Xayol haqida tushuncha
Download 102.42 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5400156565598645761
XAYOL TURLARI
Xayol o`zining faolligi va aktivligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga xayol kishini faollikka undovchi kuch, turtki sifatida ham ishlaydi. Lekin ayrim hollarda xayol faoliyatning o`rnida, ya`ni soxta faoliyat sifatida harakat qilishi mumkin. Odam og`ir ahvolga tushganda, biror masalani echa olmaganda , o`z xatolaridan qochishga harakat qilgan kabi hollarda u foydasiz orzularga, real hayotdan uzoq fantastika olamiga kirib ketishi mumkin. Bunday hollarda kishi amalga oshirib bo`lmaydigan ish-harakat rejalarini tuzadi. Xayolning bunday turi PASSIV XAYOL deb ataladi. PASSIV XAYOL IXTIYORIY YOKI IXTIYORSIZ yuzaga kelishi mumkin. Ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirilgan, lekin hayot bilan , real hayotdagi faollikka olib kelmaydigan passiv xayol turi ShIRIN XAYOL deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli narsalar haqida shirin xayollarga berilish hammaga xos. Ammo inson hayotida shirin xayol kechirish hollari ko`proq bo`lsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beradi. Passiv xayol ixtiyorsiz ravishda ham yuzaga kelishi mumkin. Xayolning bu turi asosan ong faoliyatining, ikkinchi signallar tizimining susayishida , odamning vaqtinchalik harakatsizlik holatida, uyqisirash holatida, affekt holatida , uyqida (tush ko`rish), ongning kasallikka uchrab buzilishida (gallyutsinatsiyada) va shu kabilarda sodir bo`ladi. Passiv xayolning aksi bo`lgan AKTIV XAYOL ijodiy va qayta tiklovchi xayol turlariga bo`linadi. Ma`lum bir asosga, yozuvlarga, chizmalarga asoslanib ularga muvofiq keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol QAYTA TIKLOVChI XAYOL deyiladi. IJODIY XAYOL qayta tiklovchi xayoldan farq qilgan holda , orginal va qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarni yaratish. Ijodiy xayol barcha turdagi texnik, badiiy va boshqa ijodiyotning ajralmas qismini tashkil qiladi. Xayol - odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilish. Download 102.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling