Xaydarova sarvinozxonning "iqtisodiyot nazariyasi"fanidan


Kursishning yozilishida qo'llanilgan metod


Download 362.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana20.03.2023
Hajmi362.58 Kb.
#1285009
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
116457 (1)

 
Kursishning yozilishida qo'llanilgan metod.
Bozor iqtisdoiyotida mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini 
yoritishda asosan O'zbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilgan hamda 
chet e'llik olimlar tomonidan tashkil etilgam manbalar asosida statistik materiallar 
va
 
Kursishning tuzilishi. Bitiruv ishi: kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan 
adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
Kursishning mundarijasi.Kirish qismida, umuman, mavzuning dolzarbligi,
uning oldiga qo'ygan maqsad va vazifalari, ishning ilmiy yangiligi, tahlil uslubi, 



ishning amaliy ahamiyati hamda shakily tuzilishi haqida fikr yuritilgan. 
Birinchi bob: Mulkchilik munosabatlarining mohiyati mazmuni. Mulk 
obyektlari va subyektlari. 
Ikkinchi bob: Mulkchilikning turli shakllari va ularning iktisodiy mazmuni. 
Uchinchi bob: O'zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish yoʻllari, maqsadi va usullari haqida malumotlar va fikirlar bilan 
bayon etiladi 
1.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati mazmuni.
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni va uning obyektlari va 
subyektlari - bu: 
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy 
munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. 
Mulkchilik munosabatlari moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni ishlab chiqarish hamda 
jamiyat boyliklarini oʻzlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. 
Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, 
tasarruf etish va oʻzlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy 
munosabatlardir. 
Mulkka egalik qilish mulkning egasi qoʻlida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan 
moddiy boyliklarni oʻzlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda 
mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda 
foydalanish esa boshqalar qoʻlida boʻladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol 



qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda 
ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qoʻllanilishidir. Mol-mulkni oʻzlashtirish yuz 
berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini 
bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U 
mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali roʻy 
beradi. 
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (yegalik 
qilish, foydalanish, oʻzlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar 
tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham 
farqlanishi mumkin. 
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini oʻzida 
ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni oʻzaro bogʻliq va bir-birini 
taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy 
kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida koʻrsatilganidek, hal qiluvchi rolni 
mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan roʻyobga 
chiqarilmasa, yaʼni oʻzlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk 
egasiga daromad keltirmasa, bunda u “huquqiy” kategoriya sifatida qoladi. 
Mulkchilik xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy 
jihatdan roʻyobga chiqariladi. 
Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan 
faqat boʻysinuvchi rol oʻynamaydi. Bu shunda koʻrinadiki, ishlab chiqarish 
vositalariga maʼlum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini 
amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan 
foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari (yegalik qilish, 
tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan 
koʻrinishi hisoblanadi. 



Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish 
zarurati bilan bogʻliq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish 
sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda gʻoyat muhim rol oʻynaydi. Bu 
rol shunda koʻrinadiki, tovar xoʻjaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab 
chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib 
(masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo boʻladi. 
Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab chiqarish 
vositalari va yaratilgan moddiy neʼmatlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki 
jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan 
qoʻriqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya qilish 
usullarini belgilab beradi. 

Download 362.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling