Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘G‘risida


-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlariga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi


Download 95.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana02.06.2024
Hajmi95.01 Kb.
#1837445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘RQ-57-сон 28.09.2006

10-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlariga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi
talablari
Xavfli ishlab chiqarish obyektining xodimlari:
Oldingi
 tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda
ko‘rsatilgan talablarga rioya etishlari;
(10-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sanoat xavfsizligi sohasida tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o‘tishlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya yoki noxush hodisa haqida tegishli shaxslarni
darhol xabardor qilishlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, ishlarni
belgilangan tartibda to‘xtatib turishlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning
oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda belgilangan tartibda ishtirok etishlari
shart.
11-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l
qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo‘yicha harakatlarga tayyorgarlik ko‘rishga oid
sanoat xavfsizligi talablari
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot:
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning
oqibatlarini tugatish tadbirlarini rejalashtirishi hamda amalga oshirishi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
tegishli professional avariya-qutqaruv xizmatlari bilan xizmat ko‘rsatishga doir shartnomalar
tuzishi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa o‘z avariya-qutqaruv xizmatlarini yoki xodimlari
jumlasidan shtatsiz avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil etishi;
(11-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning
oqibatlarini tugatish uchun qonunchilikka muvofiq moliyaviy mablag‘lar va moddiy resurslarning
zaxirasiga ega bo‘lishi;
(11-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, xodimlarini
bajariladigan harakatlarga o‘qitishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya ehtimolini nazarda tutgan holda kuzatish, xabar
qilish, aloqa va harakatlarga ko‘maklashish tizimlarini tashkil etishi, shuningdek mazkur tizimlarni
yaroqli holatda saqlab turishi shart.

Download 95.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling