Xayol va inson hayotida tutgan o’rni


Download 292.94 Kb.
bet9/9
Sana02.02.2023
Hajmi292.94 Kb.
#1146382
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xayol va inson hayotida tutgan o\'rni — копия

Odamlar xayol obrazlarining yorqinligi darajasiga ko‘ra, aniqroq farqlanadi. Bir xil odamlar xayol obrazlarining o‘ta yorqinligi, boshqalar – o‘ta rangsiz tasavvurlar bilan farqlanadilar. Xayol rivojlanganligining yuqori darajasini ijodiy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar,- yozuvchi, rassom, musiqachi, olimlarda ko‘rishimiz mumkin.

Odamlar o‘rtasidagi farqlar ustun bo‘lgan xayol xususiyatlariga nisbatan aniqlanadi. Xayol tomonidan hosil qilingan obrazlar asosidagi sezgilar turiga bog‘liq ravishda odatda, obrazlarning ko‘rish, eshitish, motorli va ko‘rish-eshitish-harakat tiplari ajratiladi. Xayolning sof tiplari juda kam uchraydi, odamlar ko‘proq xayolning aralash tipiga ega bo‘ladilar, chunki hayotda bir vaqtning o‘zida ko‘rish, eshitish va motorli sezgilarga tayanamiz. Bunda xayol tiplaridan birining ustunligi kuzatiladi.

Turli odamlarda xayol ularning kasbiy faoliyati va ustun bo‘lgan ehtiyojlar sohasi bilan belgilanadi.

Inson rivojlangan xayol bilan tug‘ilmaydi. Uning rivojlanishi ontogenezda sodir bo‘ladi va keyinchalik xayol obrazlarining yaratilishi uchun material bo‘lib xizmat qiladigan tasavvur zahirasining to‘planishini talab etadi. Xayol ta’lim-tarbiya jarayonida, shuningdek, tafakkur, xotira, iroda va sezgilar bilan birlikda shaxs rivojlanishi bilan uzviy aloqada rivojlanadi.

 

Xayolning birinchi ifodalanishi idrok jarayoni bilan uzviy bog‘langan. Idrok qilish va xayol o‘rtasidagi uzviy aloqa bola o‘z o‘yinlarida olgan taassurotlarini avval idrok qilingan jismlarni xayolda o‘zgartirigan holda qayta ishlay boshlaganida namoyon bo‘ladi. Stul samolyotga, quticha – avtoulovga aylanadi.

Xayolning birinchi ifodalanishi idrok jarayoni bilan uzviy bog‘langan. Idrok qilish va xayol o‘rtasidagi uzviy aloqa bola o‘z o‘yinlarida olgan taassurotlarini avval idrok qilingan jismlarni xayolda o‘zgartirigan holda qayta ishlay boshlaganida namoyon bo‘ladi. Stul samolyotga, quticha – avtoulovga aylanadi.

Xayol rivojlanishining muhim bosqichi bolaning nutqni egallaydigan yoshi bilan bog‘liq. Nutq bolaga xayolga faqat aniq obrazlarni emas, balki mavhum tasavvur va tushunchalarni ham kiritish imkonini beradi. nutqni egallash bosqichi bolaga jismning alohida qismlarini oson ajratish va xayolda ulardan foydalanish imkonini beruvchi amaliy tajribaning oshishi va diqqatning rivojlanishi bilan birgalikda kechadi. Ushbu bosqichning asosiy xususiyati xayol obrazlari paydo bo‘lishining ixtiyorsizligidir. Xayol rivojlanishining keyingi bosqichi uning faol shakllarining yuzaga kelishi va xayolning ixtiyoriyligi bilan bog‘liq. Maktab yoshida xayolda muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. O‘qitish jarayonida reproduktiv va ijodiy xayol faol rivojlanadi. SHunday qilib, insonda xayolning rivojlanishi qator omillarga bog‘liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
  • 2. A.X.Югай, Н.А.Мираширова “Общая психология” – Tашкент 2014.
  • 3. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.

Download 292.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling