Xavfsizlik nima va u jamiyat hamda inson xayotida qanday urin tutadi
Korxona iqtisodiy manfaati va xavfsizligiga qanday taxdidlar mavjud?
Download 115.42 Kb.
|
Iqtisodiy xavfsizlik javoblar
86. Korxona iqtisodiy manfaati va xavfsizligiga qanday taxdidlar mavjud?
Xavfsizlik hodisalarning oldini olish va ogohlantirish chorasi sifatida har bir alohida holatdagi aniq harakat bo‘lib, korxona xarakteri, uning joylashuvi, ahamiyati kabilarga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur jarayonda xavfsizlik tizimining o‘zini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Uning rahbari xavfsizlik konsep- siyasini ishlab chiqarishning muayyan sharoitlariga nisbatan ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etishi zarur. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi darajasi uning rahbariyati ichki va tashqi tahdidlarning paydo bo‘lishini oldini olish va tashqi xamda ichki muhitning muayyan salbiy qismlarini zararli ta’sirini bartaraf etishga qanchalik ta’sir qilishiga bog‘liq35 . Korxonaning iqtisodiy manfaatlari foydali ishni yuritish, turli ehtiyojlar mavjud sharoitda talabni qondirish, yashash va rivojlanish uchun raqobat kurashi kuchaygan sharoitda himoya qilinadi. Tadbirkor faoliyatining muvaffaqiyati quyidagilarga bog’liqdir: - bozor konyukturasini bilish; - unga naf keltiradigan bozor talablaridan kelib chiqadigan qimmatli axborotlardan foydalanish; o‘zining ishlab chiqarish sirlarini saqlash; - intellektual salohiyati va texnologiyasi; - raqobatchining rejasi va texnologik siri to‘g’risidagi axborotga ega bo‘lishi. Korxona (firmaning) iqtisodiy xavfsizligi – ma’muriyat va personal tomonidan amalga oshirilgan huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va injener texnik tavsifdagi chora-tadbirlar tizimi tufayli vujudga keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlarining ichki va tashqi xavf-xatarlardan himoyalanganlik holatidir. Korxona turli yo‘nalishdagi iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini ishlab chiqadi. Ularning muhimlari quyidagilardan iborat: Korxona iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlarni ichki va tashqi tahdidlar guruhiga turkumlash mumkin: Ichki tahdidlar (endogen): - korxonaning raqobat o‘rni, marketing strategiyasi va siyosati bilan bog’liq tahdidlar; - menejment darajasi bilan bog’liq tahdidlar; - resurslar va ulardan foydalanish bilan bog’liq tahdidlar; Tashqi tahdidlar (ekzogen): a) Xalqaro tahdidlar - umumiqtisodiy tahdidlar; - xalqaro savdo beqarorligi; xalqaro raqobat Download 115.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling