Teri ko’chganida.
Terining ko’chgan va yorilgan joyi atrofiga 1-1,5 sm. darajada yod surkaladi. Oldin terining yorilgan, ko’chgan joyiga, so’ngra uning atroflariga surkaladi. Agar qon oqayotgan bo’lsa yod surkalgandan so’ng jarohat siqib turadigan bog’lama bilan berkitiladi.
Et yorilganda, tilinganda.
Yaralangan joy va uning atrofiga yod surkaladi. So’ngra, sterilizatsiya qilingan bint bilan bog’lanadi. Ukol olish va davolanish uchun bemor tibbiyot punktiga yuboriladi. Bug’inlar zararlanib ularni birlashtirib turuvchi poylar chuzilganda siqib turuvchi bog’lama qo’yiladi va zararlangan joyga sovuq narsalar qo’yib bemor tibbiyot punktiga jo’natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |