Xaydarova Nodiraning "Davlat tilida ish yuritish"


oʻzbek alifbosiga toʻliq oʻtishni


Download 362.25 Kb.
bet4/6
Sana17.12.2022
Hajmi362.25 Kb.
#1026227
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xaydarova Nodira Davlat tilida ish yurutish

oʻzbek alifbosiga toʻliq oʻtishni taʼminlash maqsadida ishchi guruhini tashkil qilsin va aniq chora-tadbirlar hamda ularni moliyalashtirish manbalari va hajmlarini nazarda tutuvchi «Yoʻl xaritasi»ni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
2021-yil 1-apreldan boshlab oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanadi hamda masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish boʻyicha daraja sertifikatlari joriy etiladi;
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazida oʻzbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida ish yuritish boʻyicha qisqa muddatli (1-2 oygacha) oʻquv kurslari muntazam ravishda tashkil etiladi.
Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzbek tilidagi mavjud lugʻatlar asosida uzluksiz taʼlimning barcha turlari uchun quyidagi oʻquv lugʻatlarini yaratish choralarini koʻrsin, shu jumladan:
koʻp jildli «Oʻzbek tilining izohli lugʻati»ning toʻldirilgan yangi nashri (kirill va lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida);
  • «Oʻzbek tilining imlo lugʻati»;
  • «Oʻzbek tili sinonimlari lugʻati»;
  • «Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lugʻati»;
  • «Oʻzbek tili frazeologizmlarining katta izohli lugʻati»;
  • «Oʻzbek tili omonimlari lugʻati».

  • Mazkur bandda koʻrsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari yoʻnaltirilsin.

6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
oliy taʼlim muassasalarining filologiya taʼlim yoʻnalishlarida «Kompyuter lingvistikasi», «Amaliy filologiya» yoʻnalishlarini tashkil qilsin;
Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida 
Download 362.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling