2020-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda – Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:
mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanishga erishish;
taʼlim tashkilotlarida davlat tilini oʻqitish tizimini yana-da takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish;
davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini taʼminlash;
davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga davlat tilini oʻrganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
b) 2020-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda amalga oshirish dasturi (keyingi oʻrinlarda – Dastur) 2-ilovaga muvofiq;
v) 2020-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari (keyingi oʻrinlarda – Asosiy yoʻnalishlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, Asosiy yoʻnalishlar quyidagilarni nazarda tutadi:
a) taʼlim tashkilotlarida davlat tilini oʻqitish tizimini yana-da takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish sohasida:
2025-yilga qadar davlat maktabgacha taʼlim tizimida amaldagi maktabgacha taʼlim muassasalarining hududlarini kengaytirish yoki yangi quriladigan muassasalar hisobiga oʻzbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish;
2030-yilga qadar umumtaʼlim maktablarida oʻquv yillari uchun tayanch oʻquv rejalarida oʻzbek tili fanini oʻqitish koʻlamini amaldagi
Do'stlaringiz bilan baham: |