Xavfsizlik texnika qoidalari
Bigizdan foydalanish qoidalari
Download 29.57 Kb.
|
1 2
Bog'liqXAVFSIZLIK TEXNIKA QOIDALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nina bilan ishlash qoidalari.
Bigizdan foydalanish qoidalari.
1. Bigizni o‘rinsiz ishlatma. 2. Sirti silliq, sirg‘anchik qattiq predmetlarni bigiz bilan teshma. 3.Teshiladigan predmetni qo‘lingda ushlama, uni stol, taglik ustiga quyib tesh. Pichoq bilan ishlash qoidalari. 1. Uchi yumaloq pichoqdan foydalan. 2. Pichoqni o‘qituvchi ko‘rsatganidek ishlat, kesganda qattiq bosma. Nina bilan ishlash qoidalari. 1. Ninani ishlatib bo‘lgach, maxsus nina yostiqchaga sanchib qo‘y. 2. Ninanni hech qachon og‘zingga olma. 3. Ortiqcha ninalarni ignadonda quruq holatda saqla. 4. Ishdan oldin va ishdan keyin ninalarni sanab ko‘r, yetishmagan ninalarni albatta top. 5. Qog‘oz va kartondan narsalarni yasaganda birinchi teshikni albatta bigiz bilan teshib ol. Xavfsizlik talablariga qat'iy rioya qilinishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda elektr tarmoqlari va uskunalari ekspluatasiyasini xavfsiz bajarishga imkon beradi. Bu borada barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida ekspluatasiya ishlari “Elektr qurilmalarni ekspluatasiya qilishda texnik xavfsizlik qoidalari” asosida tashkil qilingan. Ushbu qoida xavfli, zararli ishlab chiqarish omillari va ulardan himoyalanish, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish, transformatorlarda va elektr uzatish liniyalarida turli xil ishlarni bajarishda xavfsizlik choralarini belgilaydi. Ma'lumki, mavjud elektr tarmoqlari va uskunalarini texnik ko‘rikdan muntazam o‘tkazib turish orqali iste'molchilarni barqaror va ishonchli eleketr energiyasi bilan ta'minlashga erishish mumkin. Shu maqsadda hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida kadrlarni qayta tayyorlash, favqulodda vaziyatlar va o‘quv maydonlarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun doimiy mashg‘ulotlar olib borishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirgi vaqtda elektr tarmoqlari inshootlariga xizmat ko‘rsatadigan elektromonterlar va texnik muhandislar elektr xavfsizligi guruhlariga ega bo‘lib, xavfsizlik qoidalariga muvofiq imtihonlardan o‘tishgan hamda tegishli sertifikatga ega. Bundan tashqari, baxtsiz hodisalarning oldini olish, mehnatni muhofaza qilish, xodimlarning bilimini oshirish va ijtimoiy ta'minlash masalalariga alohida e'tibor berilmoqda, jumaladan: • joylardagi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida xodimlarning bilimini muntazam ravishda oshirib borish uchun texnik o‘qishlar, o‘quv xonalari va mashq maydonlari tashkil etilgan; • “Ustoz-shogird” an'anasiga asosan yosh elektromontyorlarni o‘qitish, tayyorlash va malakasini oshirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan; • xodimlar zaruriy himoya vositalari va maxsus kiyim-boshlar bilan ta'minlangan; • xavfsizlik texnikasi qoidalariga doimiy rioya qilinishi muntazam ravishda ko‘rikdan o‘tkazib borilmoqda va nazorati olib borilmoqda. Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqiyosida elektroenergetika sohasida har yili o‘tkazilayotgan, asosiy maqsad-vazifalari quyidagilardan iborat xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib kelishmoqda: • 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishda xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va baholash; • mehnat xavfsizligi madaniyatini oshirish; • 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalariga xizmat ko‘rsatish jarayonida xodimlarning malakasini oshirish, ish sifati va xavfsizligini oshirish; • yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarida asbob-uskunalarni ekspluatasiya qilish va ta'mirlash ishlari bo‘yicha tajriba almashish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi elektr energetika obyektlarida elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S.Sultanov zimmasiga yuklansin. Ushbu Qoidalar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalarini belgilaydi. 2. Ushbu Qoidalar elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — elektr stansiyalar) hamda elektr energiyasining uzatilishini, taqsimlanishini amalga oshiruvchi tashkilotlar, shuningdek, ushbu tashkilotlarga taalluqli ishlarni bajaruvchi ilmiy-tadqiqot, loyiha, qurilish-montaj, ta’mirlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. 3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: balandlikda bajariladigan ishlar — montaj moslamalaridan yoki bevosita konstruksiyalar, uskunalar, mashina va mexanizmlardan turib er, bostirma yoki ishchi to‘shama yuzasidan 3 metr va undan yuqori balandlikda bajariladigan ishlar. Bunda ish jarayonining barcha bosqichida va joydan-joyga o‘tishda ishchini balandlikdan yiqilishdan asraydigan yagona vosita bo‘lib himoya kamari xizmat qiladi; brigada (naryad yoki farmoyish bo‘yicha) — tarkibida ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi bilan birga ikki va undan ortiq a’zosi bo‘lgan brigada; buzilmagan elektr maydonining kuchlanganligi — ish jarayonida odam bo‘lishi mumkin bo‘lgan zonada aniqlanadigan, odamning qatnashishida buzilmaydigan elektr maydonining kuchlanganligi; ikkilamchi (yordamchi) zanjir — elektr stansiyalardagi (podstansiyalardagi) asboblar va boshqaruv, avtomatika, o‘lchov, himoya va signalizatsiya tuzilmalarini bir-biriga bog‘lovchi simlar va qisqichlar qatorining majmui; “ijozat beriladi”, “mumkin” — Qoidalarning ushbu talablari, istisno tariqasida (mahalliy sharoitlarga qarab) majburan qo‘llanilishini bildiradi; ilashgan kuchlanish ostidagi havo liniyasi — 110 kV va undan yuqori kuchlanishli boshqa elektr uzatish havo liniyasining (keyingi o‘rinlarda — HL) o‘q chizig‘idan: 110 kV kuchlanishli HL uchun — 100 m; 220 kV kuchlanishli HL uchun — 150 m; 500 kV kuchlanishli HL uchun — 200 m gacha masofada, uzunligi bo‘yicha yoki ayrim uchastkalar bo‘ylab umumiy uzunligi 2 km dan kam bo‘lmagan masofada o‘tadigan HL va aloqa havo liniyasi (keyingi o‘rinlarda — AHL); ish joyi — xodimlar ishlarni bajarish uchun ishga qo‘yiladigan elektr qurilmaning uchastkasi. Faqat naryad yoki farmoyish bo‘yicha ishlar ko‘zda tutilgan ish joyiga taalluqli; ish joyini tayyorlash — ish xavfsiz bajarilishini ta’minlash uchun ish joyida bajariladigan texnik tadbirlar; ishlab turgan elektr qurilma — kuchlanish ostida bo‘lgan yoki kommutatsiya apparatlarini ulash bilan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan elektr qurilmasi yoki uning qismi; kommutatsiya apparati — elektr zanjirlarini kommutatsiya qilish va tok o‘tkazish uchun mo‘ljallangan elektr apparati (o‘chirgich, yuklama o‘chirgichi, bo‘lgich, ajratgich, avtomat, rubilnik, paketli o‘chirgich, saqlagich va hokazolar); kuchlanish ostidagi ish — kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib bajariladigan yoki ushbu tok o‘tkazuvchi qismlarga ruxsat etilganidan kam masofaga yaqinlashib bajariladigan ishlar; ma’muriy-texnik xodimlar — elektr energetika sohasidagi tashkilotlarning rahbarlari, bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, zimmasiga ma’muriy vazifalar yuklatilgan muhandislar, texniklar va ustalar; mahalliy navbatchi xodimlarsiz elektr qurilma — tezkor chiqish brigadalari (keyingi o‘rinlarda — TChB) yoki tezkor ta’mirlash xodimlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan elektr qurilma, HL va elektr uzatish kabel liniyasi (keyingi o‘rinlarda — KL); mexanizmlar — gidravlik ko‘targichlar, teleskopik minoralar, ekskavatorlar, traktorlar, avtoyuklagichlar, burg‘ulash-kran mashinalari, mexanik uzatma yordamida uzaytirish yoki qisqartirish mumkin bo‘lgan narvonlar va hokazolar; Download 29.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling