Xavflarni tahlil qilish usullari


Faoliyat xavfsizligini ta’minlash vositalari


Download 220.54 Kb.
bet6/6
Sana27.01.2023
Hajmi220.54 Kb.
#1130894
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hayot faoliyati Buritoshev Shomurod

Faoliyat xavfsizligini ta’minlash vositalari
Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki oldini olish hamda ommaviy qirg‘in qurollarining zararli va xavfli ta’siridan saqlash uchun himoya vositalari qo‘llaniladi.
Ishlovchilarning himoya vositalari inson organizmiga eng ma’qul sharoitlarni yaratish va quyidagilarni ta’minlashi lozim:
- ish zonasidan xavfli va zararli moddalar miqdorini kamaytirish, ularning ta’sirini uzoqlashtirish yoki haydash; zararli omillar miqdorini belgilangan darajadagi sanitar normagacha kamaytirish; ishlovchilarni qabul qilingan texnologiyalar va ish sharoitlarida hamroh bo‘lgan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish; texnologik jarayon buzilganda paydo bo‘ladigan salbiy omillardan himoya qilish.
Himoya vositalarini tanlash har bir alohida holatlarda mehnat xavfsizligi talablariga asosan amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari va usullarini gavdalantirishda har xil himoya vositalari qo‘llaniladi.


XULOSA

Shunday qilib, iqtisodiy xavfsizlik o‘zining ob’ekt va sub’ektlariga ega bo‘lib, uning ob’ekti deganda mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil etuvchi elementlari tushuniladi.


Iqtisodiy xavfsizlik ob’ektlariga tabiiy boyliklar, inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi, ishlab chiqarish fondlari, ko‘chmas mulk, moliyaviy resurslar, xo‘jalik tizimlari, mintaqalar, oila, inson kiradi.
Iqtisodiyotda ijtimoiy xavf-xatarlar bu sohadagi iqtisodiy defektlardan, iqtisodiy siyosatni to‘g‘ri yo‘naltirmaslikdan, iqtisodiy munosabatlarni noto‘g‘ri tashkil etilganligidan, iqtisodiy jinoyatlar ko‘lamining oshishidan va boshqa sabablardan yuzaga keladi.
Ijtimoiy sohada esa xavf-xatarlar kelib chiqishining asosiy sabablarini fuqarolarning qonuniy huquqlari buzilgan, hukumatning ularga nisbatan e’tiborsizligi va ijtimoiy himoya qila olmasligi, sog‘liqni saqlash tizimining yaxshi rivojlanmaganligi, aholining jismoniy va ruhiy holatlari yomonlashganligi va aholini demografik holati bilan bog‘lashimiz mumkin.
Dunyoda yuz berayotgan xavf-xatarlani ko‘rib ulardan saboq olishimiz lozim. Ko‘pni ko‘rgan xalqimiz yaxshi biladi, faqat tinchlik va osoyishtalik bo‘lgan, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat hukm surayotgan davlatda, jamiyatda farovon va baxtli hayot qurish mumkin, eng ezgu orzu-maqsadlarga yetish mumkin. Biz boshimizdan kechirayotgan zamon barchamizdan, har birimizdan ogoh va sezgir bo‘lib yashashimizni, bugungi va ertangi kunimizni, tinch hayotimizni o‘zimiz asrashimizni talab etadi. Ogohlik – davr talabi.
Download 220.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling