Xayol haqida tushuncha


Download 102.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi102.42 Kb.
#1540938
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5400156565598645761



Urganch davlat pedagogika instituti 
Jismoniy madaniyat fakulteti 225-guruh
Sirtqi ta’limdagi Uluĝbekov Muhammadjonning 
Umumiy psixologiya fanidan mustaqil ishi 


Xayol haqida tushuncha. 
1.
Xayol turlari. 
2.
Xayol jarayonlari. 
Tayanch iboralar: 
Xayol va tasavvur haqida umumiy tushuncha. Xayol va tafakkurning o`xshashligi 
va farqlari. Xayol va muammoli vaziyat. Xayol turlari. Xayol jarayonlari. Xayol va 
motivatsiya. Tasavvur va o`quv jarayonidagi ko`rgazmalilik. Tasavvur turlari va 
xayol shakllaridagi individul xususiyatlar va ularni o`quv jarayonida boshqarish. 
Xayol va organik jarayonlar. Ilmiy, texnika 
va pedagogik faoliyatda
, badiiy 
ijodiyotda xayolning roli. 
XAYOL HAQIDA TUSHUNCHA. 
Xayol yoki fantaziya, tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlariga kiradi va faqat 
odamlarga xos bo`lgan faoliyatlarda yuzaga chiqadi. Mehnatning tayyor natijasini 
xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo`lmaydi. Fantaziya yordamida 
kutilayotgan natijani tasavvur qilish - inson mehnatining hayvonlar instinktiv 
harakatlaridan tubdan farqidir. Xayol inson faoliyatining barcha jabhalarida 
yuzaga chiqadi. Masalan, oddiy stol yasash uchun ham uning shakli qanday 
bo`ladi, 
nima uchun kerak
, rangi, balandligi va h.k.larni oldindan tasavvur qilish 
lozim. Bir SO`Z bilan aytganda, ishni boshlashdan oldin bu stolni tayyor holda 
ko`ra bilish talab qilinadi. 
XAYOL inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo`lib, mehnatning oxirgi va 
oraliq mahsulotlarida o`z ifodasini topadi. Xayol mehnat natijalarini narsalarda 
gavdalantirishga undaydi va shuning bilan birga muammoli vaziyat aniq 
bo`lmagan hollarda ish-harakat programmasini tuzishni ta`minlaydi. Shuning 
bilan birga xayol faqat biror aniq faoliyatni programmalashtiruvchigina ham 
emas, ba`zan uning urnini bosuvchi obrazlar hosil qilish vositasi sifatida ham 
yuzaga chiqadi. 
Xayol 
tafakkur singari
, muammoli vaziyatda, ya`ni masalani echishning yangi 
usullarini kidirib topishda yuzaga keladi. ehtiyojlarni qondirishning real 
jarayonidan oldin ehtiyojlarni qondirishning soxta, xayoliy jarayoni sodir bo`ladi. 
Muammoli vaziyatda masalani hal qilish uchun biz tushunchalarga (bilimlarga) va 
obrazlarga suyanamiz. Ko`pincha bu ikkala vosita ham birgalikda qo`llaniladi. 
Ammo ulardan qaysi birining ustunligi muammoli vaziyatning xarakteriga bog`liq. 
Agar masalaning dastlabki ma`lumotlari, 
chunonchi
, ilmiy muammoning dastlabki 
ma`lumotlari aniq bo`lsa, masalani echish yo`lining mohiyati ko`proq tafakkur 
qonunlariga tobe bo`ladi. Agar muammoli vaziyat ko`p jihatdan o`zining 
noaniqligi bilan ajralib tursa, dastlabki ma`lumotlarni aniq analiz qilish juda qiyin 
bo`lsa xayol mexanizmlari ishga tushadi 

Download 102.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling