Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq


Download 197.83 Kb.
bet1/11
Sana01.03.2023
Hajmi197.83 Kb.
#1239849
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
271 10.12.2008




[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang)]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Sanoat]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“XAVFLI IShLAB ChIQARISh OBYEKTLARINING SANOAT XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR HAQIDA
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini ta’minlash, avariya va jarohat yetkazilishi bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab beradigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish tizimini shakllantirish va rivojlantirish, sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash, “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning javobgarligini majburiy sug‘urta qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasi 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish va davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq.
(1-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 111-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 185-modda)
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
2009-yil 1-iyuldan boshlab xavfli ishlab chiqarish obyektining loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi “Davarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi organlarida qurilish obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda va qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruxsat berishda majburiy hujjat hisoblanadi;
sanoat xavfsizligi ekspertizasi akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti bilan xavfli ishlab chiqarish obyektdan foydalanayotgan (foydalanishni mo‘ljallayotgan) tashkilot o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi;
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.02 Majburiy sug‘urta]

[TSZ:

1.Moliya / Sug‘urta]

sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish muddati sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va normativ texnik hujjatlarga muvofiq zarur materiallar va hujjatlar turkumi olingan paytdan boshlab hamda ekspertiza o‘tkazishning boshqa barcha shartlari bajarilgach 3 oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini joriy etish, uning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyatni amalga oshiradigan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni ta’minlasin;
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ekspert tashkilotlari akkreditatsiyadan o‘tkazilganligi va ular faoliyati ustidan nazorat yo‘sinidagi tekshiruv o‘tkazilganligi uchun haq to‘lash tartibini ishlab chiqsin;
uch oy muddatda sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish, sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, akkreditatsiyadan o‘tkazilgan ekspert tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat yo‘sinidagi tekshiruv o‘tkazish qoidalari, xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlar xodimlarini tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom, shuningdek sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirayotgan ekspert tashkilotlariga va sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosalarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritilsin.
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda sanoat xavfsizligi masalalarini tartibga soladigan idoraviy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazsinlar va ularni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar hamda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-dekabr,
271-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga
1-ILOVA
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi, prinsiplari va shartlarini belgilaydi.
2. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash xavfli ishlab chiqarish obyektlarini Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrida hisobga olish, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash sanoat xavfsizligi ekspertizasi doirasida ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/550/0874-son)
4. Identifikatsiyalash obyektlarni Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrida hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
5. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash to‘g‘riligi uchun javobgarlik identifikatsiyalashni amalga oshiradigan tashkilotga yuklanadi.
II. Ushbu Nizomda foydalaniladigan terminlar va ta’riflar
Avariya — inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishi.

Download 197.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling