Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Yillik iqtisodiy samara - bu yangi texnika, texnologiya va progressiv
mahsulot turlarining, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy samaradorligini tahlil etish va baholashda qo‘llaniladigan muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Bu ko‘rsatkich qiyos qilinadigan variantlar bo‘yicha sarflangan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida quyidagi formula yordamida hisoblab chiqiladi: Bu yerda Y- yillik tejam; Т 1 - yangi texnika bo‘yicha tadbirlar joriy qilingungacha bo‘lgan mahsulot yoki ish birligining tannarxi (so‘m hisobida); Т 2 - shuning o‘zi, tadbirlar joriy qilingandan so‘ng (so‘m hisobida); К 1 - tadbirlar joriy qilingungacha mahsulot birligiga sarflangan kapital mablag‘lar miqdori; К 2 - shuning o‘zi, tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng; А - yangi tadbirlar amalga oshirilgandan boshlab tayyorlanadigan yillik mahsulot yoki ishlarning natura birligi. Ен - kapital xarajatlarning normadagi qiyosiy samaradorligi koeffitsiyenti. U yangi kapital qo‘yilmalarning minimal darajadagi iqtisodiy samaradorligini hamda bir so‘mlik kapital qo‘yilma bir yilda mahsulot tannarxini necha tiyinga kamaytira olishni bildiradi. Masalan, sanoat tarmog‘i uchun belgilangan samaradorlik koeffitsiyenti normasi 0,15 bo‘lsa, bu shu tarmoqda har bir so‘m kapital qo‘yilmalar mahsulot tannarxining pasayishi hisobiga eng kami bilan 15 tiyinlik tejam, foyda berishi zarur. Samaradorlik koeffitsiyenti "0"dan "1"ga qancha tez intilsa, samaradorlik shuncha yuqori, xarajatlarning reja qoplanish muddati esa shuncha qisqa bo‘ladi. Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi xilma-xil, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan omillar ta’sirida tashkil topadi va shakllanadi. Har bir kompleks, tarmoq va korxona uchun uning texnik-iqtisodiy xususiyati sababli samaradorlikni oshirishning o‘ziga xos omillari mavjud. Ko’rsatkich tushunchasi baholanayotgan predmetning, ob’ektning qandaydir xususiyatlarini, jihatlarini, tomonlarini tavsiflaydi. Boshqaruv samaradorligini belgilaydigan ko’rsatkichlarni uch guruhga bulish mumkin: 1. Texnikaviy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruvning texnik vositalarini (dastgoxlar, hisoblash texnikalari va boshqalar) foydalanishning sifatlarini, belgilarini va ulardan foydalanish darajasini aniqlaydi. 2. Tashkiliy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv jarayonining to’zilishi, tashkiliy to’zilma, axborot va xujjatlar bilan ishlashni aniqlovchi tavsifga egadir. 3. Ijtimoiy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv apparatining mehnat shartlarini, sanitariya-gigiyena, ruxiy fiziologik, estetik tomonlarini va mehnatning ijtimoiy omillarini aniqlaydi. Boshqaruv samaradorligining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari quyidagilardir: - yillik iqtisodiy samara (keltirilgan harajatlar tejamkorligi); - boshqaruvni takomillashtirishda birvaqtli harajatlarni koplash muddati; - boshqaruv apparati mehnat unumdorligining usishi. Yillik iqtisodiy samara quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: Bunda, E y –yillik iqtisodiy samara, so’m; E shy –yillik-shartli tejam, so’m; Z u –birvaqtli harajatlar, so’m; Yen - –solishtirma iqtisodiy samaradorlikning me'yoriy koef-fitsiyenti (ulcham, koplashning qayta me’yoriy muddatiga bog’liq). Boshqaruv samaradorligi ikki hil usulda hisoblanishi mumkin: Bunda, E b –boshqaruv samaradorligi; R k –oxirgi natija (samaradorlik korxonadan olinadi). R b –faqat boshqaruv apparati faoliyati natijasi; Z b –boshqaruv harajatlari; Birvaqtli harajatlar boshqaruvda quyidagicha aniqlanadi: Bunda, K –kapital harajatlar, sum; N –kapital bo’lmagan harajatlar. Ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirishni loyihalashtirishning barcha bosqichlarida iqtisodiy samaradorlik asosiy mezon hisoblanadi. Ishlab chiqarish boshqaruvini takomillashtirishning loyihalashtirish oldi bosqichida, takomillashtirish nimadan iborat bo’ladi boshqaruvning yangi tizimi yuqori darajada samaradormi degan savollar tugiladi. Loyihalashtirish bosqichida investitsiya hajmidan, harajatlar guruhidan kelib chiqib yuqori iqtisodiy samaradorlikni aniq usullarni hisoblab chiqiladi. Boshqaruvni takomillshatirishda aniq tadbirlar ishlab chiqilgandan so’ng qo’llanilgandan keyin haqiqiy erishilgan tejamkorlik o’lchovi aniqlanishi zarur. Boshqaruvni ijtimoiy samaradorligini Miqdoriy bahosida mulkiy taqqoslash tavsifi va alohida xususiy yo’nalishlarga e’tiborlik xususiyati o’z ifodasini topadi. Boshqaruv apparatini mehnat unumdorligida muhim holat sifatida ishchilarning umumta’lim darajasini va malakasini oshirish, moddiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash va boshqalar nazarda tutiladi. Iqtisodiy samaradorlik boshqaruvni takomillatirishda boshqaruv apparatining mehnat va moddiy xarajatlarini kamaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy omillarni qo’llash, ya'ni boshqaruv xodimlarining mehnat faolligini oshirish yoki mehnat qobiliyatilari susayishining oldini oluvchi, xodimlar qo’nimsizligini kamaytiruvchi va ishlovchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilovchi tadbirlarni joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor sharoitida boshqaruvni ijtimoiy yo’nalishi kuchaytiriladi: boshqaruvni rivojlantirish moddiy-texnika ba’zasidan ijtimoiy-madaniy yo’nalishda foydalanish, korxonaning mulkchilik vositalari ahamiyatini, ishchilarning moddiy-maishiy sharoilarini oshirish, ta’lim olish, madaniy va ma’naviy vazifalarni chuqurlashtirish. Menejer bozor munosabatlarida xo’jalik mexanizmini ijtimoiy, iqtisodiy va rag’batlantiruvchi omillarini, mehnat jamoasi tavsifini, kuch va malaka vositalarini qo’llash va takomillashtirishning sir-asrorlarini to’la o’zlashtirib olsagina boshqaruv faoliyatining samaradorligi va natijalarini ta’minlash muhiti yaratilar ekan. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling