Hashorat va tashqari narsalar chiqqanda.
Agar ari, asal ari chaqsa, o’sha joy nashatir spirti bilan artiladi. YOki yangi archilgan piyoz, chesnok boshi, chesnok suvini surkash mumkin. Ari chaqqanda uning nayzasi qolgan bo’lsa, olib tashlash va chaqqan joyini siqib zaharini chiqarish kerak. Bular ham yordam bermasa, uni darhol kasalxonaga jo’natish kerak.
Chayon chaqqan kishiga birinchi yordam berishda, avvalo chayon zaharini chiqarib tashlash kerak. Buning uchun o’sha joyini 2-3 mm uzunlikda kesiladi va zaharni qonga aralashtirilib so’rib tashlanadi. Buning uchun so’ruvchi odamning og’zida yarasi yoki kesilgan, tirnalgan yeri bo’lmasligi kerak.
Qoraqurt chaqqan kishiga xalq tabobati usulida kuydirish bilan yordam ko’rsatish mumkin. Qoraqurt zahari 100oS issiklikda o’z quvvatini yuqotadi. Buning uchun 3-4 dona gugurt cho’pini yondiriladi. Yonayotgan tomonini qoraqurt chaqqan joyga bostiriladi. Bu usulni qoraqurt chaqqan yeriga aniq bilganda va chaqqaniga 10 mino’tdan ortiq vaqt o’tmaganidagina qo’llash mumkin. Shundan keyin tezlik bilan tibbiyot punktiga jo’natiladi.
Ilon chaqqaniga 5-7 mino’t bo’lmasdan (shu vaqtda zahar hali atrofga tarqamagan bo’ladi) jgo’t qo’yiladi yoki og’iz bilan surib tashlanadi. Yordam ko’rsatuvchi o’ta ehtiyotkorlikni saqlashi kerak. Jgo’t qo’yish 30 minutdan oshib ketmasligi kerak, aks holda borshqa asoratlar kelib chiqishi mumkin. Birinchi yordam ko’rsatish bilan tibbiyot muassasasiga jo’natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |