Xayol haqida tushuncha


Download 102.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi102.42 Kb.
#1540938
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5400156565598645761

Uchinchi vazifasi xayolning inson bilish jarayonlari va holatlari, xususan, 
idrok, diqqat, xotira, nutq va hissiyotlarni ixtiyoriy boshqarishdagi ishtiroki bilan 
bog‘liq. Obrazlar vositasida inson idrok, xotiralar, iboralarni boshqarish imkoniga 
ega bo‘ladi.
To‘rtinchi vazifasi harakat ichki rejasining shakllanishi – obrazlardan 
foydalanib, ularni ongda bajarish layoqatidan iborat.
Beshinchi vazifasi – bu faoliyatni rejalashtirish va dasturlash, bunday 
dasturlarni tuzish, ularning bexatoligi, joriy qilish jarayonini baholash.
Xayol yordamida biz organizmning ko‘plab psixofizioligik holatlarini 
boshqarishimiz, kutilayotgan faoliyatga moyillashtirishimiz mumkin. Insonning 
irodaviy yo‘l bilan xayol vositasida organik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishi, nafas 
olish maromi, tomir urish tezligi, qon bosimi, tana haroratini o‘zgartirishi 
mumkinligini isbotlovchi dalillar ma’lumdir. Ushbu dalillar autotrening asosida o‘z 
tasdig‘ini topgan.
Xayol turlari tasniflanishining bir necha 
xillari mavjud, ularning har biri asosida 
xayolning ahamiyatga molik belgilari: faollik, 
inson maqsadlari bilan aloqasi, yangi obrazlar 
yaratish mustaqilligiga egadir. Faollik belgisi bo‘yicha xayol faol va sust xayolga 
bo‘linadi.
Faol xayol doimo ijodiy va shaxsiy masalani hal etishga qaratilgan, aniq 
amaliy faoliyatni bajarish bilan bog‘liq. Faol xayol kelajakka qaratilgan bo‘lib, 
vaqtdan ma’lum daraja sifatida foydalanadi. U masala tomonidan uyg‘otiladi va 
yo‘naltiriladi, irodaviy sharoitlar bilan aniqlanadi va iroda nazoratiga 
bo‘ysunadi. Faol 
xayol o‘zida 
artistlik, 
ijodkorlik, 
tanqidiy, 
yaratuvchilik va antitsipiruyuщee xayol turlarini mujassamlashtiradi.
Obrazlarning mustaqilligi va haqiqiyligiga bog‘liq ravishda xayol yaratuvchi 
va ijodkor bo‘ladi.

Download 102.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling