Xayol haqida tushuncha


Download 102.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi102.42 Kb.
#1540938
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5400156565598645761

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9.1. Rasm. Xayol turlari.
 
Xayol jarayonlari - Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, 
shuningdek o’tmish tajribalari bilan belgilanadi.
Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni 
bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr, 
ssfinks obrazlari va boshqalar.


Giperbolizatsiya 
 obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish 
shuningdek, alohida qismlarni o’zgartirishdir. Masalan: Gulliver, liliput, 
Alpomish, Rustam pahlavon obrazlari kabilar.
Tizimlashtirish – o’xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi 
farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr 
uchun tipik bo’lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Kahhor hikoyalari («O’g’ri», 
«Bemor») A.Qodiriy («O’tgan kunlar») romani kabilar.
Aksentlashtirish (urg’u berish) – ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar 
yaratish Masalan: o’rtoqlik hazillari. Aksentlashtirish badiiy adabiyotlarda 
juda ko’p qo’llaniladi.
Yuqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez 
jarayonida ro’y beradi. Chunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) 
qilib ko’riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil 
qilinadi.
Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim 
ahamiyatga ega.

Xayol tasavvurlari ongda paydo bo’ladi va barqaror bo’ladi.

Xotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Xayol tasavvurlari 
esa yangilikni his qilish tuyg’ularini beradi.

Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bog’liq bo’lgani sababli 
yangilikni his qilish tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi.

Ijodiy jarayonda xayolning tutgan o‘rniga 


ortiqcha baho berish qiyin. Ijod barcha psixik 
jarayonlar, shuningdek, xayol bilan ham uzviy 
bog‘langan. Xayolning rivojlanganlik darajasi va 
uning o‘ziga xos xususiyatlari ijodkorlik uchun tafakkur rivojlanganligi 
darajasidan kamroq ahamiyatga ega emas.
Ijodkorlik psixologiyasi uning aniq turlari: kashfiyotchilik, ilmiy, adabiy, 
badiiy va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ijodkorlik imkoniyati inson qobiliyatlari 
bilan mustahkamlangan bilimlari bilan ta’minlanadi, va insonning sobitqadamligi 
bilan rag‘batlantiriladi. Ijodkorlikning muhim sharti ijodiy faoliyatga emotsional 
tus beruvchi ma’lum kechinmalarning mavjudligi hisoblanadi.
Ma’lum bir insonga ijod qilish imkoniyatini yaratuvchi , boshqalardan esa bu 
imkoniyatni darig‘ tutuvchi nima ekanligi haqidagi masala mashhur 
olimlarni o‘tmishdan qiynab keladi. Xuddi shunday, fransiyalik psixolog T. Ribo 
tomonidan asoslab berilgan ijodiy jarayonda algoritmlashtirish va uni o‘qitishning 
imkoniyati mavjud emasligi haqidagi nuqtai nazariuzoq vaqt hukmron fikr 
hisoblangan. Uning yozishicha: «Kashf etish metodlari»ga keladigan bo‘lsak, 
haqiqatda ular mavjud emas, buning aksi bo‘lganida edi, u holda kashfiyotchini 
hozirda mexanik va soatsozlarni ishlab chiqargandek, ishlab chiqarish mumkin 
bo‘lar edi». Lekin asta-sekin bu nuqtai nazar shubha ostiga olina boshladi. Birinchi 
o‘ringa ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyatni rivojlantirish mumkinligi gipotezasi 
ko‘tarildi.


Ingliz olimi G. Uolles ijodiy jarayonni tadqiq etishga harakat qilib ko‘rdi. 
Natijada u ijodkorlikda to‘rt bosqichni ajratishga muvaffaq bo‘ldi, bular: I –

Download 102.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling