Izoh: 1.1, 1.2, 4.1 — 4.4-kichik bandlarda bo‘sh o‘ng hoshiya to‘ldiriladi, 2.1 — 2.5 va 3.1 — 3.3-kichik bandlarning o‘ng hoshiyasida xavflilikning zarur belgilari kodlari va obyekt tipi qayd etiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/784/1986-son)
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
Xavfli moddalar sonining cheklangan me’yorlari
|
1-jadval
|
Xavfli moddaning nomi
|
Cheklangan me’yor, tonna
|
Ammiak
|
500
|
Ammoniy nitrat (tarkibidagi ammoniy nitratdan hosil bo‘lgan azot massaning 28 foizidan ortig‘ini tashkil etadigan ammoniy nitrat va ammoniy aralashmasi, shuningdek ammoniy nitrat konsentratsiyasi massaning 90 foizidan ortiq bo‘lgan ammoniy nitratning suvli eritmalari)
|
2500
|
O‘g‘it shaklidagi ammoniy nitrat (ammoniy nitrat asosidagi oddiy o‘g‘itlar, shuningdek tarkibidagi ammoniy nitratdan hosil bo‘lgan azot massaning 28 foizidan ortig‘ini tashkil etadigan murakkab o‘g‘itlar (murakkab o‘g‘itlar tarkibida ammoniy nitrat fosfat va (yoki) kaliy bilan birgalikda mavjud bo‘ladi)
|
10 000
|
Akrilonitril
|
200
|
Xlor
|
25
|
Etilen oksidi
|
50
|
Sianli vodorod
|
20
|
Ftorli vodorod
|
50
|
Oltingugurtli vodorod
|
50
|
Oltingugurt dioksidi
|
250
|
Oltingugurt trioksidi
|
75
|
Qo‘rg‘oshin alkili
|
50
|
Fosgen
|
0,75
|
Metilizotsianat
|
0,15
| Do'stlaringiz bilan baham: |