Xavfsizlik nima va u jamiyat hamda inson xayotida qanday urin tutadi


Ochliq, tuyib ovqatlanmaslik insoniyatga qanday ta’sir kursatadi?


Download 115.42 Kb.
bet13/17
Sana13.02.2023
Hajmi115.42 Kb.
#1193388
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik javoblar

69. Ochliq, tuyib ovqatlanmaslik insoniyatga qanday ta’sir kursatadi?
70. Iqtisodiy xavfsizlik qanday kursatkichlar orqali tavsiflanadi?
71. O'zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikning uziga xos qanday xususiyatlari mavjud?
72. O'zbekistonda ekologik vaziyatni tavsiflab bering?
73. Iqtisodiy xavfsizlikni qanday baxolash mumkin?
Iqtisodiy xavfsizlik-bu odamlarning o'z ehtiyojlarini doimiy ravishda qondirish qobiliyatidir. Xalqaro qizil Xoch qo'mitasi buni odamlar yoki jamoalarning "o'zlarining muhim ehtiyojlarini barqaror va munosib qoplash qobiliyati sifatida belgilaydi.I.x.ning bosh mezoni bu mamlakat ehtiyojlarining uzluksiz taʼminlanishi hisoblanadi, bu, birinchidan, imkon boricha oʻzini oʻz mahsulot va xizmatlar bilan taʼminlashni, ikkinchidan, mamlakatda yaratish mumkin boʻlmagan tovar va xizmatlarni chetdan qulay narxlarda va uzluksiz keltirib turishni bildiradi. Aks holda iqtisodiyot izdan chiqadi. Milliy iqtisodiyot darajasida I.x.ning muhim 3 yoʻnalishi (oziq-ovqat, yoqilgʻi-energetika, eksport) mavjud. Mamlakat aholisining oziqovqatga boʻlgan talabini qondirilishi 80%, mamlakatning energiya omillariga boʻlgan talabining oʻz hisobidan 70—80% ga qondirilganda xavfsizlikka erishilgan hisoblanadi.Barqarorlikni ta’minlashning asosiy vositasi qarshilik ko‘rsatayotgan
kuchga qarama-qarshi kuch yaratishdir. Xulosa qilib ta’kidlash kerakki, jahon iqtisodiy rivojlanishining
hozirgi holatiga jamiyat xo‘jalik faoliyatining har qanday sohasidagi va
ishlab chiqarish munosabatlarining har qanday darajasida iqtisodiy
xavfsizlik muammolarining mavjudligi xosdir.
74. Korxona faoliyatining xavfsizligi qanday aniqlanadi?
Korxona iqtisodiy xavfsizligi – bu murakkab va serqirra kategoriyadir.
U asosan va qo‘shimcha ishlab chiqarishda foydalanilayotgan
vositalarning xavfsizligi nuqtai nazaridan baholanadi va ko‘rib chiqiladi.
Shu sababli hozirgacha biz «texnika xavfsizligi», «piyoda xavfsizligi»,
«oziq-ovqat xavfsizligi», «yo‘l harakati xavfsizligi» kabi tushunchalarni
uchratsak-da, «korxona xavfsizligi» haqidagi tushuncha XX asrning
so‘nggi o‘n yilligida ommalasha boshladi. Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning yagona tizimini
yaratish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladiki, ular hayotiy
muhim manfaatlarni himoya qilish va tadbirkorlik faoliyati vazifalarini
muvaffaqiyatli hal etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga
oshirishning muhim talablari ham hisoblanadi:
1. Qonuniylik – xavfsizlik choralari mamlakatda amal qilayotgan
qonunlar doirasida ishlab chiqiladi.
2. Iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik – ko‘rilayotgan
iqtisodiy xavfsizlik choralari xo‘jalik faoliyatining yomonlashuviga,
foydasining kamayib ketishiga olib kelmasligi kerak.
3. Dasturli-maqsadli rejalashtirish, mustaqillik va mas’uliyat –
korxonaning xavfsizlik xizmati o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan mablag’,
resurs, moddiy texnika anjomlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
4. O‘zaro hamkorlik va faoliyatlarni muvofiqlashtirish –
korxonaning turli bo‘limlari ushbu tamoyil asosida faoliyat yuritishlari
kerak bo‘ladi.
5. Ixtisoslashuv va professionalizm – xavfsizlik xizmatining kadrlar
tarkibi ushbu yo‘nalishda ma’lum tayyorgarlikdan o‘tgan va shunday
ixtisoslikda kasb-korga ega bo‘lishi kerak.
6. Ishni tashkil etish – xavfsizlikni ta’minlashda himoyaning
zamonaviy vositalaridan foydalanish, ilg’or tajriba va ilmiy ishlanmalarga
tayangan holda ishni tashkil qilish lozim.
7. Talabchanlik va nazoratning ochiqligi – korxona faoliyatida
ma’muriy-huquqiy tartibni qo‘llash va unga rioya qilish ustidan nazoratni
tashkil etish.

Download 115.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling