Xavflarni tahlil qilish usullari
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash usullarini
Download 220.54 Kb.
|
hayot faoliyati Buritoshev Shomurod
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash usullarini o‘rganishdan avval shu jarayon bilan bog‘liq ayrim tushunchalarni keltirib o’tamiz:
Texnosfera– o‘tmishda biosferaga taalluqli bo‘lgan keyinchalik insonlar tomonidan moddiy,ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta’sir etgan hududdir. Ko‘rilayotgan faoliyat jarayonida insonning turgan joyi gomosfera deyiladi. Har doim va davriy ravishda xavf sodir bo‘lib turadigan joy noksosfera deyiladi. Bu sferalarni xavfsizlik nuqtai nazaridan bir-biriga qo‘shish mumkin emas. Xavfsizlikni ta’minlash usullari uchga bo‘linadi: A - metodi, gomosfera bilan noksosferani bir-biridan joy yoki vaqt jihatidan ajratish usuli. Bu usul ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va robotlarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi. B - metodi xavfsizlik prinsiplarini qo‘llab, xavflarni yo‘q qilish va noksosferani (ishlab chiqarish muhitini) normallashtirish, hamda noksosfera tavsiflarini inson tavsiflariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul insonlarni shovqin, chang, gaz, jarohatlanish va hokazo xavfli omillardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi hamda qisman xavfsiz texnikani yaratish bilan amalga oshiriladi. Agar A va B metodlarni qo‘llash bilan talab qilingan xavfsizlik darajasiga erishish ta’minlanmaganda, C metod qo‘llaniladi. C - metodi tegishli himoya vositalari yordamida insonlarning himoyalanish xususiyatlarini oshirishga hamda insonni noksosferaga moslashtirishga asoslangan. Bu usul kasbiy tanlash, o‘qitish, yo‘riqnomalar berish, psixologik ta’sir qilish va shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. C-metodni amalga oshirishda noksosfera tavsiflarini o‘zgartirish uchun har xil vositalar qo‘llaniladi. Real sharoitlarda yuqorida keltirilgan usullarning bittasi yordamida zarur xavfsizlik darajasini har doim ta’minlash mumkin bo‘lmaydi. Bunday holatlarda yuqorida keltirilgan usullar majmuasini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Download 220.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling