Xayot faoliyati xavfsizligi


Suvga cho’kkan odamga birinchi yordam ko’rsatish


Download 1.55 Mb.
bet8/13
Sana08.01.2022
Hajmi1.55 Mb.
#242472
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
№4-Amaliy mashxulot (1)

5. Suvga cho’kkan odamga birinchi yordam ko’rsatish

Odam suvga cho’kkan bo’lsa, uni suvdan chiqarib olingan zahoti birinchi tibbiyot yordami ko’rsatish kerak.

Hammadan avval uning ahvoli qay xoldaligini bilib, aniqlab olish kerak. Falokatga uchragan odamlarning har birini holati har xil bo’lishi mumkin, unga ko’rsatiladigan yordam turi ayon, ham shunga qarab har xil bo’ladi.

Falokatga uchragan odamning es-xushi joyida bo’lib, pulsi va nafas saqlanib qolgan yoki arzimas darajada buzilgan bo’lsa, uning xo’l bo’lib ketgan kiyimlari yechib olinadi., badanini yaxshilab quruq qilib artiladi, iloji boricha o’rab quyiladi, issiq choy kofe, bir kultum vino beriladi. Falokatga uchragan odam ko’pincha besaramjon bo’lib turadi (bu asosan qo’rqib ketganiga bog’liq), shu munosabat bilan unga qanday bo’lmasin biror tinchlantiruvchi dori, masalan: valeriana tomchilarini suvga qo’shib ichkizish kerak.

Falokatga uchragan odam xushidan ketib qolgan, ammo pulsi bilan nafas saqlanib qolgan bo’lsa, zarar ko’rgan kishi boshini imkon boricha tanasidan pastroq turadigan qilib, yotqizib qo’yiladi, kiyimlarining bo’g’ib turgan joylarni ochib bo’sh holatiga keltiriladi va bir bo’lak paxtani yoki ro’molchani noshatir spirti bilan xo’llab burniga to’tiladi.

Tirikligidan nishon qolmagan holda suvdan chiqarib olingan odamga tibbiyot yordami ko’rsatish shundan iborat bo’ladiki, barmoqqa rumolcha yoki bir bulak doka o’rab, uning og’zi shilimshiq, qum balchiqdan tozalanadi. So’ngra yordam ko’rsatayotgan odam bir tizzasi bilan turib olib, suvdan chiqqan kishini ikkinchi tizzasiga, uning boshi pastga osilib turadigan qilib qo’yadi va orqaga ritm bilan bir necha marta bosadi. Suvdan olingan kishining o’pkasidagi suvni shu usul bilan qisman og’zi orqali chiqarib tashlash mumkin. Shundan so’ng darhol sun’iy nafas oldirish va yurakni bilvosita massaj qilishga kirishiladi.

6. Tashqari har hil jarohatlanishlar ro’y berganda

birinchi yordam

Lat yeyish. Lat yeyish-yumshok to’qimalarini shikastlanishi bo’lib, teri qatlamini zararlangan holda shish bilan o’tadi, qon tomirlari yorilishi oqibatida avvaliga to’q qirmizi qizil rangli ichki qon qo’yilishi ro’y berib, keyin u asta-sekin ko’k-sariq rangga kiradi.

Lat yeyishda birinchi yordam ko’rsatishdan avvalo, lat yegan organining harakatini batamom cheklab qo’yish zarur, so’ngra zararlangan joyiga sovuq narsalar qo’yish (sovuq suvga xo’llangan sochiq) va tibbiyot yordamini olish uchun davolash muassasasiga borish tavsiya etiladi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling