v) havfni kelib chiqish oqibatlari bo‘yicha charchash, isib ketish, sovub qolish, kasallanish, jarohatlanish, xalokatlar, yong‘inlar va o‘limga olib boradigan sabablar. - v) havfni kelib chiqish oqibatlari bo‘yicha charchash, isib ketish, sovub qolish, kasallanish, jarohatlanish, xalokatlar, yong‘inlar va o‘limga olib boradigan sabablar.
- g) xavflar keltiradigan zarari bo‘yicha ijtimoiy, texnik, ekologik.
- d) Xavfni namoyon bo‘ladigan muhiti bo‘yicha maishiy, sport bilan bog‘liq, yo‘l-transporti, ishlab-chiqarish va harbiy mashqlar bilan bog‘liq.
- e) Xavfni tarkibi bo‘yicha oddiy va hosila turlariga bo‘linadi. Xosila turi oddiylarning o‘zaro tasiri natijasida hosil bo‘ladi.
- j) Odamga tasiri bo‘yicha faol /aktiv/ va passiv, o‘ta tasirchan va sust bo‘ladi. Passiv xolatida odamning o‘zi sababchi bo‘ladi (nasha, sigareta, nosvoy).
Xavflar ro‘yxati /nomenklaturasi/ - Bu xavflarning malum xususiyatlari bo‘yicha tartibga solingan sistemalashtirilgan ro‘yxatidir. Masalan, spirtli ichimlik, havoning nomaqbul namligi, harakat tezligi, bosimi, harorati, ion tarkibi, nomaqbul yoritilganlik, shovqin, titrash, vakuum, portlash, mashinalarning aylanuvchi qismlari, yuqorida ishlash, gazlar, gerbitsidlar, chuqurlik, yaxmalak, qizigan gazlar, o‘yuvchi moddalar, kasalliklar, zo‘riqishlar, idishlardagi ortiqcha bosim, infratovush, ultratovush, infraqizil nurlar, uchqun, kinetik energiya, zanglash, lazer nurlari, xazonrezgilik, magnit maydonlari, dori-darmonlar, mikroorganizmlar, yashin, ishning monotonligi, havoning tarkibiy buzilishi, toshqin, etarli bo‘lmagan mustaxkamlik, notekis yuzalar, ishchining noto‘g‘ri harakati, yong‘in jihatidan xavfli moddalar, alanga, qurol, /miltiq, xanjar va h.k. /o‘tkir narsalar/ kesuvchi, sanchiluvchi/, zaharlanish, sovuq yuzalar, yiqilib tushish, bug‘, mashina va mexanizmlarning zo‘riqib ishlashi, pestitsidlar, yong‘in, psixologik nomutanosiblik, yorug‘lik oqimining pulsatsiyasi, chang ish xolati, radiatsiya, rezonans, sirpanchiq yuzalar, qor yog‘ishi, quyosh aktivligi, oftob urishi, uyquchanlik, statik zo‘riqishlar, statik elektr zaryadlari, tayfunlar, yuqori chastotali tok, tuman, zarbali to‘lqin, aqliy zo‘riqish, tezlanish, charchash, elektr yoyi, elektr toki, elektr maydoni, elektromagnit maydoni, ruxiy zo‘riqish, zaharli moddalar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |