Xavfsizlik masalalari, muammolari va ularning kelib


Oriental Renaissance: Innovative


Download 374.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana12.10.2023
Hajmi374.7 Kb.
#1699424
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xavfsizlik-masalalari-muammolari-va-ularning-kelib-chiqishi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
379 
w
www.oriens.uz
July 
2021
 
 
Tahdid – aniq reallikka aylanib borayotgan, lekin to’liq shakllanib ulgurmagan 
xavfsizlik obyektlari va subyektlariga moddiy va ma’naviy ko’rinishda zarar 
yetkazishi mumkin bo’lgan shart-sharoitlardir. 
“Tahdid deganda, inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashni chigallashtiruvchi 
hamda tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo’naltirilgan ijtimoiy strukturani, 
davlatning siyosiy asosini zaiflashtiruvchi, qolaversa, yеmirishga qaratilgan mahalliy, 
hududiy, mintaqaviy ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish mumkin”
4
. Bu fikrda 
tahdid muammoli bir vaziyat ya’ni aniq hozirda muqarrar mavjud bo’lgan holat 
sifatida tavsiflannoqda. 
“Tahdid – xavfning aniq va bevosita shakli. Tahdid – xavfning eng oliy darajasi 
bo’lib, unda nafaqat yaqqol niyat, balki xavfsizlik obyektiga bevosita ziyon yetkazish 
qobiliyati va tayyorlik namoyon bo’ladi. Tahdid doimo aniq xarakter va mazmunga 
ega”
5
. Bundan ko’rinadiki, tahdid ma’lum bir xususiyatga ega va aniq ko’rinib turgan 
xavfning majmuyidir, u xavfsizlik obyektiga bevosita muomalaga kirishish orqali 
uning mavjud bo’lishiga zarar yetkazadi. Shuning uchun ham aksariyat holatlarda 
uning mazmuni aniq huquqiy tavsifga ega bo’lib, tegishli normativ-huquqiy aktlarda 
qayd etiladi, misol uchun, Jinoyat kodeksi moddalarida (agressiya, terrorizm, 
kontrabanda va sh.k.). 
Xavf yoki tahdid - subyektning mavjudligi va faoliyati uchun yuzaga kelgan 
shart-sharoitlarni anglab yetishi bilan bog’liq hisdir. Hissiyotlar har doim ham 
xavfsizlik subyekti tomonidan obyektiv ya’ni, ishonchli va to’g’ri natijali anglab 
yetilmasligi mumkin. Shu sababli agar xavf va tahdidga jamiyatda mavjud bo’lgan 
ziddiyatlarning mahsuli sifatida qaralsa, xavfsizlikka rahna soluvchi tahdidlar bilan 
kurashda ularni keltirib chiqaruvchi sabablarning aniqlanishi muhimligi oldingi 
o’ringa chiqadi. Ularni aniqlab olmasdan va bartaraf etmasdan turib, xavfsizlikni 
samarali ta’minlash mumkin emas. Ziddiyatlar muqim holatda emas, balki ular turli 
ichki va tashqi omillar ta’sirida o’z mohiyati va yo’nalishlarini o’zgartirib turadi. 
Bunga misol esa AQSH va SSSR o’rtasidagi o’tgan asrdagi “Sovuq urush” yoki 
“Qurollanish poygasi”dir. Chunki, Sobiq Sovet davlati parchalangandan keyin 
siyosiy-harbiy sohada bo’shlig’ yuzaga keldi. 
Xavfsizlik atamasi dastavval harbiy fenomen sifatida yuzaga kelgan. 
“Xavfsizlikning an’anaviy konsepsiyasiga nisbatan tadqiqotchilar orasida «strategik 
tadqiqotlar» («strategic studies») yoki «xavfsizlikning an’anaviy tadqiqotlari» 
4
Toshbekova M. X. “Problem of Solving Ideological Threats in the Context Globalization” 5 th International emi 
entrepreneurship social sciences congress june 29-30. 2020/ Gostivar-N-Macedonia. 2020 www.emissc.org 226-234- 
бетлар 6 (8), 2020, e-ISSN 2658-5561 
5
Bobokulov I. I., Umarov X. P. Xavfsizlik asoslari. O’quv qo’llanmasi. – T.: JIDU, 2010. – B.32. 



Download 374.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling