Xavfsizlikning umumiy talablari
Download 20.9 Kb.
|
qayta 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
Charxchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar Reja: 1. Xavfsizlikning umumiy talablari. 2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari 3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari 4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari 5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI 1. Mazkur yo'riqnoma turli charxlash stanoklarida kesuvchi asboblarni charxlash va me'yoriga (o'lchamiga) yetkazishni bajaruvchi charxchilar uchun mo'ljallangan. 2. Charxchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar: 2.1. tibbiy ko'rikdan o'tganlar; 2.2. kasbiy ko'nikmaga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi Nizomga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha o'qiganlar, bilimlari sinalgan va belgilangan shakldagi guvohnomani olganlar; 2.3. kirish instruktaji, shuningdek, bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni o'tganlar. 3. Charxchi quyidagilarga majbur: 3.1. ichki mehnat tartibi qoidalarini (IMTQ) bajarish; 3.2. belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik; 3.3. ushbu yo'riqnomaning talablarini bajarish; 3.4. ish vaqtida o'zi bilan birga ishni bajarishning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha bilimini sinash va ishga ruxsat berish haqidagi guvohnomani olib yurish; 3.5. yong'in xavfsizligi talablarini bajarish; 3.6. baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrachgacha bo'lgan yordamni ko'rsata olish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida smena ustasiga xabar berish; 3.7. ishni bajarish paytida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish; 3.8. mashina, mexanizmlar va boshqa jihozlardagi qayd qilingan nosozliklari va boshqa xavfsizlik talablarining buzilishlari haqida smena ustasiga (brigadiri)ga xabar qilish va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik. 4. Charxlash stanoklarida ish jarayonida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari charxchiga ta'sir etishi mumkin: 4.1. elektr toki; 4.2. abraziv changi; 4.3. detallarga ishlov berishda uchib chiqayotgan metall va abraziv zarralari; 4.4. ishlov berilayotgan detal va asbob yuzalarining yuqori temperaturasi (harorati); 4.5.titrash (vibrasiya) va shovqin. 5. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish deb hisoblanadi va aybdorlar IMTQ ga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Download 20.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling