Xayol va inson hayotida tutgan o’rni


Download 292.94 Kb.
bet1/9
Sana02.02.2023
Hajmi292.94 Kb.
#1146382
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xayol va inson hayotida tutgan o\'rni — копия

XAYOL VA INSON HAYOTIDA TUTGAN O’RNI

Reja:

1 Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha.

2 Xayol turlari va jarayonlari.

3 Xayol va ijodkorlik.

4 Xayolning individual xususiyatlari va rivojlanishi.

TAYANCH TUSHUNCHALAR:

  • Xayol - odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilish.
  • Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi.
  • Giperbolizatsiya – obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o‘zgartirishdir.
  • Urg‘u berish – ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar yaratish.

1 Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha.  Insonning Er sayyorasida yashovchi birorta mavjudotga xos bo‘lmagan sifat – yangilik yaratish qobiliyatini o‘rganib, inson psixikasining yana bir noyob hodisasi bilan to‘qnashamiz. Uning mohiyati insonning o‘z ongida real voqelikda hali mavjud bo‘lmagan obrazni yaratishdan iborat, bunday obraz yaratishning asosini esa o‘tmish tajribasi tashkil etadi. Idrok, xotira va tafakkur bilan bir qatorda inson hayotiy faoliyatida xayol ham muhim o‘rinni egallaydi. Xayol bilish jarayoni bo‘lib, unda voqelik vositali tarzda aks etadi. Aks ettirishning vosita materiallari sifatida idrok obrazlari, xotira taassurotlari namoyon bo‘ladi. Tafakkur kabi xayol ham o‘tmish tajribasini qayta ishla bilan yangi bilimlarni yaratishga qaratilgan. Shunday qilibxayol – bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlarni, qayta tuzish va shu asosda yangi taassurotlarni yaratish jarayoni. Xayol – bu obraz, tasavvur yoki g‘oya shaklidagi yangilik yaratishning psixik jarayoni. Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan ularda inson hali duch kelmaganlari aniqlanishi va shu tarkibda bo‘lishi bilan farq qiladi. Bular inson ko‘z o‘ngida sodir bo‘lmagan va bo‘lishi mumkin bo‘lmagan hodisalar, dalillar, voqealardir. Xayol obrazlari o‘zida sodir bo‘lishi kutilgan voqea va hodisalarni tutishi mumkin. Shu bilan birga, xayollarda kashf etilgan yangilik doimo haqiqatda mavjud bo‘lganlar bilan u yoki bu darajada bog‘langan bo‘ladi. Xayol obrazlari idrok obrazlariga, shuningdek, xayolda chuqur o‘zgarishlarga uchraydigan xotira tasavvurlariga ham tayanadi. Insonning individual taraqqiyoti jarayonida xayol tafakkur bilan uzviy aloqada shakllanadi. Xayol obrazlarini tuzish inson aqliy taraqqiyotining yuqori darajasidagina amalga oshishi mumkin.


Download 292.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling