Xavfsizlik masalalari, muammolari va ularning kelib
Oriental Renaissance: Innovative
Download 374.7 Kb. Pdf ko'rish
|
xavfsizlik-masalalari-muammolari-va-ularning-kelib-chiqishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHOKAMA NATIJALAR
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 378 w www.oriens.uz July 2021 muhitini yanada mustahkamlash bizning eng muhim va ustuvor vazifamiz bo’lib qoladi” 1 — deya ta’kidlaydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev. O’z navbatida, uning amaliy tomoni mazkur holatning nazariy jihatlarini belgilab beradi. Xavfsizlik nazariyasida tadqiq etilayotgan kategoriya asosiy tushuncha sifatida xizmat qiladi. U tadqiqot predmeti – ijtimoiy munosabatlar va huquqiy ta’sirning obyekti – xavfsizlik sohasini mohiyatini tushunish va talqin etishda boshlang’ich nuqta hisoblanadi. Xavfsizlik tushunchasining falsafiy-ijtimoiy va siyosiy-huquqiy mazmunini har tomonlama, chuqur tahlil etish xavf va tahdid, obyekt va subyekt, xavfsizlik sohasi va tizimi kabi tushunchalar tabiatini anglashda asos bo’lib xizmat qiladi. MUHOKAMA NATIJALAR “Xavfsizlik” atamasi so’zning o’z o’zidan anglashilganda “biror bir xavfning mavjud emasligi”, “xavfdan himoyalanganlik” yoki “tinch holat” ma’nosi aks etadi. “Xavfsizlik – muhim qadriyatlarning tahdidlardan himoyalanganlik holatidir” 2 – deb, ta’rif beradi V. N. Panin. Haqiqatdan ham, har qanday subyekt yoki obyekt doimiy mavjud bo’lishi uchun birlamchi muhim qadriyat bu – xavfsizlik va tinchlikdir. Xavfsizlik tushunchasini yanada kengroq taxlil etadigan bo’lsak, uning mazmunini va mohiyatini shakllantiradigan so’zlarni ko’rib chiqish lozim. Xavfsizlik so’zining umumiy ma’nosida xavf, tahdid tushunchalari birinchi o’ringa chiqadi. “Xavf — inson, ijtimoiy guruh, jamiyat, davlat va jahon hamjamiyatiga ziyon yetkazishi, moddiy va ma’naviy qadriyatlarning buzilishi yoki inqirozining yuzaga kelishiga, taraqqiyot yo’lining berkilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan ehtimoliy (yoki real) voqea, hodisa yoki jarayon. Xavf – bu biror-bir zarar yetkazish, ya’ni xavfsizlik obyektining strukturasi yoki boshqa xususiyatlarini o’zgartirish orqali uning bardoshlilik va raqobatbardoshlilik salohiyatini tushirish ehtimolidir” 3 . Yuqoridagi tushunchada xavf ma’lum bir subyektlar va tuzilmalarning moddiy va ma’naviy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi, bu subyekt va tuzilmalar xavsizlikning subyektiv kategoriyalarini tashkil etadi. Xavfsizlik asosida bu subyektlarning hayotiy muhim manfaatlari yotadi. 1 Mirziyoyev Sh. M. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. “O’zbekiston”. NMIU, -2017. –B.19. 2 Панин В. Н. Международная и региональная безопасность: некоторые теоретико-методологические аспекты исследования. –B.1. 3 Bobokulov I. I. Xavfsizlik. Lug’at. - T.: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2011. – B.53 . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling