Xaydaraliyev Xurshid Xamidullayevichning ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ishtiroki to‘g‘risida ma’lumotlar


Download 35.5 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1324924
Bog'liq
Хайдаралиев Хуршид Хамидуллевич


Xaydaraliyev Xurshid Xamidullayevichning ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ishtiroki to‘g‘risida


MA’LUMOTLAR

X.Xaydaraliyev "Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi" kafedrasi o’qituvchisi vazifasida kafeda rejasidan tashqari belgilangan vazifalarni sidqidildan bajarib, o‘z vazifasiga katta mas’uliyat va talabchanlik bilan yondashib kelmoqda. O‘zining tirishqoqligi, izlanuvchanligi, mehnatsevarligi, halolligi, qat’iyatliligi, insonparvar­ligi bilan universitetimiz jamoasi, professor-o‘qituvchilari va talabalari orasida yuqori obro‘ va hurmat qozondi.


Talaba yoshlar o‘rtasida turli ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbir va ko‘rik tanlovlar tashkil etib yaxshi yutuqlarga erishib kelmoqda. Talabalar turar-joyida talabalar bilan Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslari bo‘yicha muntazam tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib bormoqda. Talabalar turar joyidagi mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish, talabalar turar joyidan oqilona foydalanish va ichki tartib qoidalarga rioya qilish bo‘yicha talabalar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Xonalardagi mavjud kitob javoni va undagi kitoblar, ularning mazmuni haqida, talabalar o‘zlarining shaxsiy gigiyenasiga alohida e’tibor qilishlari, bo‘sh vaqtlarida sport va fan to‘garaklariga qatnashishlari masalalari yuzasidan targ‘ibot suhbatlar o‘tkazib fakul‘teti talabalarining darslardan bo‘sh vaqtlarida qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishlari uchun "Sog‘lomlashtirish jismoniy madaniyati" fan to‘garagi faoliyatida faol ishtirok etib kelmoqda. Talabalar hamda magistrlar bilan ish olib boradi va ilmiy faoliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashib, anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishlariga amaliy yordam bermoqda. Respublika miqyosida an’anaviy o‘tkaziladigan Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan olimpiadasiga tizimli ravishda talabalarni tayyorlashda ishtirok etadi.
Talabgor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924 sonli hamda 2020 yil 30 yanvardagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099 sonli Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikamiz Sport ishlarini boshqarish vazirligining reja-jadvali asosida 2021 yil 1-12 fevral kunlari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida o‘quv-seminar treninglar o‘tkazishda faol ishtirok etgan.
Da’vogar 1966-1978 yillar davomida Farg‘ona davlat institutining ayollar terma jamoasining bosh murabbiysi, mustaqilligimizdan so‘ng voleybol bo‘yicha FarDU ning erkaklar jamoasini murabbiysi sifatida faoliyat ko‘rsatib jamoani Respublikaning superligasi musobaqalarida ishtirok etish darajasigacha ko‘tardi. Talabalar universiadalarida qator yillar davomida jamoani yuqori o‘rinlarni egallashlarida faoliyat ko‘rsatgan.
X.Xaydaraliyev boshchiligida professor-o‘qituvchilar tomonidan universitetga biriktirilgan "Quva” tumanidagi 11,-44,-52,-25-maktab bilan hamkorlikda o‘quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishni yaxshilash, kichik mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar amalga oshirilgan. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasida Farg‘ona shahrining 1-6-15-sonli umumta’lim maktablarida "O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi hamda undan kelib chiqadigan soha mutaxassislarining vazifalari" “Kasbiy-nazariy, kasbiy-amaliy tayyorgarligini oshirish”ga mansub mavzularda ma’ruzalar tashkil etgan.
Talabalarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, mustaqil ta’lim bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni olishlarida "ZiyoNet”, “Hemis” va kredit modul tizimi axborot-resurs portali materiallaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va maslahatlar berib boradi. Bundan tashqari “Jismoniy tarbiya va sport sohasi kadrlarini tayyorlash va sport pedagogik mahoratini oshirish”, “Talabalar sog‘lom turmush tarzi jismoniy madaniyati”, “Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarida biologik ritmlardan unumli foydalanish" va boshqa mavzularida tadbirlar tashkillagan.
X.Xaydaraliyev o‘zining ilmiy-pedagogik mahorati, barcha ishlarga chuqur mas’uliyat va sinchkovlik bilan yondoshishi, professor-o‘qituvchilarga va talabalarga ochiqligi hamda samimiyligi evaziga universitet jamoasi orasida katta hurmat va obro‘ qozongan, hukumat, viloyat, shahar hokimligi va universitet ma’muriyati tomonidan bir necha bor Faxriy yorliklar bilan taqdirlangan.


Ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar masalalari
bo‘yicha birinchi prorektor
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling