Xаvfsizlik qismi mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik texnikasi bo’yicha o’qitish


Jihozlarni o`rnatish, sozlash va ta`mirlashda yong


Download 95.54 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi95.54 Kb.
#1475568
1   2   3   4
Bog'liq
TB

Jihozlarni o`rnatish, sozlash va ta`mirlashda yongin xavfsizligi.
Ishlab chiqarish xonalari, omborlar va boshqa yordamchi xonalar amaldagi tarmoq “Yong’in xavfsizligi qoidalari”ga muvofiq birlamchi o’t o’chirish vositalari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Yong’inga qarshi uskunalar soz holatda saqlanishi va qulay joylarda joylashgan bo’lishi kerak. Yong’inga qarshi jihoz va uskunalardan o’t o’chirish bilan bog’liq bo’lmagan ishlarda foydalanish taqiqlanadi. Tuzilmaviy bo’linmalarning rahbarlari quyidagilarni bajarishlari shart:

  • Barcha ishchilar va muhandis –texnik hodimlar tomonidan yong’in xavfsizligi qoidalarni o’rganilishi va bajarilishini tashkil etish

  • Yong’in va portlash xavfi bo’lgan ishlab chiqarishlarni kamaytirishga qaratilgan qarorlarni ishlab chiqilishi va tadbiq etilishini ta’minlash barcha bo’linmalarda yong’inga qarshi qat’iy rejim o’rnatish

Xodimlar:

  • Yong’in xavfsizligi qoidalarini bilishlari va bajarishlari ishlatiladigan muhitlarning yong’in-portlash xavfi va zaxarli xususiyatlarini bilishlari;

  • O’t o’chirish vositalari joylashgan joylarni bilishlari, ularning mavjudligi va sozligini nazorat qilishlari, ulardan foydalanishni bilishlari;

  • Yong’in chiqishiga olib keladigan xatti-harakatlariga yo’l qo’ymasliklari kerak;

O’t o’chirish komandasini favqulotda chaqirish uchun avtomatik yong’in bildirgichlari o’rnatilishi lozim.
Montaj, sozlash va ta`mirlash ishlarini bajarishda yonginni oldini olish maqsadida qurilish-montaj ishlarida yongin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab qilinadi. Ishlab turgan korxonani rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va texnik qayta jihozlash vaqtida yongin xavfsizligi qoidalariga amal qilishning vaqtinchalik instruktsiyasi tuziladi. Bunda montaj, sozlash va ta`mirlash ishlari olib boriladigan uchastka boshqa ishlab chiqarish sexlarida yonmaydigan yoki qiyin yonadigan to`siqlar yordamida ajratiladi. Ushbu ob`ektlar uchun yongin xavfsizligi bo`yicha mas`ul shaxs ishlab chiqarish va qurilish-montaj korxonalari rahbarlarining qo`shma buyrugi asosida aniqlanadi. Yonginga qarshi suv ta`minoti, yo`laklar, yo`llar va aloqa vositalari mavjud bo`lmaganda qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsat berilmaydi. Obyektning yonginga qarshi holati bo`yicha mansabdor shaxslar yongin xavfsizligi qoyidalarini aniq bilishlari va uni bajarishlari, ushbu qoidalarga rioya qilish ustidan nazorat o`rnatishlari, o`rnatilgan normalar bo`yicha yongin o`cherish vositalarining ishchi holda va doimo tayyor bo`lishi, qurilayotgan binolarning yonginga qarshi holatini tekshirishlari, yongin sodir bo`lganda yonginni o`cherish qismiga darhol xabar berishlari va zudlik bilan yonginni o`chirish choralarini ko`rishlari shart. Qurilayotgan obyektdagi barcha ishchi va xizmatchilar 12 soatlik dastur asosida yonginga qarshi kursdan va instruktajdan o`tkaziladilar. Instruktaj o`tkazish jarayonida yongin xavfsizligi qoidalari va yonginga qarshi rejimlar bilan tanishtiriladi. Bunda asosiy e`tibor yongin sabablari, yonginni o`chirish vositalarini qo`llash qoidalari va usullariga qaratiladi. Payvandlash va olov ishtirokida bajariladigan barcha ishlar yongin xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi shart. Olov ishtirokida bajariladigan ishlarga qurilish tashkiloti rahbari yoki bosh muhandis ruxsat beradi. Payvandlash va olovli ishlarni bajarish uchun yonginga qarshi texnik minimumni o`tgan va ushbu ishlarni bajarish uchun maxsus malaka guvohnomasi bo`lgan mutaxassislarga ruxsat beriladi. Payvandlash va olovli ishlarga yongin xavfsiligi bo`yicha barcha talablarni (yongin o`chirish vositalari mavjudligi, ish joyini yonuvchi materiallardan tozalanganligi, yonuvchi konstruktsiyalarni metall ekranlar yoki listlar bilan himoyalanganligi, uchqun uchishi va uning yonuvchi konstruktsiyalarga tushishi oldini oluvchi choralar ko`rilganligi va h.k.) bajargandan keyin ruxsat beriladi. Balandlikda ish bajarayotgan payvandchi o`zi bilan elektrod qoldiqlarini solish uchun metall quti olishi shart. Shamol kuchi 6 balldan oshganda balandlikda gaz-elektr payvandlash ishlarini bajarish taqiqlanadi. Payvandlash ishlarini yonuvchi va qiyin yonuvchi moddalarni qo`llab amalga oshiriladigan ishlar bilan bir vaqtda bajarish taqiqlanadi. Yongin xavfi yuqori bo`lgan joylarda hamda katta hajmdagi payvandalsh ishlarini bajarganda yonginga qarshi postlar tuziladi. Bu postlarning asosiy vazifasi payvandlash ishlari tugagandan keyin ish joylarini e`tibor bilan tekshirish, quyi qavatlar va maydonchalarda yashirin yongin o`choqlarini aniqlash, yonuvchi konstruktsiyalarga suv sepish, zarur bo`lganda qo`shimcha postlar tashkil qilishdan iboratdir.

Download 95.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling