Xavfsizlik masalalari, muammolari va ularning kelib
Oriental Renaissance: Innovative
Download 374.7 Kb. Pdf ko'rish
|
xavfsizlik-masalalari-muammolari-va-ularning-kelib-chiqishi
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 381 w www.oriens.uz July 2021 yashovchi etnoslarning individual o’ziga xosligi anglatgan bo’lar edi” 7 . Ba’zi bir olimlar esa agar davlat tarkibida turli millatlar va elatlar birga umumiy rivojlanish g’oyalari ostida birlashib farovon hayot kechirishi natijasida yagona xalq darajasiga erishsa, bu holda “milliy xavfsizlik” tushunchasi o’zining mantiqiy tarkibiga “davlat” kontekstini qabul qilib yaxlit ma’noga ega bo’ladi degan fikrlarni ilgari suradilar. Bizning fikrimizcha, bu soha uchun “davlat xavfsizligi” atamasi mos va umumiydir. Bunga sabab — davlat yoki har qanday mamlakat manfaatlar mushtarakligi asosida turli xil millat va elatlardan tashkil topgan aholisi ya’ni – fuqarolardan iboratdir. Bu fikrlarni asoslar ekan P. G. Belov shunday mazmundagi argumentni ilgari suradi: “mavjud (milliy) xavfsizlik subyektlari tizimi – shaxs, jamiyat va davlat – “mavhum va mujmal, manfaatlar esa keskin ravishda individuallashgan, o’ta subyektiv, ajratish murakkab, odatda, bir-biriga qarama-qarshi. Va, aksincha, o’z ichiga xalqlar, mamlakatlar, ularning hududlari va turmush tarzini qamrab olgan etnotizim aniq va o’ziga xosdir”. Shuning uchun, xavfsizlikning asosiy obyekti normativ-huquqiy hujjatlarda aks ettirilgan “shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari” emas, balki turmush tarzi va hududiga ega fuqarolar bo’lishi kerak” 8 . Xavfsizlik va uni keltirib chiqaruvchi tushunchalarni ko’rib o’tdik. Endi xavfszilikning turlari va darajalarini tahlil qilib chiqadigan bo’lsak, xavfsizlik turlari sifatida u qaysi subyektlar va birliklarning manfaatlarini himoya qilishi va ifoda etishiga qarab bo’lishimiz mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xavfsizlik shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiladi. Demak, o’z o’zidan ko’rinib turibdiki, xavfsizlik turlariga shaxs xavfsizligi, jamiyat xavfsizligi va davlat xavfsizligi ko’rsatishimiz mumkin. Shaxs xavfsizligi – shaxsning huquq va erkinliklarini amalga oshirilishini ta’minlovchi shart-sharoitlar majmui yoki shaxsning hayotiy muhim manfaatlarining himoyalanganlik holati sifatida ta’riflanadi. Shuningdek, doimiy barqaror tinchlik sharoitlarida o’z qonuniy huquq va erkinliklarini to’siqlarsiz yuzaga chiqarish faoliyatidir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va xavfsizlikka oid qonunchiligiga muvofiq, shaxsning huquq va erkinliklari uning hayotiy muhim manfaatlarini tashkil etadi. 7 Чеканов В.Е. Некоторые проблемы законодательного обеспечения национальной безопасности Российской Федерации в современных условиях // ФСБ России. Правовое регулирование деятельности Федеральной службы безопасности по обеспечению национальной безопасности Российской Федерации : науч.-практ. комментарий / под ред. В.Н. Ушакова, И.Л. Трунова. – М., 2006, с. 212. 8 https://cyberleninka.ru/article/n/normativnoe-obespechenie-natsionalnoy-bezopasnosti-rossii-otsenka-sostoyaniya-i- prioritety-modernizatsii-chast-2 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling