Xayol haqida tushuncha


Download 102.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi102.42 Kb.
#1540938
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5400156565598645761

XAYOL TURLARI
 


Xayol o`zining faolligi va aktivligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga xayol 
kishini faollikka undovchi kuch, turtki sifatida ham ishlaydi. Lekin ayrim hollarda 
xayol faoliyatning o`rnida, ya`ni soxta faoliyat sifatida harakat qilishi mumkin. 
Odam og`ir ahvolga tushganda, 
biror masalani echa olmaganda
, o`z xatolaridan 
qochishga harakat qilgan kabi hollarda u foydasiz orzularga, real hayotdan uzoq 
fantastika olamiga kirib ketishi mumkin. Bunday hollarda kishi amalga oshirib 
bo`lmaydigan ish-harakat rejalarini tuzadi. Xayolning bunday turi PASSIV XAYOL 
deb ataladi. PASSIV XAYOL IXTIYORIY YOKI IXTIYORSIZ yuzaga kelishi mumkin. 
Ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirilgan, 
lekin hayot bilan
, real hayotdagi faollikka 
olib kelmaydigan passiv xayol turi ShIRIN XAYOL deb ataladi. Qandaydir 
quvonchli, yoqimli narsalar haqida shirin xayollarga berilish hammaga xos. Ammo 
inson hayotida shirin xayol kechirish hollari ko`proq bo`lsa, bu shaxsning 
passivligidan dalolat beradi. Passiv xayol ixtiyorsiz ravishda ham yuzaga kelishi 
mumkin. Xayolning bu turi asosan ong faoliyatining, ikkinchi signallar 
tizimining 
susayishida
, odamning vaqtinchalik harakatsizlik holatida, uyqisirash 
holatida, 
affekt holatida
, uyqida (tush ko`rish), ongning kasallikka uchrab 
buzilishida (gallyutsinatsiyada) va shu kabilarda sodir bo`ladi. 
Passiv xayolning aksi bo`lgan AKTIV XAYOL ijodiy va qayta tiklovchi xayol 
turlariga bo`linadi. 
Ma`lum bir asosga, yozuvlarga, chizmalarga asoslanib ularga muvofiq keladigan 
obrazlar tizimini yaratuvchi xayol QAYTA TIKLOVChI XAYOL deyiladi. 
IJODIY XAYOL qayta tiklovchi 
xayoldan farq qilgan holda
, orginal va qimmatli 
moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarni yaratish. Ijodiy xayol 
barcha turdagi texnik, badiiy va boshqa ijodiyotning ajralmas qismini tashkil 
qiladi. 
Xayol - odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning qaytadan 
tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi 
obrazlarini hosil qilish.

Download 102.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling