Xavflarni tahlil qilish usullari


Download 220.54 Kb.
bet1/6
Sana27.01.2023
Hajmi220.54 Kb.
#1130894
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hayot faoliyati Buritoshev Shomurod


Reja:



  1. Xavflarni tahlil qilish usullari.

  2. Xavfsizlik tushunchasi va iqtisodiy xavflar tahlili.

  3. Ijtimoiy xavflar tahlili.

  4. Xavfsizlik madaniyati.

  5. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari va vositalari.


Xavflarni tahlil qilish usullari
Mamlakatimizda va xorijda xavf-xatarlarni tahlil qilish juda ko‘p usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
1-usul. Xavfni baholashning sifatiy (muhandislik) usullari ularni yanada murakkab usullar bilan o‘rganish uchun xavf manbalarini aniqlashga qaratilgan. Ushbu muhandislik usullari miqdoriy hisob-kitoblar bilan mustahkamlanmaydi.
2-usul. Xavflarni ekspress baholash usullari ob’ektlarni xavflilik darajasi bo‘yicha kategoriyalarini aniqlashda foydalaniladi (yong‘in, portlash, kimyoviy, radiatsiya va boshqalar). Bunday usullarni qo‘llashning asosiy maqsadi xavf manbalarini aniqlash zarurati bilan bog‘liq. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ob’ektlarga xavfsizlik talablari qat’iyroq qo‘llaniladi.
3-usul. Xavflarni baholashning ehtimollik usullariga miqdoriy baholash usullari (matematik statistika usullari, matematik modellashtirish, simulyatsiya va boshqalar) kiradi.
Xavflarni baholashning yuqorida sanab o‘tilgan usullari prognozning aniqligi va dastlabki zarur ma’lumotlarning miqdori bilan farq qiladi. Ushbu yoki boshqa usullarni qo‘llashda xavfni baholash maqsadlaridan kelib chiqiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda murakkab xavfsizlik muammolarini hal qilishda xavf-xatar metodologiyasi keng tarqalgan bo‘lib, unda yuzaga keladigan hodisalar va ularning oqibatlari ehtimoli aniqlanadi. Ushbu metodologiyaning jozibadorligi, xavfning miqdoriy ko‘rsatkichlaridan foydalanib, potensial xavfni o‘lchash va turli xavflarni solishtirish mumkinligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, xavf ko‘rsatkichi sifatida odamlarning o‘limi (yoki kutilayotgan zarar qiymat) bilan bog‘liq shaxsiy yoki ijtimoiy xavf qabul qilinadi.
Xavflarni tahlil qilish metodologiyasini tizimli tahlil va inson hayotiga, mulkka va atrof muhitga zarar etkazishning oldini olish yoki kamaytirish uchun qarorlar qabul qilishning bir qismi sifatida qarash mumkin.
Xavflarni tahlil qilish ikki asosiy bosqichdan iborat: xavflarni baholash bosqichi va tavakkalni boshqarish bosqichi. Xavflarni baholash bosqichida xavf-xatarlarni aniqlash, xavf-xatarlar paydo bo‘lishining imkoniyatlari va oqibatlarini baholash. Xavflarni boshqarish bosqichida turli xil variantlar tahlil qilinadi va eng ma’qul bo‘lgan variant tanlanadi. Yakuniy qaror qabul qilish uchun xavfni baholash natijalari muhandislik, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jihatlar hisobga olingan holda ko‘rib chiqiladi.
Amalda statistik ma’lumotlarning yetishmasligi tufayli tavakkalni baholash usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday hollarda, ko‘rib chiqilayotgan hodisalarni ro‘y berish ehtimolliklari topiladi.Ba’zi hollarda ekspertlar baholaridan foydalanish yaxshi natija beradi.
Xavflarni tahlil qilishning uch bosqichli amalga oshirish metodi klassik usullardan hisoblanadi:
I bosqich - xavflarni oldindan tahlil etish.
II bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar “daraxtini”(shajarasini) tuzish.
III bosqich - oqibatlarni tahlil qilish.
Xavflarni oldindan tahlil qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- ob’ekt, tizim, jarayonlar texnik xususiyatlari, ishlatiladigan energiya manbalari, ish muhiti, materiallar o‘rganiladi; ularning zararli xususiyatlari aniqlanadi;
- ushbu texnik ob’ektga, tizimga, jarayonga nisbatan qo‘llaniladigan qonunlar, standartlar, qoidalar belgilanadi;
- texnik hujjatlarning mavjud qonunlar, qoidalar, me’yorlar va xavfsizlik standartlariga muvofiqligi tekshiriladi;
- xavflarning aniqlangan manbalari (tizimlar, quyi tizimlar, komponentlar), zararli omillar, potensial xavflar, aniqlangan kamchiliklar ro‘yxati tuziladi.
Xavflarni oldindan tahlil qilishda yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan moddalar, zaxarlovchi (toksik) moddalar mavjudligiga alohida e’tibor beriladi.
Xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar “daraxtini”(shajarasini) tuzishda “xavflar daraxti” yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablarni hisobga olgan taqdirda tamom bo‘ladi.
Xavflarning oqibatlarini tahlil qilish, asosan, tizimli yondoshuv asosida xavflarni aniqlashning sifatiy baholash usuli hisoblanadi. Ushbu usul har qanday texnik ob’ektning xavflilik darajasini (salohiyatini) baholashi mumkin. Bu metod odatda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- texnik tizim (ob’ekt) tarkibiy qismlarga bo‘linadi;
- har bir komponent uchun mumkin bo‘lgan xatolarni aniqlash;
- o‘rganilayotgan ob’ektda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan potensial xavflarni o‘rganish;
- xavf-xatarlarga chidamlilik darajasini aniqlash va profilaktika choralarini ishlab chiqish, shu jumladan dizaynni o‘zgartirish.
Xavflarning oqibatlarini tahlil qilish xavflarni identifikatsiyalashning boshqa, yanada kengroq usullarini qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.
Yuqorida keltirilgan xavfni o‘rganish ketma-ketligining 1 va 2 bosqichlari hodisa (oqibat) sodir bo‘lishidan, ya’ni faoliyat jarayoni boshlanishidan oldin amalga oshiriladi va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi, 3-bosqichdan esa kelajakda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish uchun foydalaniladi.
Xavflar tahlil qilishda har bir xavfning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va oqibatlari o‘rganiladi. Har bir xavfning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar, salbiy oqibatlari, xavflilik va zarar keltirish darajalari bo‘ladi.
Xavf-sabab- oqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ular ko‘ngilsiz hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Potensial (yashirin) xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoit sabablar deyiladi. Sabablar vaziyatlar to‘plamini xarakterlaydi, unga ko‘ra xavflar paydo bo‘ladi, u yoki bu kutilmagan oqibatlarni va zararlarni keltirib chiqaradi. Zarar yoki kutilmagan oqibatlarning shakllari har xildir: har xil og‘irlikdagi jarohatlar, zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan kasalliklar, atrof-muhitga keltiradigan zarar va boshqalar.

Download 220.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling