Xayol va inson hayotida tutgan o’rni


Download 292.94 Kb.
bet8/9
Sana02.02.2023
Hajmi292.94 Kb.
#1146382
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xayol va inson hayotida tutgan o\'rni — копия

Ijodkorlik psixologiyasi uning aniq turlari: kashfiyotchilik, ilmiy, adabiy, badiiy va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ijodkorlik imkoniyati inson qobiliyatlari bilan mustahkamlangan bilimlari bilan ta’minlanadi, va insonning sobitqadamligi bilan rag‘batlantiriladi. Ijodkorlikning muhim sharti ijodiy faoliyatga emotsional tus beruvchi ma’lum kechinmalarning mavjudligi hisoblanadi.

Ma’lum bir insonga ijod qilish imkoniyatini yaratuvchi , boshqalardan esa bu imkoniyatni darig‘ tutuvchi nima ekanligi haqidagi masala mashhur olimlarni o‘tmishdan qiynab keladi. Xuddi shunday, fransiyalik psixolog T. Ribo tomonidan asoslab berilgan ijodiy jarayonda algoritmlashtirish va uni o‘qitishning imkoniyati mavjud emasligi haqidagi nuqtai nazariuzoq vaqt hukmron fikr hisoblangan. Uning yozishicha: «Kashf etish metodlari»ga keladigan bo‘lsak, haqiqatda ular mavjud emas, buning aksi bo‘lganida edi, u holda kashfiyotchini hozirda mexanik va soatsozlarni ishlab chiqargandek, ishlab chiqarish mumkin bo‘lar edi». Lekin asta-sekin bu nuqtai nazar shubha ostiga olina boshladi. Birinchi o‘ringa ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyatni rivojlantirish mumkinligi gipotezasi ko‘tarildi.

4 Xayolning individual xususiyatlari va rivojlanishi. Xayolning individual xususiyatlari odam xayolining rivojlanish darajasi va ko‘proq foydalanadigan obrazlar tipiga ko‘ra tafovutlanishida ifodalanadi.

4 Xayolning individual xususiyatlari va rivojlanishi. Xayolning individual xususiyatlari odam xayolining rivojlanish darajasi va ko‘proq foydalanadigan obrazlar tipiga ko‘ra tafovutlanishida ifodalanadi.

Xayolning rivojlanganlik darajasi o‘tmishdagi tajriba ma’lumotlarining obrazlar yorqinligi va chuqurligi bilan qayta ishlash, shuningdek, bu qayta ishlash natijalarining yangiligi va anglanganligi bilan xarakterlanadi. Xayolning kuchli va to‘laqonliligi xayol mahsulotining haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va mo‘‘jizaviy obrazlar, masalan, sehrli ertaklar mualliflarida oson baholanadi. Xayol rivojlanganligining zaifligi tasavvurlarni quyi darajada qayta ishlanishi bilan ifodalanadi. Xayol rivojlanishining zaifligi ma’lum vaziyatni ko‘rgazmali tasavvur etish malakasini talab etuvchi mantiqiy masalalarni echishda qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Xayolning etarli darajada rivojlanmaganligida emotsional jihatdan boy va har tomonlama hayot kechirish mumkin emas.


Download 292.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling