Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manba: Xorijiy adabiyotlar asosida
12.1-jadval
Innovatsiyalar klassifikatsiyasi 8 Klassifikatsiya mezoni Innovatsiyalarning klassifikatsion guruhlanishi Innovatsiyalarni qo‘llash sohalari boshqaruv, tashkiliy, ijtimoiy, sanoat va hokazo Natijasi innovatsiya bo‘lgan fan-texnika taraqqiyoti bosqichlari ilmiy, texnik, texnologik, konstruktorlik, ishlab chiqarish, axborot Innovatsiyalarning intensivlik darajasi bir meyorli, sust, ommaviy Innovatsiyalarni joriy etish sur’atlari tez, sekin, so‘nayotgan, o‘sayotgan, bir meyorli, to‘lqinsimon Innovatsiyalar masshtablari (doiralari) transkontinental, transmilliy, hududiy, yirik, o‘rtacha, mayda yoki kichik Innovatsiyalar natijaviyligi yuqori, past, barqaror Innovatsiyalar samaradorligi iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, integral Manba: Xorijiy adabiyotlar asosida Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, innovatsiyalarni bunday ko‘rinishda tasniflash o‘ta darajada shartli hisoblanadi. Chunki, innovatsiyaning o‘zi bilan bir qatorda uning jarayon sifatidagi belgi va xususiyatlari xilma-xil va serqirradir. Aksariyat hollarda bir manbada keltirilgan innovatsiya turlari boshqa manbalarda boshqacha tartib yoki tuzilishda ifodalanadi. Masalan, ushbu fikrlarning tasdig‘i sifatida, G.Xasanova tomonidan keltirib o‘tilgan yuqoridagi tasnifdan keyin muallif innovatsiyalarni yana mahsulli va texnologik, qo‘llash sohalari va fan-texnika taraqqiyoti bosqichlari mezonlari asosida farqlantiriladigan texnik, texnologik, tashkiliy-boshqaruv, ma’lumot beruvchi va ijtimoiy innovatsiya singari turlari ham mavjudligini ta’kidlab o‘tadi 9 . Shu o‘rinda, fikrimizcha, “innovatsiyalarni boshqarish” va “innovatsion boshqarish” tushunchalarining o‘zaro farqlanishiga aniqlik kiritish muhim uslubiy ahamiyat kasb etadi. Chunki, ko‘p hollarda bu ikkala tushunchani ayniylashtirilib, ma’lum xatolikka yo‘l qo‘yiladi. Eng avvalo, innovatsiyalarni boshqarish – bu innovatsion jarayon yoki faoliyatga nisbatan boshqaruvning asosiy funksiyalari – tashkil etish, meyorlashtirish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish va tartibga solish taomillarini tatbiq etish hisoblanadi. Innovatsion boshqarish esa – bu boshqaruvning mazmun va sifat jihatidan ma’lum bir darajasini, boshqaruv faoliyatining o‘ziga xos tavsifini anglatadi. YA’ni, bu o‘rinda an’anaviy hisoblanib kelgan boshqaruv usul va vositalari, tamoyillari, ichki xususiyat va belgilari, mezonlari, shart-sharoitlari yoki muhiti tarkibiga 8 Xasanova G.J. Sanoat korxonalari innovatsiya faoliyati samaradorligini oshirish. Ixtisoslik: 08.00.04 – “Mikroiqtisodiyot”. – I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. Buxoro davlat universiteti. – Toshkent, 2006. – Б.15. 9 Yuqoridagi manba, 15-16-б. endilikda yangicha tavsif kasb etuvchi bilimlar, texnologiyalar, usul va vositalar, yondashuvlar kiritiladi. Ta’kidlash muhimki, doimo ham innovatsion boshqaruv an’anaviy boshqaruvni umuman inkor etadi yoki to‘liq almashtiradi, deb bo‘lmaydi. Bu o‘rinda innovatsion boshqaruv uning tizimidagi muayyan bir elementni sifat jihatidan o‘zgartirishdan tortib to butunlay yangi boshqaruv tizimini qo‘llashgacha bo‘lgan keng diapazonni namoyon etadi. Umumiy holda, “innovatsiyalarni boshqarish” va “innovatsion boshqarish” tushunchalarining o‘zaro farqlanishini shartli chizma ko‘rinishida ifodalash mumkin (12.1-rasm). Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling