Xayot faoliyati xavfsizligi
ZAHARLI XIMIKATLARDAN ZAHARLANIB QOLGANLARGA
Download 1.55 Mb.
|
№4-Amaliy mashxulot (1)
2. ZAHARLI XIMIKATLARDAN ZAHARLANIB QOLGANLARGA
BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH Zaharli ximikatlardan zaharlanib qolinganda, avvalo jabr ko’ruvchini zaharlanish zonasidan olib chiqish va mahkam siqib turuvchi kiyim-kechaklarining tugmalarini yechish kerak. Zaharlanganlarga birinchi yordami ularga mumkin kadar yaqinroqda turganlar ko’rsatishadi. Bunda agar zahar ovqat xazm qilish organlariga tushgan bo’lsa, zaharlangan shaxs xushidan ketmagan hollarda, sun’iy ravishda qayt qildirib, uning oshqozoni yuvdiriladi. Buning uchun zaharlanuvchiga tezlik bilan bir necha stakan ilik suv yoki ichimlik sodasining 2 foizli eritmasidan ichiriladida, toza barmok, rezina naycha yoki qoshiq dastasini til ildiziga tegizib, qayt qildiriladi. Bu tadbir 2-3 marta qaytarilishi lozim. Agar suv bilan me’dani chayish iloji bo’lmasa, unda barmokni tug’ridan-tug’ri til ildiziga tekkizib qayt qildirish mumkin. Me’daga tushgan zaharni zararsizlantirish maqsadida 2-3 qoshiq aktivlashtirilgan pista ko’mirni yarim stakan suvga aralashtirilib ichirish mumkin. So’ngra surgi dori ichish lozim. Surgi sifatida yarim stakan suvga tuz, magneziy sulfat tuzidan 20-30 gramm solib ichiriladi. Ko’z shilliq pardasi achishib og’riganda uni 2 foizli osh sodasi eritmasi bilan tez-tez yuvish kerak. Agar qorin og’riyotgan bo’lsa, issiq kompress quyish kerak. Og’ir holatlar yuz berib, nafas olish keskin susayib ketsa yoki zaharlanuvchi bexush bo’lib kolsa unga, nashatir spirtni hidlatish (agarda sizda bor bo’lsa) va toza kisloroddan nafas oldirish kerak. Agar nafas olishdan to’xtab qolgan bo’lsa, tezlik bilan sun’iy nafas oldirishga kirishish kerak. Agar zaharlanuvchi sovqotib ketayotgan bo’lsa, uning qo’l va oyoqlarini artish va oyoqlariga grelka qo’yish kerak. Zaharlanuvchi normal nafas ola boshlaganidan so’ng, unga achchiq choy yoki kofe ichirish kerak. Zaharlanishning har qanday ko’rinishlarida birinchi yordam berish bilan bir katorda zudlik bilan vrachni (tel:03) chaqirish kerak. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling