Xaydarova sarvinozxonning "iqtisodiyot nazariyasi"fanidan
Kursishning yozilishida qo'llanilgan metod
Download 362.58 Kb. Pdf ko'rish
|
116457 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati mazmuni.
Kursishning yozilishida qo'llanilgan metod. Bozor iqtisdoiyotida mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini yoritishda asosan O'zbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilgan hamda chet e'llik olimlar tomonidan tashkil etilgam manbalar asosida statistik materiallar va Kursishning tuzilishi. Bitiruv ishi: kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Kursishning mundarijasi.Kirish qismida, umuman, mavzuning dolzarbligi, uning oldiga qo'ygan maqsad va vazifalari, ishning ilmiy yangiligi, tahlil uslubi, 6 ishning amaliy ahamiyati hamda shakily tuzilishi haqida fikr yuritilgan. Birinchi bob: Mulkchilik munosabatlarining mohiyati mazmuni. Mulk obyektlari va subyektlari. Ikkinchi bob: Mulkchilikning turli shakllari va ularning iktisodiy mazmuni. Uchinchi bob: O'zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yoʻllari, maqsadi va usullari haqida malumotlar va fikirlar bilan bayon etiladi 1.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati mazmuni. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni va uning obyektlari va subyektlari - bu: Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini oʻzlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va oʻzlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulkka egalik qilish mulkning egasi qoʻlida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni oʻzlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qoʻlida boʻladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol 7 qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qoʻllanilishidir. Mol-mulkni oʻzlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali roʻy beradi. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (yegalik qilish, foydalanish, oʻzlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin. Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini oʻzida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni oʻzaro bogʻliq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida koʻrsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan roʻyobga chiqarilmasa, yaʼni oʻzlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u “huquqiy” kategoriya sifatida qoladi. Mulkchilik xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan roʻyobga chiqariladi. Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat boʻysinuvchi rol oʻynamaydi. Bu shunda koʻrinadiki, ishlab chiqarish vositalariga maʼlum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari (yegalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan koʻrinishi hisoblanadi. 8 Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bogʻliq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda gʻoyat muhim rol oʻynaydi. Bu rol shunda koʻrinadiki, tovar xoʻjaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo boʻladi. Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy neʼmatlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qoʻriqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi. Download 362.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling