Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘G‘risida
-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan
Download 107.47 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-57-сон 28.09.2006. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-modda. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati
- 19-modda. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi
17-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan
tekshirish bo‘yicha davlat komissiyasini tuzish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan hollarda va tartibda xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish bo‘yicha davlat komissiyasi tuziladi. 18-modda. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot belgilangan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil qilishi va amalga oshirishi shart. Oldingi tahrirga qarang. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuniga aosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512- son) Oldingi tahrirga qarang. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratining tashkil qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organiga yoki sanoat xavfsizligi sohasida qonunchilikka muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlariga taqdim etiladi. (18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 19-modda. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi Aholini va hududlarni xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalardan muhofaza qilishni ta’minlash hamda davlat organlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini va aholini sanoat xavfsizligining holati to‘g‘risida xabardor etish maqsadida xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqadi. Ushbu Qonun 4-moddasi 1-bandining ikkinchi , uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan xavfli moddalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan eng yuqori normaga teng yoki undan ortiq miqdorlarda ishlab chiqariladigan, foydalaniladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish shart. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya xavfiga berilgan har tomonlama bahoni, avariyaning oldini olish, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga, shuningdek avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatishga tayyorligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilgan choralarning qay darajada yetarli ekanligining tahlilini o‘z ichiga olishi kerak. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi hamda xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatga litsenziya olish uchun murojaat qilingan, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasidagi ma’lumotlar o‘zgargan yoki sanoat xavfsizligi talablari o‘zgargan taqdirda, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasiga aniqlik kiritiladi yoki u yangidan ishlab chiqiladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlagan rahbari undagi ma’lumotlarning to‘liqligi hamda ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda ishlab chiqiladi va davlat organlariga, jamoat birlashmalariga hamda fuqarolarga taqdim etiladi. Download 107.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling