Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘G‘risida


-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektlari


Download 107.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana21.02.2023
Hajmi107.47 Kb.
#1217182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘RQ-57-сон 28.09.2006. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida

4-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektlari
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga:
1) quyidagi xavfli moddalar:
portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalar;
tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta’sir qilish darajasiga ko‘ra I, II va III
xavflilik darajalariga (o‘ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o‘rtacha darajada xavfli) mansub zararli
moddalar;
muayyan turdagi tashqi ta’sir chog‘ida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda o‘z-o‘zidan
juda tez tarqaladigan kimyoviy o‘zgaruvchan portlovchi moddalar;
inson sog‘lig‘i va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud bo‘lgan ishlab
chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan,
saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan;


2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera
bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan;
3) ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yo‘llar,
funikulyorlardan (tog‘ temir yo‘llaridan) foydalaniladigan;
4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan;
5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti
sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari,
shuningdek boshqa ishlab chiqarish obyektlari kiradi.
5-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi
(bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) tomonidan xavfli ishlab
chiqarish obyektlarining davlat reyestrida albatta hisobga olinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va ularning davlat reyestrini yuritish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli 
Qonuniga 
aosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-
son)
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ushbu Qonunning
4-moddasiga 
muvofiq amalga
oshiriladi.

Download 107.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling