12-modda. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati sanoat xavfsizligi
talablarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan bajarilishini
tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati maxsus vakolatli davlat
organi, shuningdek qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega
bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarini
sertifikatlashtirish.
Oldingi
tahrirga qarang.
Xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnika qurilmalari sanoat xavfsizligi
talablariga muvofiqligi jihatidan qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy sertifikatlashtirilishi
kerak.
(13-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi
Qonunining
10 — 14-moddalari
.
14-modda. Sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash
Oldingi
tahrirga qarang.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash qonunchilikda
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(14-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-
sentabrdagi 410-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli
ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi
Nizom
.
Do'stlaringiz bilan baham: |