Xayol haqida tushuncha


Download 102.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi102.42 Kb.
#1540938
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5400156565598645761

Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni bitta 
qilib yangi obraz yaratiladi.
Giperbolizatsiya – obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek
alohida qismlarni o‘zgartirishdir.
Urg‘u berish – ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar yaratish.
 
Insonning Er sayyorasida yashovchi 
birorta mavjudotga xos bo‘lmagan sifat – 
yangilik yaratish qobiliyatini o‘rganib, inson 
psixikasining yana bir noyob hodisasi bilan 
to‘qnashamiz. Uning mohiyati insonning o‘z ongida real voqelikda hali mavjud 
bo‘lmagan obrazni yaratishdan iborat, bunday obraz yaratishning asosini esa 
o‘tmish tajribasi tashkil etadi.
Idrok, xotira va tafakkur bilan bir qatorda inson hayotiy faoliyatida xayol ham 
muhim o‘rinni egallaydi. Xayol bilish jarayoni bo‘lib, unda voqelik vositali tarzda 
aks etadi. Aks ettirishning vosita materiallari sifatida idrok obrazlari, xotira 


taassurotlari namoyon bo‘ladi. Tafakkur kabi xayol ham o‘tmish tajribasini qayta 
ishla bilan yangi bilimlarni yaratishga qaratilgan.
SHunday qilib, xayol – bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlarni, qayta 
tuzish va shu asosda yangi taassurotlarni yaratish jarayoni. Xayol – bu obraz, 
tasavvur yoki g‘oya shaklidagi yangilik yaratishning psixik jarayoni.
Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan ularda inson hali 
duch kelmaganlari aniqlanishi va shu tarkibda bo‘lishi bilan farq qiladi. Bular 
inson ko‘z o‘ngida sodir bo‘lmagan va bo‘lishi mumkin bo‘lmagan 
hodisalar, dalillar, voqealardir. Xayol obrazlari o‘zida sodir bo‘lishi kutilgan 
voqea va hodisalarni tutishi mumkin. SHu bilan birga, xayollarda kashf etilgan 
yangilik doimo haqiqatda mavjud bo‘lganlar bilan u yoki bu darajada bog‘langan 
bo‘ladi. Xayol obrazlari idrok obrazlariga, shuningdek, xayolda chuqur 
o‘zgarishlarga uchraydigan xotira tasavvurlariga ham tayanadi. Insonning 
individual taraqqiyoti jarayonida xayol tafakkur bilan uzviy aloqada shakllanadi. 
Xayol obrazlarini tuzish inson aqliy taraqqiyotining yuqori darajasidagina amalga 
oshishi mumkin.
Ko‘p hollarda xayol yangi echimni topish zaruriyati tug‘ilganida, ya’ni, 
harakatdan o‘zib ketgan holda aks ettirish talab etilgan muammoli vaziyatda 
yuzaga keladi.
Xayol natijasida inson kelajakni oldindan ko‘ra oladi va o‘z hulq-atvorini 
boshqaradi, atrof-olamni ijodkorlik bilan o‘zgartiradi. Xayol – mehnat faoliyatida 
shakllangan psixik faollikning maxsus tarzda inson tomonidan ifodalanishi. Xayol 
voqelikni avvaldan aks ettirishni ta’minlaydi, bunda o‘tmishning kelajakdagi 
proeksiyasi hosil qilinadi. Xayol insonga vaziyatda yo‘l topishga va bevosita 
amaliy harakatlarning aralashuvisiz masalalarni hal etish imkonini yaratuvchi 
ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xayol obrazlari faqat 
insonda mavjud bo‘lgan real olam obrazlarining alohida tomonlarini qayta ishlab 
chiqish yo‘li bilan yaratiladi.
Xayol doimo insonning amaliy faoliyatiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Inson biror 
harakatni amalga oshirishdan avval, uni qanday bajarish zarurligi va uni qanday 
bajarishini tasavvur qiladi. SHunday qilib, u avvaldan keyinchalik sodir bo‘ladigan 
amaliy faoliyatda ishlab chiqariladigan moddiy jism obrazini yaratadi.
Xayol faoliyati inson hissiy kechinmalari va uning iroda harakatlarini tadbiq 
etish bilan uzviy holda bog‘langan.
Xayolning fiziologik asosi  nerv aloqalarini dolzarblashtirish, ularning 
emirilishi, qayta guruhlarga qo‘shilib, yangi tizimlarga birlashishi, o‘tmish 
tajribada shakllanib bo‘lgan vaqtinchalik aloqalar yangi uyg‘unliklarining hosil 
bo‘lishidan iborat. Bunda mavjud bo‘lgan vaqtinchalik aloqalarning oddiy holda 
dolzarblashtirilish yangilikning yaratilishiga olib bormaydi. YAngilikning 
yaratilishi avval bir-biri bilan uyg‘unlashmagan vaqtinchalik nerv aloqalaridan 
hosil bo‘lgan uyg‘unlikni taqazo etadi. Xayol jarayoni ikkila xabarlovchi 
tizimlarning hamkorlikdagi faoliyatidan iborat. Bunda ikkinchi xabar tizimi – so‘z 
katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Barcha ko‘rgazmali obrazlar u bilan uzluksiz ravishda bog‘langandir. So‘z 
xayol obrazlarining hosil bo‘lish manbai bo‘lib xizmat qiladi, ularning tarkib 


topish yo‘lini nazorat qiladi, ularni saqlab qolish, mustahkamlash, o‘zgartirish 
vositasi hisoblanadi. Xayol doimo voqelikdan chetga chiqishdir,lekin istalgan 
vaziyatda xayol manbai – ob’ektiv voqelik hisoblanadi.
Inson 
hayotida 
xayol 
qator 
maxsus vazifalarni 
bajaradiUlardan birinchisi voqelikni obrazlarda ifodalash va masalalarni hal 
etishda ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdan iboratdir. Xayolning bu 
vazifasi tafakkur bilan bog‘liq bo‘lib, unga organik tarzda kiritilgandir.
Xayolning ikkinchi vazifasi emotsional holatlarni boshqarishdan iborat. O‘z 
xayoli ko‘magida inson qisman bo‘lsada, ko‘pgina ehtiyojlarni qondirish, uning 
natijasida yuzaga kelgan zo‘riqishni kamaytirishga layoqatli bo‘ladi.

Download 102.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling