Xavfsizlikni sistemali tahlili. - Bu xavfsizlikni murakkab masalalarini hal qilish echimini tayyorlashda va asoslashda foydalaniladigan tadbirlar majmuasidir.
- Sistema deb o‘zaro tasiri bilan aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan aloqador komponentlar yig‘indisiga aytiladi.
- Komponentlar deganda /elementlar, tashkil qiluvchi qismlar/ faqatgina moddiy ob’ektlar emas balki munosabat va aloqalar ham tushuniladi. Har qanday mashina texnik sistemaga misol bo‘la oladi. Tarkibida odam ishtirok etadigan sistema ergatik sistema deyiladi. Bunday sistemaga misollar “Odam - mashina”, “odam - mashina - atrof muhit” va sh.o‘. Umuman olganda har qanday biror jism biror sistemaga mansub.
XULOSA - Bu xavflarning malum xususiyatlari bo‘yicha tartibga solingan sistemalashtirilgan ro‘yxatidir. Masalan, spirtli ichimlik, havoning nomaqbul namligi, harakat tezligi, bosimi, harorati, ion tarkibi, nomaqbul yoritilganlik, shovqin, titrash, vakuum, portlash, mashinalarning aylanuvchi qismlari, yuqorida ishlash, gazlar, gerbitsidlar, chuqurlik, yaxmalak, qizigan gazlar, o‘yuvchi moddalar, kasalliklar, zo‘riqishlar, idishlardagi ortiqcha bosim, infratovush, ultratovush, infraqizil nurlar, uchqun, kinetik energiya, zanglash, lazer nurlari, xazonrezgilik, magnit maydonlari, dori-darmonlar, mikroorganizmlar, yashin, ishning monotonligi, havoning tarkibiy buzilishi, toshqin, etarli bo‘lmagan mustaxkamlik, notekis yuzalar, ishchining noto‘g‘ri harakati, yong‘in jihatidan xavfli moddalar, alanga, qurol, /miltiq, xanjar va h.k. /o‘tkir narsalar/ kesuvchi, sanchiluvchi/, zaharlanish, sovuq yuzalar, yiqilib tushish, bug‘, mashina va mexanizmlarning zo‘riqib ishlashi, pestitsidlar, yong‘in, psixologik nomutanosiblik, yorug‘lik oqimining pulsatsiyasi, chang ish xolati, radiatsiya, rezonans, sirpanchiq yuzalar, qor yog‘ishi, quyosh aktivligi, oftob urishi, uyquchanlik, statik zo‘riqishlar, statik elektr zaryadlari, tayfunlar, yuqori chastotali tok, tuman, zarbali to‘lqin, aqliy zo‘riqish, tezlanish, charchash, elektr yoyi, elektr toki, elektr maydoni, elektromagnit maydoni, ruxiy zo‘riqish, zaharli moddalar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |