bog‘liq xavflar (giyohvandlik, toksikomaniya, farmakomaniya, alkogolizm, kashandalik); 2) ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar (gripp, sil, tanosil kasalliklar, OIV/OITS); 3) ruhiyatni buzilishiga olib keladigan xavflar (qimor, o‘z joniga qasd qilish, mazhabchilik). III. Ba’zi ijtimoiy guruhlarning odamlarga ta’siri bilan bog‘liq xavflar (professional, milliy, diniy, jamoat birlashmalari, partiyalar va norasmiy tashkilotlar): 1) iqtisodiy (inflyasiya, ishsizlik, yuqori qashshoqlik, oziq-ovqat yetishmovchiligi); 2) siyosiy (terrorizm, millatchilik, antisemitizm, genotsid, separatizm, millatlararo qarama-qarshiliklar, ekstremizm); 3) aholining demografik ko‘rsatkichlari aholi sonini ko‘payishi (yer aholisining haddan tashqari ko‘payishi, ayrim xalqlarning qarishi va yo‘q bo‘lib ketishi) bilan bog‘liq. Ijtimoiy xavf-xatarlar quyidagi mezonlarga muvofiq guruhlanishi mumkin: Ko‘lami bo‘yicha: 1) Lokal (mahalliy va ob’ektlar) - uy, bir ob’ekt, shaharning bir mavzesi, tuman yoki shaharni o‘z ichiga olgan (firibgarlik, tovlamachilik, alkogolizm, giyohvandlik); 2) Mintaqaviy - ijtimoiy xavf-xatarlarning ta’siri bir yoki ikki mintaqaviy sub’ektga (norasmiy va jinoiy guruhlarning faoliyati) qaratilgan; 3) Global - katta hududlarga tarqalgan (giyohvand moddalar kontrabandasi, terrorizm, iqtisodiy inqirozlar, harbiy mojarolar, epidemiyalar). Vujudga kelish mexanizmi bo‘yicha: 1) tasodifiy (oldindan o‘ylanmagan) - aniq shaxslar yoki ijtimoiy guruhlarga bog‘liq bo‘lmagan, tasodifiy xolatlar natijasida yuzaga kelgan xavflar (tabiiy ofatlar, hosildorlikka erisha olmaslik, epidemiyalar bilan bog‘liq); 2) kutilgan (oldindan o‘ylangan) odamlar va ijtimoiy guruhlar tomonidan rejalashtirilgan harakatlar natijasida yuzaga kelgan xavflar (etnik va siyosiy mojarolar, urushlar, terroristis harakatlar). Download 220.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling