Xayol haqida tushuncha


tayyogarlik (g‘oyaning yaratilishi); II – etilish


Download 102.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi102.42 Kb.
#1540938
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5400156565598645761

tayyogarlik (g‘oyaning yaratilishi); II – etilish (ushbu muammoga bevosita va 
bilvosita tegishli bo‘lgan bilimlarni konsentratsiyalash, «to‘plash»); III – birdan 
eslash (izlanayotgan narsani ichki sezgi orqali ilg‘ab olish); IV – tekshirish.
G.S. Altshuller ijodiy masalarni hal qilishning yaxlit nazariyasini ishlab 
chiqdi. U ijodkorlikning besh darajasini ajaratdi. Birinchi daraja masalalari ushbu 
maqsadga mo‘ljallangan vositalarni qo‘llash bilan hal etiladi. Bunda umumiy qabul 
qilingan va ma’lum bo‘lgan bir necha xil echimlarni fikran tanlab olish talab 
etiladi. Bunda ob’ektning o‘zi o‘zgarmaydi. Bunday masalalarni echish vositalari 
yagona tor mutaxassislik doirasida bo‘ladi. Ikkinchi darajali masala ob’ekt 
ko‘rinishini zarur samaraga ega bo‘lish maqsadida bir muncha o‘zgartirishni talab 
etadi. Bunda bir necha o‘nlab variantlarni tanlash mumkin. Bunday masalalarni 
echish vositalari bir soha bilimlariga tegishli bo‘ladi. Uchinchi daraja 
masalalarining to‘g‘ri echimi yuzlab noto‘g‘ri echimlar orasida yashiringan 
bo‘ladi, chunki takomillashtirilayotgan ob’ekt jiddiy o‘zgartirilishi zarur. Bu daraja 
masalalarning echish usullarini o‘xshash soha bilimlarida izlashga to‘g‘ri 
keladi. To‘rtinchi daraja masalalarini echishda takomillashtirilayotgan ob’ekt 
to‘laligicha o‘zgartiriladi. Odatda, bunday masalalarning echimi fan sohasining 
kam 
uchraydigan 
ta’sir 
va 
hodisalar 
orasidan 
izlanadi. Beshinchi 
daraja masalalarini hal etishga takomillashtirilayotgan ob’ekt tuzilishini 
o‘zgartirish bilan erishiladi. Bunda tadqiqotlar va xatoliklar soni ko‘p karra 
oshadi, vositalar esa hozirgi zamon fani imkoniyatlari doirasidan tashqarida 
bo‘lishi mumkin. SHuning uchun, avvalo, kashfiyotni amalga oshirib, so‘ngra 
yangi ilmiy ma’lumotlarga tayangan holda ijodiy masalaning echimini topish 
zarur.
Altshuller fikriga ko‘ra, ijodiy masalalarni hal etishning muhim usullaridan 
biri ularni yuqori darajalardan quyilariga ko‘chirishdir.
SHunday 
qilib, yuzaga 
kelgan 
obrazlarning 
tuyulayotgan 
engilligi, 
ixtiyoriyligiga qaramasdan, xayolda voqelikni ijodiy o‘zgartirish o‘z qonunlariga 
bo‘ysunadi va ma’lum usullar bilan amalga oshiriladi. YAngi tasavvurlar ongda 
mavjud bo‘lganlar asosida tahlil va umumlashtirish operatsiyalari yordamida 
yuzaga keladi. Oqibatda, xayol jarayonlari boshlang‘ich tasavvurlarning fikran 
tarkibiy qismlarga ajratish va ularni yangi uyg‘unlikda birlashishidan iborat 
bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, ijodiy jarayon xayol oddiy obrazlarining 
shakllanishida ishtirok etadigan xuddi o‘sha 
mexanizmlarga tayanadi.
Xayolning 
individual 
xususiyatlari 
odam xayolining rivojlanish darajasi va 
ko‘proq foydalanadigan obrazlar tipiga ko‘ra 
tafovutlanishida ifodalanadi.
Xayolning rivojlanganlik darajasi o‘tmishdagi tajriba ma’lumotlarining 
obrazlar yorqinligi va chuqurligi bilan qayta ishlash, shuningdek, bu qayta ishlash 
natijalarining yangiligi va anglanganligi bilan xarakterlanadi. Xayolning kuchli va 
to‘laqonliligi xayol mahsulotining haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va mo‘‘jizaviy 


obrazlar, masalan, sehrli ertaklar mualliflarida oson baholanadi. Xayol 
rivojlanganligining zaifligi tasavvurlarni quyi darajada qayta ishlanishi bilan 
ifodalanadi. Xayol rivojlanishining zaifligi ma’lum vaziyatni ko‘rgazmali tasavvur 
etish malakasini talab etuvchi mantiqiy masalalarni echishda qiyinchiliklarga sabab 
bo‘ladi. Xayolning etarli darajada rivojlanmaganligida emotsional jihatdan boy va 
har tomonlama hayot kechirish mumkin emas.
Odamlar xayol obrazlarining yorqinligi darajasiga ko‘ra, aniqroq farqlanadi. 
Bir xil odamlar xayol obrazlarining o‘ta yorqinligi, boshqalar – o‘ta rangsiz 
tasavvurlar bilan farqlanadilar. Xayol rivojlanganligining yuqori darajasini ijodiy 
mehnat bilan shug‘ullanuvchilar,- yozuvchi, rassom, musiqachi, olimlarda 
ko‘rishimiz mumkin.
Odamlar o‘rtasidagi farqlar ustun bo‘lgan xayol xususiyatlariga nisbatan 
aniqlanadi. Xayol tomonidan hosil qilingan obrazlar asosidagi sezgilar turiga 
bog‘liq ravishda odatda, obrazlarning ko‘rish, eshitish, motorli va ko‘rish-eshitish-
harakat tiplari ajratiladi. Xayolning sof tiplari juda kam uchraydi, odamlar ko‘proq 
xayolning aralash tipiga ega bo‘ladilar, chunki hayotda bir vaqtning o‘zida 
ko‘rish, eshitish va motorli sezgilarga tayanamiz. Bunda xayol tiplaridan birining 
ustunligi kuzatiladi.
Turli odamlarda xayol ularning kasbiy faoliyati va ustun bo‘lgan ehtiyojlar 
sohasi bilan belgilanadi.
Inson rivojlangan xayol bilan tug‘ilmaydi. Uning rivojlanishi ontogenezda 
sodir bo‘ladi va keyinchalik xayol obrazlarining yaratilishi uchun material bo‘lib 
xizmat qiladigan tasavvur zahirasining to‘planishini talab etadi. Xayol ta’lim-
tarbiya jarayonida, shuningdek, tafakkur, xotira, iroda va sezgilar bilan birlikda 
shaxs rivojlanishi bilan uzviy aloqada rivojlanadi.
Xayolning birinchi ifodalanishi idrok jarayoni bilan uzviy bog‘langan. Idrok 
qilish va xayol o‘rtasidagi uzviy aloqa bola o‘z o‘yinlarida olgan taassurotlarini 
avval idrok qilingan jismlarni xayolda o‘zgartirigan holda qayta ishlay 
boshlaganida namoyon bo‘ladi. Stul samolyotga, quticha – avtoulovga aylanadi.
Xayol rivojlanishining muhim bosqichi bolaning nutqni egallaydigan yoshi 
bilan bog‘liq. Nutq bolaga xayolga faqat aniq obrazlarni emas, balki mavhum 
tasavvur va tushunchalarni ham kiritish imkonini beradi. nutqni egallash bosqichi 
bolaga jismning alohida qismlarini oson ajratish va xayolda ulardan foydalanish 
imkonini beruvchi amaliy tajribaning oshishi va diqqatning rivojlanishi bilan 
birgalikda kechadi. Ushbu bosqichning asosiy xususiyati xayol obrazlari paydo 
bo‘lishining ixtiyorsizligidir. Xayol rivojlanishining keyingi bosqichi uning faol 
shakllarining yuzaga kelishi va xayolning ixtiyoriyligi bilan bog‘liq. Maktab 
yoshida xayolda muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. O‘qitish jarayonida reproduktiv 
va ijodiy xayol faol rivojlanadi. SHunday qilib, insonda xayolning rivojlanishi 
qator omillarga bog‘liqdir

Download 102.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling