Xavfsizlik masalalari, muammolari va ularning kelib
Oriental Renaissance: Innovative
Download 374.7 Kb. Pdf ko'rish
|
xavfsizlik-masalalari-muammolari-va-ularning-kelib-chiqishi
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 379 w www.oriens.uz July 2021 Tahdid – aniq reallikka aylanib borayotgan, lekin to’liq shakllanib ulgurmagan xavfsizlik obyektlari va subyektlariga moddiy va ma’naviy ko’rinishda zarar yetkazishi mumkin bo’lgan shart-sharoitlardir. “Tahdid deganda, inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashni chigallashtiruvchi hamda tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo’naltirilgan ijtimoiy strukturani, davlatning siyosiy asosini zaiflashtiruvchi, qolaversa, yеmirishga qaratilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish mumkin” 4 . Bu fikrda tahdid muammoli bir vaziyat ya’ni aniq hozirda muqarrar mavjud bo’lgan holat sifatida tavsiflannoqda. “Tahdid – xavfning aniq va bevosita shakli. Tahdid – xavfning eng oliy darajasi bo’lib, unda nafaqat yaqqol niyat, balki xavfsizlik obyektiga bevosita ziyon yetkazish qobiliyati va tayyorlik namoyon bo’ladi. Tahdid doimo aniq xarakter va mazmunga ega” 5 . Bundan ko’rinadiki, tahdid ma’lum bir xususiyatga ega va aniq ko’rinib turgan xavfning majmuyidir, u xavfsizlik obyektiga bevosita muomalaga kirishish orqali uning mavjud bo’lishiga zarar yetkazadi. Shuning uchun ham aksariyat holatlarda uning mazmuni aniq huquqiy tavsifga ega bo’lib, tegishli normativ-huquqiy aktlarda qayd etiladi, misol uchun, Jinoyat kodeksi moddalarida (agressiya, terrorizm, kontrabanda va sh.k.). Xavf yoki tahdid - subyektning mavjudligi va faoliyati uchun yuzaga kelgan shart-sharoitlarni anglab yetishi bilan bog’liq hisdir. Hissiyotlar har doim ham xavfsizlik subyekti tomonidan obyektiv ya’ni, ishonchli va to’g’ri natijali anglab yetilmasligi mumkin. Shu sababli agar xavf va tahdidga jamiyatda mavjud bo’lgan ziddiyatlarning mahsuli sifatida qaralsa, xavfsizlikka rahna soluvchi tahdidlar bilan kurashda ularni keltirib chiqaruvchi sabablarning aniqlanishi muhimligi oldingi o’ringa chiqadi. Ularni aniqlab olmasdan va bartaraf etmasdan turib, xavfsizlikni samarali ta’minlash mumkin emas. Ziddiyatlar muqim holatda emas, balki ular turli ichki va tashqi omillar ta’sirida o’z mohiyati va yo’nalishlarini o’zgartirib turadi. Bunga misol esa AQSH va SSSR o’rtasidagi o’tgan asrdagi “Sovuq urush” yoki “Qurollanish poygasi”dir. Chunki, Sobiq Sovet davlati parchalangandan keyin siyosiy-harbiy sohada bo’shlig’ yuzaga keldi. Xavfsizlik atamasi dastavval harbiy fenomen sifatida yuzaga kelgan. “Xavfsizlikning an’anaviy konsepsiyasiga nisbatan tadqiqotchilar orasida «strategik tadqiqotlar» («strategic studies») yoki «xavfsizlikning an’anaviy tadqiqotlari» 4 Toshbekova M. X. “Problem of Solving Ideological Threats in the Context Globalization” 5 th International emi entrepreneurship social sciences congress june 29-30. 2020/ Gostivar-N-Macedonia. 2020 www.emissc.org 226-234- бетлар 6 (8), 2020, e-ISSN 2658-5561 5 Bobokulov I. I., Umarov X. P. Xavfsizlik asoslari. O’quv qo’llanmasi. – T.: JIDU, 2010. – B.32. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling