Xaydarova sarvinozxonning "iqtisodiyot nazariyasi"fanidan


Mulk obyektlari va subyektlari


Download 362.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana20.03.2023
Hajmi362.58 Kb.
#1285009
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
116457 (1)

1.2 Mulk obyektlari va subyektlari.
Mulkchilik munosabatlari uning obyektlari va subyektlari boʻlishini shart qilib 
qoʻyadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik obyektlaridir. Mulk 
obyekti boʻlib, inson yaratgan moddiy va maʼnaviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy 
mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar 
hisoblanadi. Mulk obyektida asosiy boʻgʻin - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik 
qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki boʻlsa, ishlab chiqarilgan 
mahsulot ham unga tegishli boʻladi. 
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, yaʼni 
ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qoʻshilishi turli darajada va 
turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk subyektlari vujudga 
keladi. Mulk subyekti jamiyatda maʼlum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega boʻlgan, 
mulk obyektini oʻzlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari 
boʻlib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan boʻladi. 
Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik subyekti boʻlib chiqadi. 
Mulk obyektlari va subyektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va huquqlarini 



yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari – bu mulk obyektini 
oʻzlashtirish boʻyicha mulk subyektlari oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir.Mulk 
subyektlari koʻp darajali boʻlib, shu subyektlardan birontasi oʻzini mulk egasi sifatida 
yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi. 
2. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iktisodiy mazmuni. 
Mulk shakllari: Rejali iktisodiyotdan bozor iktisodiyotiga utishda ishlab 
chikarish vositalariga ijtimoiy mulk atalmish davlatlashtirigan mulk 
shakllarining uzgartirilishi asosida asta-sekin turli nodavlat mulk shakllariga
utib boriladi. Aralash iktisodiyot sharoitida kuyidagi mulk shakllari mavjud: 
1. Davlat mulki. Aralash iktisodiyotda mudofaa, davlat boshkaruvi, ijtimoiy 
tartibni muxofaza kilish, yagona energetika tizimini taʼminlash, fundamental 
fanni rivojlantirish, yer, yer osti va ustki boyliklari, foydali kazilmalar, suv va 
suv inshootlari, tabiatni muxofaza kilish kabi bir kator obyektlar kiradi. 
2. Jamoa mulki. Jamoa mulki mazkur jamoa aʼzolarining mexnati bilan 
yaratilgan maxsulotga tula egalik kilish, foydalanish va tasarruf etishlari 
borasidagi obyektlardir. Bunda mexnat jara yonida ishtirok etuvchilar xam, 
uning natijasini uzlashtiruvchilar xam aynan bir kishilardir. Jamoa mulki 
mayda mulk egalarining kungilli, xayrixoxlik vaziyatda barchalari mavjud 
mulklarni birlashtirish asosida tashkil etilgan. 
3. Ijaraga olingan korxona jamoasi mulki. Bu mulk avvalo ijarachilarga tegishli 
mulkdir. Yerni va boshka ishlab chikarish vosi talarini ijaraga olish bilan 
mulkchilik xukuki ijaraga berayotgan shaxsdan olayotgan odamga utmaydi. 


10 
Mulkchilikning egalik xukuki, ijaraga berayotgan shaxsda koladi. U uz 
mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish xukukini shartnomada kursatilgan 
muddatda vaktincha, ijaraga olayotgan shaxsga beradi. Mulkchilikning 
uzlashtirish munosabati muayyan sharoitda mazkur obyektda yaratilayotgan 
maxsulotni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi subyektlar urtasida kelishilgan 
nisbatlarda taksimlanishi borasida sodir buladi. 
4. Xissadorlik uyushmasi.Uyushma tashkil etuvchilarning maʼlum maksadini 
amalga oshirish uchun barchaga umumiy bulgan asoslarda, ammo xar bir 
aʼzoning mulkka kushgan turlicha mikdordagi xissasi orkali vujudga keladi. 
5. Yakka mulk. Bu mulk mulkning bir subyekt tomonidan uzlashti rilishini 
ifodalaydi. Yakka mulk egasi, avvalo uz mexnati, uz ishlab chikarish 
vositalari bilan maxsulot yaratadi. Uz maxsuloti va daromadini uz xoxishiga 
muvofik tasarruf etadi. 
6. Shaxsiy mulk. Bu mulk - insonlarning yakka isteʼmol buyumlaridan 
foydalanish, uni uzlashtirish, tasarruf kilish va unga egalik kilish 
munosabatidir. Shaxsiy mulk jamiyat aʼzolarining shaxsiy isteʼmolini 
taʼminlash uchun zarur bulgan uy-joy, trans port vositasi, radio, televizor, 
mebel, uy-ruzgor buyumlari va boshkalar. 
7. Xususiy mulk. Bu mulk maʼlum shaxslarga karashli bulib, daromad topishga 
yunaltirilgan mulkdir. Xususiy mulkning asosiy obyekti ishlab chikarish 
vositalaridir. 
8. Kushma korxonalar mulki. Bu mulk kamida ikkita davlat ishtirokida tuzilgan 
kushma korxona mulkidir. Bozor munosabatlariga utish mamlakat 


11 
iktisodiyotiga chet el kapitalining kirib kelishiga yul ochdi. Respublikamizda 
faoliyat kursatayotgan kushma korxonalarga misol: “UzDEU”, “AnTEKST”, 
“SamKUCHAVTO” va boshkalar. Shunay kilib jamiyatda mavjud 
extiyojlarning turli-tumanligi uchun ularni xar tomonlama kondirish fakat turli 
mulk shakllarining birgalikdagi mulkiy munosabatlar majmuasida xam bulishi 
mumkin. 
Xalk xujaligi uzaro boglangan, bir-biri bilan rakobatda bulgan turli mulk
shakllarining isteʼmolchilari kurashida namoyon buladi.
Davlat mulki uzining roli, vazifasi, maksadi bilan boshka bozor mulki 
shakllardan tupdan fark kiladi. Davlat mulkining bozor iktisodiyotida amal 
kilish chegarasi uzgargan. Bu xol davlatning xususiylashtirish siyosati bilan 
boglik. Davlat mulkining funksiyalari xam uning maksadi bilan uzviy boglik. 
Bunday xollarda korxonalar xatto daromad kamaysa xam ijtimoiy iktisodiy 
maksadalarni amalga oshirishga muljallangan buladi.
Bozor iktisodiyotidagi boshka mulk shakllarini taxlil kilganimizda tadbirkorlik 
faoliyatini tashkil etish shakllariga kuprok eʼtibor beramiz. Bu narsa mulk 
shakllarining tarkkiy etish yuli bilan boglik. 
Bozor mavjud bulgan eng oddiy shakl- bu individual va oilaviy mulk 
shakllaridir. Mazkur mulk shakllari asosan kichik biznes va fermerlikka xos. 
Jamiyat ishlab chikarish kuchlarining rivojlanishi va kapitalni birlashtirishni
talab kiladi. Bu xol ikki yunalishni rivojlantirib yubordi, bir tomondan jamoa 
yollanma mexnati asosida xususiy mulk rivojlandi, boshka tomondan jamoa 
kushma mulkning rivojlanishi kuzatildi. Bozor iktisodiyotida bu mulk shakllari 
aloxida - aloxida keng tarkalmokda. Kichik biznesda, kichik korxonalarda 


12 
samaradorlik ancha yukori buldi. Jamoa manfaati bilan individual manfaatni 
kushishining eng yaxshi yuli mulkning aksionerlik shaklidir. Chunki aksioner
jamiyat kanchalik iktisodiy jixatdan bozor sharoitida talab va taklifga muvofik 
faoliyat yurgizib, yaxshi daromad olsa uning xar - bir aʼzosi yoki aksiya egasi 
shu korxona uchun kayguradi. Shu bois aksionerlik mulk shakli bozor 
iktisodiyotining aosini tashkil kildi. 
Lekin xozirgi sharoitda xar bir mulk shaklida faoliyat yurgizayotgan korxonalarda 
salbiy xolatlar xam uchrab turadi. 
Bozor iktisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil boʻlishini talab kiladi, chunki 
tovar muayyan mulk obyekti boʻlgandagina oldi-sotdi kilinadi. Oʻzbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida ham: “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga 
qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilmaxil shakllardagi mulk tashkil 
etadi” deb taʼkidlanadi. - 
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida bu mulk oʻz ichiga davlat mulkidan tashqari, 
ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-
xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xoʻjaligi va shaxsiy tomorqa xoʻjaligi 
hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan mehnatkashlarning 
shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va 
xususiy mulklarni oladi. usiy mulklarni oladi.
Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida turli-tuman mulklar 
kuyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, 
shaxsiy mulk, aralash mulk. 
Mulkchilik turli shakllarining mavjud boʻlishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, 


13 
ishlab chikaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chikarishning umumlashuvi 
darajasi bilan bogʻliq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning holati, ijtimoiy mexnat tri ishlab chistыy m taqsimoti va tashkiliy-
iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur. 
Oʻzbekistonda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mulkchilik shakllari buyicha 
taqsimlanishi quyidagi maʼlumotlar bilan tavsiflanadi (yil boshiga, umumiy soniga % 
hisobida). 
Davlat mulki. Mulk davlatga tegishli boʻlganda mulkka egalik qilish, foydalanish va 
uni tasarruf qilish davlat ixtiyorida boʻladi. Davlat mulki asosan ikki yul bilan hosil 
boʻladi: 
Xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qoʻliga olish. Davlat mablagʻlari 
hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda 
investitsiyalarni amalga oshirish yoʻli bilan. 
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli boʻlgan, boʻlinmaydigan yoki umumiy 
resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib 
boʻlmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yullar kabi 
iqtisodiy tuzilmaning kattagina kismini koʻrsatish mumkin. 
Oʻzbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki respublika mulkidan va 
maʼmuriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat buladi. Yer, yer osti 
boyliklari, suv, havo boʻshligʻi, oʻsimlik va hayvonot rabout pecypchap, pecryin 
dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruv 
tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet 
mablagʻlari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki 
hisoblanadi. 
Maʼmuriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat xokimiyati mahalliy 


14 
organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablagʻlari, munitsipal uyjoy fondi va 
kommunal xoʻjaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalk taʼlimi, 
madaniyat, sogʻliqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki buladi. 
Bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni erkinlashtirish vazifasi 
davlat mulki monopoliyasini qisqartirishni taqozo qiladi. Chunki sogʻlom bozor 
iktisodiyoti davlat monopoliyasi bilan chikishmaydi, monopoliya raqobatga toʻsqinlik 
qiladi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish oqibatida iqtisodiyotda davlat mulkining ulushi 
kamayib u asosan jamoa mulkiga, ayrim hollarda fuqaro mulkiga va xususiy mulkka 
aylanadi. 
Davlat korxonalarining asosiy fondlar, ishlovchilar soni, yalpi milliy mahsulot va 
milliy daromad yaratishdagi hissasi qisqarib, ayni vaktda boshqa mulkka mansub 
korxonalar hissasi ortib boradi. 
Jamoa mulki - muayyan maqsad yoʻlida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan 
moddiy va maʼnaviy boyliklarni hamjihatlik bilan Oʻzlashtirishni bildiradi. Jamoa 
mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal toʻlab korxona kurishi, 
aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yoʻllar orqali ali paydo boʻldi. Jamoa mulkining 
muhim xususiyati shundaki, bunda ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga 
ayrim shaxslar emas, balki maʼlum guruh, kishilar egalik qiladi. 
Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar 
jamiyatlari, xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy 
tashkilotlarning mulki kiradi. 
Kooperativlar mulkining asosiy belgisi ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini 
oʻzlashtirishning jamoa-guruh xususiyatidir. Mulkchilikning bu turida ishlab 


15 
chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan koʻshilishi muayyan mehnat 
jamoasi doirasida roʻy beradi. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish va ularni 
oʻzlashtirish mulk egasi boʻlmish mehnat jamoasi doirasida amalga oshiriladi, hamda 
jamoa va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarning mushtarakligi vujudga keladi. 
Kooperativlar qishloq xoʻjaligida, sanoat, qurilish, transportda, savdo va umumiy 
ovqatlanish, pulli xizmatlar sohasida hamda ishlab chikarish va ijtimoiy-madaniy 
hayotning boshqa tarmoqlarida, ilmiy va ilmiy-texnikaviy xizmat koʻrsatish 
sohalarida barpo etilishi va faoliyat koʻrsatishi mumkin. 
na kooperativnari uz azolar Ishlab chikarish kooperativlari uz aʼzolarining shaxsiy 
mehnatiga asoslanadi. Ishlab chiqarish va xizmatlarning boshqa sohalaridagi 
kooperativlarning har biri oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, ular ichida qishloq 
xoʻjaligi kooperativlari alohida ajralib turadi. 
Qishloq xoʻjalikishlab chiqarish kooperativlarining asosiy shakli jamoa va shirkat 
xoʻjaliklaridir. 
Masalan, jamoa xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari 
doirasida yer uchastkalari va asosiy fondlarni ijaraga olish sharoitida 
daromadlari pirovard natijaga bogʻliq ravishda shakllanadigan fermer 
xoʻjaliklari rivojlanmokda. 
Mulkchilikning davlat shakli bilan bir qatorda sohani rivojlantirishning bir qator 
masalalarini yechishda (uy-joy, ijtimoiy infrastrukturaning boshqa obyektlari-
sanatoriyalar, dam olish uylari, bolalar bogchalari va shu kabilarni kurish) 
kooperativlar roli oshib bormokda. 


16 
Mexnatkashlarning shaxsiy mulki asosida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish 
sohalari, uy kurilish kooperativlari, bogʻ-tomorqa shirkatlari va shu kabi 
kooperativlar rivojlanmokda. 
Shaharlarda aholining tovarlar va xizmatlarga boʻlgan talabini yaxshiroq qondirish 
maqsadida davlat korxonalari va tashkilotlari uning tasarrufidan chiqarilib turli xil 
matlubot kooperatsiyalari vujudga kelmokda. Matlubot kooperatsiyasining mulki 
mulkchilikning davlat va boshqa shakllaridan kelib chiqadi. Mulkchilikning bu shakli 
faoliyatida uning aʼzolari oʻz mehnati bilan ishtirok etishi shart emas. Matlubot 
kooperatsiyalari mustaqil yoki turli korxona, tashkilot va muassasalar qoshida tashkil 
qilinishi mumkin. Matlubot kooperatsiyasi tizimi xizmat kursatish, shaxsiy tomorqa 
xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlar va xalq hunarmandchilik buyumlarini 
shartnoma asosida sotishni taʼminlashda belgilangan huquqlardan foydalanadi. 
Shaxsiy mulk-mulk shakllari ichida muhim oʻrin tutadi. Shaxsiy mulk bu fuqarolar 
mulki boʻlib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu 
mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila aʼzolarining mehnati asosida koʻpayadi 
va rivoj topadi. 
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, 
oʻz xoʻjaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va 
kupayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan keladiga lk aksiyadan 
keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi 
manbalarga asoslanadi. 
Shaxsiy mulk obyektlari bu turar joylar, bogʻ-hovli va uylar, transport vositalari, pul 
jamgʻarmalari, uy-roʻzgor va shaxsiy isteʼmol buyumlari, yakka tartibda va boshqa 
xoʻjalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan 
mahsulot va boshqalar boʻlishi mumkin. “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik 


17 
toʻgʻrisida”gi qonunda kursatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat 
sohasidagi, xalq xoʻjalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar 
fuqaro va ularning oila aʼzolarining mulki boʻlishi mumkin. Shaxsiy mulk obyektlari 
ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yoʻlida ishlatilishi ham 
mumkin. 
Xususiy mulk ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va oʻz 
egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. 
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida (7-modda), xususiy mulk oʻz mol-
mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan 
iboratdir deb koʻrsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning 
mikdori va kiymati cheklanmasligi taʼkidlanadi. 
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, oʻzining ijobiy va salbiy 
tomonlariga ega. U, soʻzsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga 
maʼsuliyatlilik munosabatlarini ragʻbatlan tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab 
chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tugʻdiradi. 
Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalk xujaligida uni qoʻllash foydali boʻlgan 
boʻgʻinlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini 
shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni 
mutlaqlashtirish bilan umuman bogʻliq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chikarish 
vositalari asosida mustaqil xoʻjalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ 
firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi 
mumkin. 
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida xususiy mulkni shakllantirish 
manbalari ham koʻrsatiladi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanish, yollanib ishlash, kredit 
muassasalariga qoʻyilgan mablagʻlar, qimmatli qogʻozlardan olinadigan daromadlar, 
meros tartibda mol-mulkni qoʻlga kiritish kabilar ana shunday manbalar boʻlishi 


18 
mumkin. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligidan boshqa ay ayrim faoliyatlarda yer ham 
xususiy mulk obyekti boʻlishi mumkin. Shu sababli Respublika qonun hujjatlariga 
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21 Farmonining 3-bandi) muvofiq 
savdo, xizmat kursatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan 
birga tanlov asosida sotilishiga ruxsat beriladi. Mazkur yer uchastkalariga xususiy 
mulk huquqining hamma meʼyorlari taalluqli boʻlib, ular sotilishi, vasiyat qilib 
koldirilishi yoki ijaraga berilishi mumkin. Biroq yerning boshqa toifalari, jumladan, 
umumiy foydalanishdagi yerlar, qishloq xoʻjalik ekinzorlari va davlat zahirasiga 
kiritilgan yerlar davlatning alohida mulk obyektlaridir va shu sababli ular fuqarolarga 
faqat meros qilib qoldirish 
huquqi bilan umrbod egalikka berilishi mumkin. 
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo boʻladi. Bu 
mulk alohida olingan obyektning turli mulkdorlar ishtirokida oʻzlashtirilishini 
bildiradi. 
Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida mulkchilikning turli xil shakllarini 
vujudga keltirish asosiy maksad emas. Bu faqat ishlab kudga keltirish asosii i 
chikarishni 
rivojlantirish 
va 
uning 
samaradorligini 
oshirishning 
barcha 
imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish, tashabbuskorlik va sogʻlom raqobatni vujudga 
keltirish uchun qulay muhit yaratishga qaratilgandir. 

Download 362.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling