Xayol haqida tushuncha


Download 102.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi102.42 Kb.
#1540938
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5400156565598645761

Yaratuvchi xayol – bu ma’lum inson uchun biror yangilikni so‘z orqali 
ta’riflash yoki uni shartli ravishda aks ettirish (chizma, notali yozuv va boshqalar) 
ga tayangan holda tasavvur qilish. Xayolning bu turi insonning turli xil faoliyatida, 
shu bilan birga, ta’limda ham keng qo‘llaniladi. Xuddi shunday, yaratuvchi xayol 
ishchiga mehnat operatsiyalarini chizmalar bo‘yicha bajarishga yordam beradi.
Ijodiy xayol – bu yangi obrazlarni tayyor ta’riflar yoki shartli tasvirlarga 
tayanmagan holda yaratish. Xayolning bu turi davomida inson mustaqil holda 


boshqa odamlar yoki jamiyat uchun qadrli bo‘lgan, faoliyatning aniq o‘ziga xos 
mahsulotida gavdalangan yangi obraz va g‘oyalar yaratadi. Ijodiy xayol inson 
ijodiy faoliyati barcha turlarining tarkibiy qismi asosi bo‘lib hisoblanadi.
Antitsipatsiyaviy xayol insonning juda muhim va zarur qobiliyati – 
kelajakdagi voqealarni oldindan sezish, harakatlarining natijasini ko‘ra olish va 
boshqalar asosida yotadi. Insonning bu qobiliyatiga binoan inson «fikriy nigoh» 
yordamida kelajakda o‘zi, boshqa odamlar yoki atrofdagilar bilan nimalar sodir 
bo‘lishini ko‘ra oladi.
Sust xayol ichki, sub’ektiv omillarga bo‘ysunadi. Bunda amaliy faoliyatdan 
to‘liq yoki deyarli to‘liq bo‘lgan ajralish mavjud. Bunda fantaziya hayotga tadbiq 
etilmaganobrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan yoki tadbiq etilmaydigan hulq-
atvor dasturlari rejalashtiradi. Sust xayol jarayonida qandaydir ehtiyoj yoki 
tilakning noreal, xayoliy qondirilishi amalga oshiriladi. Bunday xayolning 
materiallari sifatida obrazlar, tasavvurlar, tushuncha elementlari va tajribada 
to‘plangan boshqa ma’lumotlar xizmat qiladi.
Sust xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz xayol inson 
irodasidan tashqarida, boshqa u yoki bu idrok qilishga bog‘liq ravishda yuzaga 
keladi. Bu, asosan, ong faoliyati, ikkinchi xabar tizimining kuchsizlanishida, yarim 
uyqu, affekt holatida, uyquda, ongning patologik buzilishlarida (gallyusinatsiyada), 
gipnoz, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar ta’sirida sodir bo‘ladi. Oldindan 
ko‘zlangan, maqsadga yo‘naltirilgan tarzda inson tomonidan o‘z tajribasining mos 
elementlaridan foydalanish va ularni yangi obrazlarda qayta yaratish ixtiyoriy 
xayol deyiladiBu xayol uchun obraz yaratish vazifasining mavjudligi va uni 
amalga oshirishda iroda kuchi xosdir. Maqsadli xayol o‘zini uch xil shaklda: 
orzular – istalgan kelajak obrazlari; shirin xayol – dolzarb kechinmali irreallik 
obrazlari; fantaziyalar – yaqin kelajak obrazlari. Ular zo‘riqishni kamaytirish, 
maqsadga yo‘nalganlik, oldindan sezish, inson zahiralarini safarbar qilish 
vazifalarini bajarishi mumkin. SHirin xayolda insonning qiziqishlari, moyilliklari, 
ehtiyojlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. SHirin xayolga orzular  – inson amalga 
oshirmoqchi bo‘lgan, lekin ayni damda amalga oshirolmaydigan, uning eng ezgu 
xohishlarini qondiradigan istalgan kelajak obrazini oldindan yaratish yaqin turadi. 
Orzular shirin xayoldan o‘zlarining amaliy tadbiqi imkoniyatini taqazo etishi bilan 
farq qiladi. Inson o‘z orzularida yaratgan obrazlar, yorqin, jonli, aniq xususiyati 
bilan, shu bilan birga – sub’ekt uchun hissiyotga boyligi, jozibadorligi bilan ajralib 
turadi. Lekin orzu, xayol istalgan kelajakni hozirgi zamon bilan muntazam 
ravishda bog‘lab turganidagina foydali bo‘lishi mumkin. Agar bunday bo‘lmasa, 
orzu harakat rag‘batida xayolparastlikka, fantaziyaga aylanib qolishi mumkin.
Orzuning hissiy-emotsional turi sifatida, shirin xayol va unga yaqin 
bo‘lgan fantaziyalar namoyon bo‘ladiSHirin xayol deb, odatda, «shirin orzular», 
ushalmaydigan umidlar, haqiqiy voqelikni o‘rnini bosadigan shakllarga aytiladi. 
SHirin xayol surish – o‘ylab topilgan, voqeiy bo‘lmagan hayotda yashash, demak. 
Bu eskapizm – voqelikdan orzular va xayollar olamiga g‘arq bo‘lish bilan bog‘liq.
Ilmiy faoliyatda xayolning boshqa shakli – faraziy tajribadan keng 
foydalaniladiMurakkabligi yoki hajmi yuzasidan real sharoitlarda amalga oshirib 
bo‘lmaydigan ba’zi bir jarayonlarda olimlar o‘zlarining ijodkorlik xayollarini 


yordamga chaqiradilar. Uning yordamida, masalan, fizik-olim miyasida voqea yoki 
jarayonni, unga mukammal sharoitlarni yaratgan holda amalga oshiradi. Buyuk A. 
Eynshteyn shu usul bilan bizning borliq geometriyasi haqidagi tasavvurlarimizni 
o‘zgartirib yuboradigan umumiy nisbiylik nazariyasini kashf etgan. Faqat faraziy 
tajriba Galileyga jismlarning vakuumda tushishining to‘g‘ri qonunini ishlab 
chiqish imkonini berdi. Fan «qora tuynuklar» haqidagi tajribaga asoslangan 
ma’lumotlarga ega emas, lekin faraziy tajriba bu erda ham ularning dinamikasini 
tushuntirib beruvchi modelini yaratishga yordam berdi.

Download 102.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling