Xavflarni tahlil qilish usullari
Download 220.54 Kb.
|
hayot faoliyati Buritoshev Shomurod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari va usullari
Xavfsizlik madaniyati
Xavfsizlik madaniyati deganda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash bilan xarakterlanadigan shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlar tizimida inson va jamiyatning rivojlanish darajasi, kundalik hayotda, xavfli holatlar va favqulodda vaziyatlarda o‘zini xavfsiz tutishi, faoliyatning barcha sohalarida tahdid va xavf-xatarlardan himoyalanganlik darajasi tushuniladi.Yanada soddaroq tilda aytilsa, xavfsizlik madaniyati – inson, ijtimoiy guruh, jamiyat, davlatning mehnat jarayonida va hayotiy faoliyatida xavfsizlikni ta’minlash masalalari, faol amaliy faoliyatida xavf darajasini kamaytirish bo‘yicha rivojlanish holatini ifodalaydi. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati tarkibiy qismlari: - shaxslar darajasida - dunyoqarash, xatti-harakat me’yorlari, shaxsiy qadriyatlar va hayot faoliyati xavfsizligi sohasida insonning tayyorgarlik darajasi; - jamoaviy darajada - korporativ qadriyatlar, professional etika va axloq qoidalari, belgilangan sohada xodimlarning tayyorgarligi; - jamoat va davlat darajasida – o‘zini xavfsiz tutish an’analari, ijtimoiy qadriyatlar, barcha aholining hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi tayyorgarligi. Xavfsizlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar tizimli, fanlararo va idoralararo bo‘lishi kerak. Bunda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish tadbirlari alohida o‘rin tutadi. Inson hayoti va, umuman, jamiyatning xavfsizligi tizimini rivojlantirish bir qator asosiy tamoyillar asosida amalga oshirilishi kerak. Avvalo, bu inson hayotining ustuvorligi tamoyili. Hayotni muhofaza qilish sohasidagi barcha tadbirlar insonlarni qurbon bo‘lishi va jarohatlanishini minimallashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari va usullari Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari (prinsiplari) ularni amalga oshirish belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfga bo‘linadi: 1. Yo‘naltiruvchi (taxminiy) tamoyillar o‘zida xavfsiz yechimlarni topuvchi yo‘nalishni aniqlovchi metodologik va ma’lumot bazasi bo‘lib, xizmat qiluvchi, asos soluvchi g‘oyalarni taqdim etadi. Bunga quyidagi tamoyillar kiradi: operatorning aktivligi, faoliyatni inson talablariga moslashtirish, strukturani o‘zgartirish, operatorni almashtirish, sinflashtirish, xavfni bartaraf qilish va kamaytirish, tizimlilik va boshqalar. 2. Texnik tamoyil xavfli omillarning ta’sirini bevosita oldini olishga yo‘naltirilgan. Texnik tamoyillar fizik qonunlarni ishlatishga asoslangan. Bunga quyidagilar kiradi: masofadan himoyalash, ekranlashtirish, qattiqligini oshirish, blokirovkalash (yakkalash), vakuumlashtirish, havo kirmaydigan qilish, passiv zveno kiritish, zichlashtirish, flegmatizatsiyalash va yeta olmaslik tamoyillari. 3. Tashkiliy tamoyillarga xavfsizlik maqsadida mehnatni ilmiy tashkil qilish qoidalarini amalga oshiruvchi tamoyillar kiradi. Ularga vaqt bo‘yicha himoyalash, ma’lumot berish, rezervlashtirish, normallashtirish, kadrlarni tanlash, ketma-ketlik, ergonomik. mehnatni ratsional tashkil qilish va zidlik tamoyillari kiradi. 4. Boshqaruv tamoyillari deb, xavfsizlikni ta’minlash jarayonining alohida bosqich va etaplari orasida o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni aniqlovchi tamoyillarga aytiladi. Ularga rejali, nazoratli, boshqarmali, majburiyli, qayta aloqali, samarali, javobgarlik, rag‘batlantirish, ierarxik, adekvatli tamoyillar kiradi. Bir vaqtda ayrim tamoyillar bir nechta sinflarga kiradi. Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari tizimlarni xosil qiladi va bir vaqtning o‘zida har bir tamoyil nisbatan mustaqillik kashf qiladi. Download 220.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling