2-jadval
Xavfli moddalar turlari
|
Cheklangan me’yor, tonna
|
Alangalanadigan gazlar
|
200
|
Tovar-xomashyo omborlari va bazalardagi yonadigan suyuqliklar
|
50 000
|
Texnologik jarayonda foydalaniladigan yoki magistral quvurlar bilan uzatiladigan yonadigan suyuqliklar
|
200
|
Zaharli moddalar
|
200
|
Yuqori zaharli moddalar
|
20
|
Oksidlanadigan moddalar
|
200
|
Portlovchi moddalar
|
50
|
Atrof tabiiy muhit uchun xavf tug‘diradigan moddalar
|
200
|
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga
2-ILOVA
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimining (keyingi o‘rinlarda “Ekspertiza tizimi” deb ataladi) asosiy vazifalari, tashkil etilishi, qatnashchilari tarkibini va uning asosiy funksiyalarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom avariya va jarohatlanish bo‘yicha ma’lumotlar tahlili samaradorligini oshirishga, avariyalar kelib chiqishi va ularning oqibatlari sabablarini belgilaydigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etishga, avariya jarayonlarini modellashtirishga, xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini asosli prognozlashtirish maqsadida sanoat xavfsizligi sohasidagi xalqaro me’yorlar va talablarni qo‘llashga yo‘naltirilgan.
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |