Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘G‘risida
-modda. Sanoat xavfsizligi ekspertizasi
Download 95.01 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-57-сон 28.09.2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish
15-modda. Sanoat xavfsizligi ekspertizasi
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi ekspertiza obyektining unga nisbatan qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholashdir. Quyidagilar belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak: xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari; xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnika qurilmalari; xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlar; sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar. Sanoat xavfsizligi ekspertizasini uni o‘tkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiyaga ega bo‘lgan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan yoki undan foydalanishni mo‘ljallayotgan tashkilot mablag‘lari hisobidan o‘tkazadi. Ekspertiza xulosasi sanoat xavfsizligi ekspertizasining natijasidir. Oldingi tahrirga qarang. Sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (15-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda) LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi to‘g‘risida nizom . 16-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi har bir avariyaning vujudga kelishi fakti bo‘yicha uning sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organining vakili boshchilik qiladigan komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Mazkur komissiya tarkibiga quyidagilar kiritiladi: hududida xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organi vakillari; xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot vakillari; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikka muvofiq boshqa tashkilotlar vakillari. (16-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiya tekshiruvga sanoat xavfsizligi, qidiruv, loyihalash, ilmiy-tadqiqot ishlari, sug‘urta, uskunalarni tayyorlash sohasidagi va boshqa sohalardagi ekspert tashkilotlari, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etishi mumkin. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot va uning xodimlari, shuningdek boshqa tashkilotlar va davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiyaga uning o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur axborotni taqdim etishlari shart. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, unda avariya sabablari va holatlari, yetkazilgan zarar miqdori, sanoat xavfsizligi talablarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlari, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning bu buzilishlarga yo‘l qo‘ygan xodimlari, avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun ko‘rilgan choralar hamda bunday avariyalarning oldini olishga qaratilgan takliflar ko‘rsatiladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish xarajatlarini moliyalashtirish xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Download 95.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling